Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi
Download 373.97 Kb. Pdf ko'rish
|
@ona tili haydarov b. 2pdf
11. Nodirjon jahli chiqib, qo‘lini siltab eshikni yopib olishi bilan hech nimani anglamay qolgan Abdulla ajablanib so‘radi: “Unga nima bunchalik ta’sir qildi, shaharga borib keldimi o‘zi?” Mazkur gapda nechta qo‘shma fe’l qatnashgan? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 12. Bosh gapning kesimi ot kesim bo‘lgan ergashgan qo‘shma gapni belgilang. A) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. B) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. C) Qaysi yerda ilm-u ma'rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. D) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 13. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) zahmat, sitam, aziyat B) yalqov, ishyoqmas, madorsiz C) asil, sara, mumtoz D) makkor, quv, mug‘ombir 14. Qaysi qatorda tub so‘zlarning belgisiz vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib kelishi kuzatiladi? A) Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim. B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi. C) Bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi. D) Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim, chunki menda unga havas uyg‘ongan. 15. Qaysi qatorda yasama asliy sifat ishtirok etmagan? A) Yonbag‘irlarda rang-barang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. B) Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. C) Shahar va qishloqlarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, bunyodkorlik ishlari avj olmoqda, chiroyli binolar qurilmoqda. D) Temur insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi. Download 373.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling