Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi


Download 373.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana23.04.2023
Hajmi373.97 Kb.
#1385187
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
@ona tili haydarov b. 2pdf

 
28. Kecha oqshom falakda oy 
bo‘zarib botganda, 
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda 
otganda, 
Ruhimni bir ma’yuslik, sokinlik 
uyg‘otganda, 
Men seni esga oldim, birinchi 
muhabbatim. 
Eslab xayolga toldim, birinchi 
muhabbatim. 
Qaysi qatorda har bir o‘zbek 
kitobxoni qalbidan joy olgan ushbu 
jozibador satrlar muallifi qalamiga 
mansub bo‘lmagan she’r berilgan? 
A) “Yurtim shamoli” 
B) “Yaxshidir achchiq haqiqat”
C) “Munojot” ni tinglab” 
D) “Qo‘riqxona” 
29-30- savollar uchun matn.
Alisher Navoiy qalamiga mansub 
“Saxo-vu buxl bobida nukta surmak 
va arolarida
ikki vosita kelturmak” nomli she’riy 
parchani o‘qing va quyidagi 
savollarga javob bering. 
Debon bergan kishi erdur, va lekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag‘i kam
 
29. Ushbu jumlalar ma’nosiga mos 
kelmaydigan mulohazani toping. 
A) Uchinchi misrada aytilishicha
jamiyat ahli orasida biror himmat 
ko‘rsatishdan oldin uni ta’kidlab, 
urg‘ulab, “yaxshiligini pesh qilib” 
ko‘rsatadiganlar ham topiladi. Ular 
xotindan ham pastroq darajada 
turuvchilardir, deyilgan. 
B) Muhtoj kishi so‘ramasdan turib 
ham unga mol beradiganlar bor. Adib 
ikkinchi misrada shuni aytmoqchi. 
Ular haqiqiy mard, haqiqiy saxovat 
egalaridir. 
C) Birinchi misradan agar kishi bir 
so‘zni aytsa, so‘ng unga amal qilsa, 
masalan, boshqalarga biror narsani 
berish haqidagi so‘zining ustidan 
chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish 
mumkinligi anglashiladi. 
D) Ushbu jumlalarda gap saxovat, 
saxiylik, qo‘li ochiqlik va baxillik, 
xasislik, qurumsoqlik haqida boradi. 
 
30. She’riy parcha haqida bildirilgan 
xato hukmni toping. 
A) “Demoq”so‘zining barcha 
misralarda ishtirok etishi iltizom 
san’atini yuzaga keltirgan. 
B) Ushbu parchaning sarlavhasida 
tazod san’ati qo‘llangan.
C) “Demoq” so‘zining barcha 
misralarda ishtirok etishi mukarrir 
san’atini yuzaga keltirgan. 
D) Ushbu parcha qit’a janrining 
go‘zal namunasidir. 
 

Download 373.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling