Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari


Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash va xom ashyo zonasini o’rganish


Download 27.52 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi27.52 Kb.
#1512263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr

Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash va xom ashyo zonasini o’rganish

Loyihaning texnik-iqtisodiy qismida iqtisodiy samaradorlik hisobini
natijalari va yangi qurilishning va qabul qilingan texnologik
jarayonlaming ilg‘orligini asoslash keltiriladi.
Loyihalanayotgan korxonaning boshqa korxonalar bilan xo‘jalik
aloqalari bo‘yicha ma'lumotlar keltiriladi.
Asosiy ishchilar toifasiga kiruvchi ishchilar va muhandis-texnik
xizmatchilar talabini asoslash keltiriladi.
Korxonaning kapital mablag' tahlili va asosiy mablag‘lari keltiriladi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘xshashlari (ilg‘or mamlakat va chet el
korxonalari) bilan solishtirish bo‘yicha ma'lumotlar va boshqalar keltiriladi.
Bosh reja va transport bo‘limi tarkibi: ichki maydon transportlar
yo‘llari, asosiy rejalashtimvchi va vertikal reja bo‘yicha yechimlarini
asoslash va territoriyani obodonlashtirish masalalari keltiriladi.
muhandislik setlari (turlari) va kommunikatsiya bo‘yicha yechimlar;
yuk aylanishi va transport xo‘jaligini tashkil qilish bo‘yicha
ma’lumotlar va boshqalar;
loyihaning texnologik qismida;
ishlab chiqariladigan mahsulotnmg tavsifi, uning sifatini ilg‘orligining
qiymati, mahsulotning xalq xo‘jaligidagi samaradorligini asoslanishi;
mahsulot ishlab chiqarish dasturi;
ishlab chiqarish sxemasi va korxona tarkibi;
texnik yeehimlarning va yangi texnologik jarayonlarning tavsifi va
asoslanishi;
ishlab chiqarish jarayonlarining sermehnatligi;
xomashyo, asosiy materiallar, uskunalar, yoqilg‘i, elektr energiya,
gaz, suv, issiqlik bo‘yicha korxona ma’lumotlariga aniqlik kiritish;
sexlararo texnologik kommunikatsiyalar:
yordamchi ishlab chiqarishni va boshqalarni asoslash.
Energiya resurslari bilan taminlash bo‘limida dastlabki ma'lumotlar,
energiya iste’molchilarining tavsifi, talab qilinadigan quwat yuklamasini
(nagruzkasini) aniqlash, buyurtma tavsilotlar ro‘yxati va jihozlar ro‘yxati
keltiriladi.
Mehnatni tashkil qilish bo‘limida yuksak ishlab chiqarish unumini
ta’minlovchi mehnat jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha yechimlar
keltiriladi.
Loyihaning qurilish qismi bo‘limida yakka tartibdagi loyiha bo'yicha
qurilishi m o‘ljallanayotgan bino, inshootlar m e’moriy-qurilish
yechimlarini, kerakli yorug‘likni beradigan, ishlab chiqarish va yordamchi
xonalarda havo muhitini yaxshilash, portlash, yong‘indan saqlash,
maishiy, sanitariya bo'yicha ishlab chiqarishda mehnat qilayotganlarga
ijobiy ta’sir ko'rsatadigan sharoitni yaratish; isitish, ventilatsiya va
binolarda sun’iy iqlim yaratish bo‘yicha qabul qilingan yechimlarni
asoslash; qabul qilingan suv miqdori bilan ta’minlash, kanalizatsiya
sxemalarini asoslash; suv o‘tkazgichlaming asosiy inshootlarning va
kanalizatsiyaning ro‘yxati va tavsifming qisqa yozuvi beriladi. Loyihaning
smeta boiimida qurilish ishlarini, jihozlarni montaj qilish bo‘yicha
ishlarni kapital mablag‘ tuzilishiga muvofiq guruhlangan korxonani
qurishga va ta’mirlashga moijallangan sarfiyotlar hisobi; texnologik,
energetik, ko‘tarish transportlari va boshqa jihozlarga, moslamalarga,
instrument va inventarga, boshqa shunga o‘xshash kapital ishlarga va
qurilishni amalga oshirish bilan bogiiq sarliyotlar bajariladi.
Texnik loyihaning jamlama smetasi asosiy va o‘zgarmas (doimiy)
hujjat boiib hisoblanadi. Buning asosida kapital mablagiar rejalashtiriladi
va qurilish mablag' bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi.
Jamlama smetaga quyidagi boblar kiradi:
1. Qurilish territoriyasini tayyorlash.
2. Asosiy ishlab chiqarishga mo'ljallangan obyektlar.
3. Yordamchi ishlab chiqarish va xizmatga mo'ljallangan obyektlar.
4. Energetik xo‘jalik obyektlari.
5. Transport xo‘jaligi va aloqa obyektlari.
6. Tashqi setlar va suv ta’minot, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va
gazlashtirish
7. Sanoat maydoni territoriyasini obodonlashtirish.
8. Vaqtincha bino va inshootlar.
9. Bundan bo‘lak bino va inshootlar.
10. Qurilayotgan korxona boshlig‘i ta'minoti.
11. Ekspluatatsiya qiluvchi kadrlarni tayyorlash.
12. Loyihalash va qidiruv ishlari.

Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling