Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat:
– gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko‘zlariga boqib turishi kerak; – uning gaplarini bo‘lmaslik kerak; – atrofdagi ta’sirlarga berilmaslik kerak; – iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish kerak; – guruhning ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal etishga tayyor bo‘lishi kerak. Guruh bilan ishlash jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar haqida ma’lumot. Guruh bilan ishlash jarayonida turli muammoli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda mashg‘ulotlar davomida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir muammolar ustida to‘xtalib o‘tamiz: Kichik gurhchalar paydo bo‘lishi. Guruh faoliyatining boshlang‘ich bosqichida ishtirokchilarda xavotirlanish hislari paydo bo‘lishi mumkin. Buning sababi ba’zi ishtirokchilar guruh uni qabul qilmasligidan xavotirlanadi hamda guruhdagi ba’zi ishtirokchilarning qo‘llab- quvvatlashiga muhtojlik sezadi. Natijada guruh ichida kichik guruhchalar paydo bo‘ladi. Bu guruhlarda ishtirokchilar o‘zaro yaqinlik va o‘zaro ishonchni his etadilar, "sheriklik" hislarini sezadilar. Bu holat guruhda ishonch muhitini yaratishga hamda guruhni ahillashtirishga halaqit berishi mumkin. Boshlovchi nimalar qilishi kerak: ishtirokchilarni "ajratadigan" va aralashtirib yuboradigan o‘yinlar o‘tkazishi kerak, juftliklardagi va kichik guruhlardagi mashqlarda ishtirokchilarni doimo almashtirib borishi kerak. Ishtirokchilarning bir-birlarini yanada chuqurroq bilishlari va tanishishlariga yordam beruvchi o‘yinlar o‘tkazishi kerak. Boshlovchining yoki ishtirokchilarning diqqatini jalb etish. Har qanday guruhda shundaylar topiladiki, ular iloji boricha hammaning diqqatini o‘zlariga qaratmoqchi bo‘lishadi. Buni ular turli xilda amalga 93 oshiradilar: doimo o‘z fikrlarini bayon etishadi, boshqalarning gapini bo‘lishadi, ishtirokchilar va boshlovchi o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga harakat qilishadi, "hazil-huzul"ga yo‘l qo‘yishadi, mashg‘ulotlarga qiziqishlari yo‘qligini namoyish etishadi yoki har xil qiliqlar chiqarishadi, Boshlovchi nima qilishi kerak: agar bu xil qiliqlar guruhga ishlayotgan bo‘lsa, ularni noverbal ravishda rag‘batlantirish kerak emas. (tabassum qilish, bosh qimirlatib tasdiqlash va h.k.). Ularga so‘zlash uchun beriladigan vaqtni cheklash kerak, guruhning ishi va diqqati bir xil taqsimlanganligini e’tirof etish kerak: "Men sizning gapingizni bo‘lishga majburman, axir boshqalar ham gapirishlari kerak". Boshqa ishtirokchilarga, ayniqsa gapirmasdan o‘tirganlarga murojaat etish kerak, "buzg‘unchi" ishtirokchi bilan ochiq gaplashib, unga nisbatan fikrlarni bayon qilish lozim. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling