Qayta tayyorlash va malaka oshirish


Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan


Download 119.18 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi119.18 Kb.
#1534279
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TINGLOVCHILARGA ERLATMA

Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan rahbar va pedagog kadrlarga mutaxassisligi bo‘yicha tinglovchilarga mahorat darsi o‘tkazishi asosida malaka attestati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi OO‘MTVning 2022 yil “21” dekabrdagi 409-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv reja va dastur asosida tashkil etiladi.


Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi doirasida ta’lim tizimi menejmenti borasida rahbar kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan bilim, ko‘nikma va malakalar yangilanadi, sohaga oid bilimlar chuqurlashtiriladi.
Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda, o‘quv dasturining 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144 soati to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi Malaka oshirishning bevosita shaklida bir haftadagi o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi 36 soatni tashkil etadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida jami yuklamalar taqsimoti: nazariy mashg‘ulot – 48 soat, amaliy mashg‘ulot – 84 soat, malakaviy attestatsiya 12 soatni tashkil etadi.


Kursning maqsadi va vazifalari
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH” qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining maqsadi - OTMlari rahbar kadrlarining ta’lim tizimi menejmenti borasidagi yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish asosida ularning ta’limni boshqarish sohasidagi innovatsion kompetentligini rivojlantirishdan iborat.



Download 119.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling