Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari
Download 27.52 Kb.
|
Mustaqil ish 6m21 magistr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik sxema, ularni tanlash tartibi va talablari
Qurilish uchun maydon tanlash
TIA tuzishda loyiha topshirig‘ini tasdiqlagancha sanoat korxonasini yoki inshootini qurish uchun mos tarmoq sanoati rivojlanishi va joylashtirish sxemasiga va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemasi bo'yicha belgilangan iqtisodiy joy, tumanlarda va viloyatlarda maydon tanlanadi. Taklif qilingan joylashtirish variantlari qurilish joyini tanlash uchun tadqiq qilinadi va texnik-iqtisodiy tahlil uchun zarur ma'lumotlami to‘playdi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi. Qurilishga mo'ljallangan korxonani tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlarni joylashtirish varianti uchun tavsiya qilishga asos bo'lib xizmat qiladi. Dastlabki ma'lumotlar korxonani rivojlanish sxemasi va tarmoqni joylashishini yoki TIA tuzishga texnik va iqtisodiy hisoblar natijasini kiritish uchun malumot bemvchi manba bo‘lib, yirik ko‘rsatkichlar asosida ishlanadi. Qurilish maydoni tanlash jarayonida barcha omillar korxonani ko‘rish va ekspluatatsiya sharoitlarini juda yaxshi qanoatlantirish nuqtayi nazaridan maydonni tadqiq qilish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisoblar solishtiriladi. Bu holda quyidagilar hisobga olinadi: maydon o ‘lchami va shakli, korxonani kengaytirish imkoni mavjudligi; yerlar kimga mansubligi va ulami qishloq xo‘jaligiga yaroqligi; maydonning gidrogeologik sifati (relyef, o'rtacha qiyalik, yerosti suvlari chegarasi, suv bosishi, yerga yo‘l qo‘yiladigan bosim); qurilishni buzish; shaxarga maydonning yaqinligi (odamlar yashash joyiga) va ular bilan aloqa sharoitlari; sanitargigiyenik va texnik talablami qondirish; tanlangan maydonda korxonani joylashtirilishi shaharda sanoatni rivojlanishi bilan bog'liqligi; energiyani olish sharoiti va trassalami (elektroenergiya, issiqlik, gaz, suv ta’minoti, radiofikatsiya va aloqani) uzunligi; oqova suvlarni tashlab yuborish sharoitlari va xo‘jalik-axlat va yog‘in-sochin suvlari trassasining uzunligi; avtomobil yo‘llarining korxonaga kirish yo‘laklarining mavjudligi; ayrim hollarda sanab o ‘tilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin; temir yo‘l stansiyasiga tutashgan va maTum masofada boTish sharoiti; qurilish qiyinlashtiradigan omillaming (cho'kadigan yerlar, kars hodisalari, yer osti kon ishlanishi natijasida hosil boTadigan bo'shliqlar va boshqalar); boshqa korxonalar bilan uyushish imkoniyatlari; yer ishlari, yo‘1 qurish, elektr ta’minot manbalariga tutashish, tashqi kommunikatsiyalar va uyushish yoli bilan obyektlarni ko'rish, boshqa korxonalarga o‘z ulushi bilan qatnashish. Agar qurilish qo‘shimcha maydonni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lsa vazirlik yoki buyurtmachi-mahkama (boshqarma) tomonidan hay’at tuzilib korxona, bino, inshoot (qurilish uchun maydoncha) joylashtirish uchun joy aniqlanadi. Hay'at ishi tanlangan maydoncha yuzasidan akt tuzish bilan tugallaydi, bu esa barcha hay’at a'zolari ishtirokida hokimiyatda rasmiylashtiriladi. Barcha hay'at a'zolari aktga qo‘l qo‘yadilar va uni vazirlik yoki muassasa-buyurtmachi belgilangan tartib bilan tasdiqlaydi. Tasdiqlangan akt belgilangan qarorni kelishilganligi • va ta'minot manbalariga, muhandislik turlari va kommunikatsiyalariga ulanishiga sharoit yaratilganligi haqidagi hujjat bo'lib hisoblanadi. Texnologik sxema, ularni tanlash tartibi va talablari Jihozlarni tanlash va o'rnatish, texnologik jarayon parametrlari, xomashyo, energetika resurslari va ishlab chiqarish sexlarida xizmat qiluvchilarga bo‘lgan talabni aniqlash loyihaning texnologik qismida hal qilinishi lozim bo'lgan va belgilangan hajmda hamda assortimentda mahsulot ishlab chiqarishga bevosita aloqador masalalar hisoblanadi. Loyihaning texnologik qismi hisoblash — izoh yozuvlari va ehizmalardan iborat bo'ladi. Chizmalar hisoblash — izoh yozuvlaridagi ma'lumotlarga asosan ishlanadi. Hisoblash — izoh yozuvlari ketma-ket keladigan va har biri butun bir kompleks ishlab chiqarish masalalarini qamrab olgan quyidagi qismlardan iborat bo'lishi mumkin: 1) zavod ish tartibi; 2) zavod ish unumdordigi; 3) xomashyo materiallarga bo'lgan talab; 4) texnologik sxema; 5) asosiy texnologik va transport jihozlari; 6) bunkerlar, siloslar va omborlar sig'imi; 7) energetika resurslariga bo'lgan talab; 8) sexlarda ishlovchilar va ishlab chiqarish ishchilarining shtat vedomosti; 9) asosiy ishlab chiqarish sexi jihozlarining ro'yxati; 10) ishlab chiqarish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish; 11) inson faoliyati xavfsizligining holatlari; 12) ekologik masalalarni to'g'ri hal qilish. Chizmalar tarkibi loyihani ishlash bosqichiga bog'liq. Loyiha topshirig'idagi chizmalarda texnologik va transport jihozlarini sexlarda prinsipial komponovkalash (joylash), shuningdek, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida xomashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar oqimini o'zaro uzviy bog'lash yo'Ilari ko'rsatiladi. Texnik Ioyihada barcha jihozlar o'zaro bog'langan holda joylangan. Jihozlar balandiga va planda qat’iy moslab joylashtiriladi. Ish chizmalarini texnik loyiha jihozlarni joylashtirish detallari bilan to'ldiradi. Ularda jihozlar poydevorlari va maydonchalari, mahkamlash detallari, tarnovlar, bunkerlar elementlari, to'siqlar va boshqalar ko'rsatiladi. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling