Qayta o`zlashtirish


Soliqlar davlat byudjeti daromadining asosiy manbai va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida


Download 22.88 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi22.88 Kb.
#1835180
1   2   3   4
Bog'liq
iqt.dav.t.t.s 1

2. Soliqlar davlat byudjeti daromadining asosiy manbai va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida.
Soliqlar va ularning xajmi davlat byudjeti xarajatlari miqdoriga bo`gliq bo`lib, byudjet daromad qismining 90 va undan ortiqroq qismini tashkil etadi. Soliqlar – milliy daromadning bir qismini davlat mulkiga aylanish xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlarning undirilishi – bu milliy daromadning bir qismini davlat ixtiyoriga o`tkazish jarayoni hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqlar YaIM ga nisbatan 30% dan 50%gacha tashkil etadi. Soliqlar iqtisodiy o`sishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Soliq yuki yuqori bo`lgan, ya`ni soliq miqdori YaIMga nisbati yuqori bo`lgan sharoitda iqtisodiy o`sish sekinlashadi, optimal soliq yuki aksincha, iqtisodiy o`sishni kuchaytiradi va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi. Shu o`rinda soliq yukining iqtisodiy o`sishga ta`siri bo`yicha tadqiqot natijalarini keltirish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodchi Dj.Skali dunyoning 103 mamlakati bo`yicha ma`lumotlarni umumlashtirish asosida tadqiqot o`tkazgan. Uning tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, byudjetga undiriladigan daromadlar past soliq stavkali (19,3% atrofida) mamlakatlarda iqtisodiy o`sish o`rtacha yiliga 2,4% ni tashkil etadi, yuqori stavkali (43,2%) mamlakatlarda esa iqtisodiy o`sish 0,4% dan oshmasligi ma`lum bo`ldi5. Bundan muallif past proportsional soliqlar maqsadga muvofiq ekanligi xususida hulosa qiladi. Boshqa tadqiqotchilar soliq stavkalari muayyan optimal darajadan oshmasligi lozim deb hisoblaydilar. Aynan soliq yukining optimal darajasi bu davlat byudjeti ehtiyojlari bilan tadbirkorlar manfaatlari o`rtasida qarama-qarshiliklarni xal etishda eng maqsadga muvofiq yechim hisoblanadi. Yuqoridagilarga muvofiq, bir qator davlatlarda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida ham zamonaviy moliyaviy siyosatning muhim yo`nalishlardan biri soliq yukini pasaytirish hisoblanadi. Soliqlar davlat byudjetining daromadlar qismini moliyaviy resurslar bilan ta`minlashda asosiy fiskal funktsiyasi bilan birga, taqsimlash vazifasi va maxsulotlarni alohida turlarini ishlab chiqarishni ra`gbatlantirish vazifalarini bajaradi. Yoki aksincha, soliqlarni barqaror tutib turish, ba`zi ishlab chiqarishning o`sishini cheklaydi. Aholi daromadlariga solinadigan progressiv soliq stavkalari, soliq undirilmaydigan minimumlarning o`rnatilishi, kam daromadlarga mos tarzda past soliq stavkalari va yuqori daromadlarga yuqori soliq stavkalarining o`rnatilishi soliqlarning taqsimlash vazifalariga misol bo`la oladi. AQSh da shaxsiy daromadlar bo`yicha minimal soliq stavkasi 12% ni, yuqori darajasi esa 36% ni, Yaponiyada esa mos tarzda 10% va 50% ni, Germaniyada 19% va 53% ni, Belgiyada 25% va 55% ni, Niderlandiyada 7,1% va 60% ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasida aholi daromadlariga solinadigan minimal soliq stavkasi 11% ni, yuqori soliq stavkasi esa 22% ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlarini chetga olib chiqishlarini chegaralash maqsadida daromad (foyda) soli`giga qo`shimchalar kiritilgan bo`lib, chetga chiqadigan daromadlarga qo`shimcha 10 % miqdorda soliq undirish qonunda ko`rsatilgan. Tovar va xizmatlar eksportini ra`gbatlantirish uchun bu tovar va xizmatlar qo`shilgan qiymat soli`gidan ozod etiladi.

Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling