Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Guruhda ishlash Quyida kichik guruhlarda mashg‘ulot o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz: Ishni 3 yoki 4 kishidan iborat bo‘lgan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Shu usul bilan ishtirokchilardagi qo‘rquvni yo‘qotish osonroq kechadi. Boshlovchining vazifasi — trening yopilishini yuqori hissiy to‘lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o‘zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo‘lib o‘tgan trening 97 samarasi haqida fikrlarini so‘rash hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish. Mashg‘ulot jarayonidagi muhit Trening mashg‘ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati. Trening mashg‘ulotlarini o‘tish jarayonlarida ishtirokchilar turlicha munosabat bildirishlari mumkin. – ishtirokchilar trenerga turli xil chalg‘ituvchi savollar berishi mumkin (trenerni uyaltirish, hijolatga qo‘yish maqsadida); – ba’zi ishtirokchilar o‘zini haddan tashqari o‘ng‘aysiz his qilib, sukut saqlashi, umuman gapirmasdan turib olishi mumkin; – oilaviy hayotning nozik masalalari haqida ochiqdan ochiq gapirib boshqalarning noroziligi yoki hijolat bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin; – trenerning sportchi shaxsiy hayotiga aloqador judayam nozik savollar berishi mumkin. Bu xildagi vaziyatlardan chiqib ketish uchun trener ishtirokchilar bilan birga ishlab chiqilgan, mashg‘ulot vaqtida barcha amal qilishi lozim bo‘lgan hulk-atvor va xatti-harakat qoidalariga murojaat kilishi lozim, ya’ni ishtirokchilarga yoki aynan o‘sha ishtirokchiga qoidalarni yana bir bor takrorlatish kerak. Qoidalarning ta’sirini oshirish uchun 2-3 kun boshlanishida ishtirokchilar bilan rolli o‘yin tashkil qilish maqsadga muvofiq. (Hozir har bir guruh bittadan qoidani tanlab olib, pontamima shaklida ko‘rsatib beradi). Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling