Qayta o`zlashtirish


Download 22.88 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi22.88 Kb.
#1835180
  1   2   3   4
Bog'liq
iqt.dav.t.t.s 1



MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
PSIXALOGIYA FAKULTETI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
_____________________________
QAYTA O`ZLASHTIRISH
‘‘_____________________
____________________’’

Guruh: 140-20


Bajardi: Yaqubova So`g`diyona Qabul qildi: ________________

Mavzu:Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning budjet-soliq siyosati
Reja:

  1. Davlat byudjeti – davlat pul resurslarining asosiy fondi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usuli

  2. Soliqlar davlat byudjeti daromadining asosiy manbai va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida

  3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari va vositalari tizimida soliq imtiyozlari.

  4. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliq tizimini takomillashtirish


1. Davlat byudjeti – davlat pul resurslarining asosiy fondi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usuli.
Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida tartibga solishning byudjet-soliq va kredit shakllari muhim o`rinni egallaydi. Davlat byudjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining davlat daromadlarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bo`gliq qismi namoyon bo`ladi. Soliqlar, zayomlar va boshqalar asosida davlat byudjeti daromadlari shakllantirilishi orqali yirik moliyaviy resurslar jamlanadi. Ushbu resurslarning umumiy xajmi YaIM ga nisbatan davlat byudjeti xarajatlarida namoyon bo`ladi. 2000 yilda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan foiz hisobida AQSh 29% dan Frantsiyada 51% gacha tebranganligini kuzatish mumkin. Butun YEIRXT mamlakatlari bo`yicha – 36,5%, shulardan, Italiyada – 46,7%, Germaniyada – 43%, Yaponiyada – 38,2%, Kanadada – 37,8%3 . O`zbekiston Rspublikasida davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan 29,5% ni tashkil etadi. (maqsadli fondlar bilan – 38,5%) Bu esa davlat byudjeti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita ekanligini ko`rsatadi. Davlat byudjetining boshqaruvchanlik roli qayta taqsimlangan milliy daromadning bir qismini davlat mulki shakliga aylantirish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Byudjet orqali, uning resurslaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sohalari o`rtasida, moddiy va nomoddiy sohalar o`rtasida, tarmoqlar o`rtasida, hududiy birliklar va aholini ijtimoiy guruhlari o`rtasida milliy daromadni qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Byudjet makroiqtisodiy mutanosiblikka erishish va uni qo`llab-quvvatlashda muhim dastak bo`lib hisoblanadi. Asosan iste`mol va jam`garish fondlari o`rtasidagi zarur mutanosiblikni saqlab turishda davlat byudjetining roli kattadir. Byudjetning takror ishlab chiqarishga ta`siri, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashda namoyon bo`ladi. Byudjet davlatning iqtisodiy siyosatini yuritishda muhim vosita bo`lib hisoblanadi. Byudjetga iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish dastagi, takror ishlab chiqarishni oldindan aniqlash jarayonida, ya`ni ishlab chiqarish kuchlariga va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga ta`sir etuvchi vositasi sifatida qaraladi. Alohida davrlarda esa, xo`jaliktashkiliy faoliyatiga, davlat siyosati va iqtisodiy siyosatni ilmiylik darajasiga bo`gliq holda islotlarni amalga oshirishda byudjetning roli kattadir. Asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo`lgan ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirishdagi muhim vazifalar ham byudjetga bo`gliqdir. O`zbekistonda zarur takror ishlab chiqarish proportsiyasiga erishishda byudjetning roli va bunday proportsiyaga erishish uchun milliy daromadni qayta taqsimlashdagi byudjetning roli haqidagi ba`zi tasavvurlar quyidagi dalillar beradi: misol uchun, byudjetga yengil va oziq-ovqat sanoatidan tushgan tushumlardan shu tarmoqlarga byudjetdan qilingan xarajatlar bir necha marta ko`p bo`ladi. Bu boshqa tarmoqlarda yaratilgan milliy daromadning bir qismini yuqorida sanalgan tarmoqlarga yo`naltirilishini anglatadi va tarmoqlar o`rtasida, shu jumladan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohhalari o`rtasida qayta taqsimlash yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishda byudjet muhim o`rinni egallaydi.

Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling