Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili" o‘yini Maqsad
"Oila tasviri" Ushbu o‘yin avvalgisi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda doska yoki plakatda yozilgan afsonalar ro‘yxati guruh ishi uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Maqsad: Oiladagi turli xil nohaqqoniy munosabat shakllarining oila a’zolari hayotiga salbiy ta’sirini aniqlash. Materiallar: Oila hayotidagi "afsona"lar ro‘yxati, "Oila tasviri" deb nomlanuvchi oilaning hamma a’zolari shartli ravishda tasvirlangan plakat, markerlar yoki 3 xil rangli еlim qog‘ozlar. O‘yin davomiyligi: 10-15 min. 101 O‘yinning borishi: ishtirokchilar uchta kichik guruhga bo‘linishadi. Har bir guruh a’zolari oila hayotiga oid afsonalarga murojaat etgan holda ushbu samarasiz hayot uslublari oila a’zolarining qaysilariga salbiy ta’sir etishini tahlil etishadi. Keyin esa har bir guruhdan bir kishi o‘rtaga chiqadi va "Oila tasviri" plakati oldida turib har bir afsona oila a’zolaridan qaysi biriga ko‘proq ta’sir etishi haqida o‘z kichik guruhining fikrini bayon etadi. Boshlovchi ishtirokchilarining muhokamasidan so‘ng ular bilan birgalikda quyidagicha xulosa qilishi mumkin: "Ko‘rinib turibdiki, oila a’zolaridan birining nojo‘ya xulki oilaning hamma a’zolariga salbiy ta’sir etadi". "Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili" o‘yini Maqsad: Inson hayotida еtakchilik qiluvchi qadriyatlarni va odamlar orasida sodir bo‘ladigan tushunmovchiliklarning kelib chiqish sabablarini anglash. Materiallar: Oilaviy hayot qadriyatlari ro‘yxati yozilgan kartochkalar. O‘yinning borishi: Baxtli oilaviy hayot ta’riflari yozilgan 6 ta kartochka xonaning turli tomonlariga qo‘yiladi. Ishtirokchilar ushbu ta’riflarning har biri bilan tanishib, o‘zlariga ma’qul keluvchi fikrni tanlashadi va ushbu yozuv oldiga borib turishadi. Har bir yozuv oldida yig‘ilgan ishtirokchilar o‘z kichik guruhlarini tashkil etishadi va nima uchun shu ta’rif ularning hayotlarida еtakchi ekanligi haqida asosli dalillar ishlab chiqishadi. So‘ngra har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, o‘z guruhining fikrini asoslab beradi. Boshqa guruh a’zolari esa bu chiqishga nisbatan o‘z fikrlarini, e’tiroz va savollarini bildirishlari mumkin. O‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning diqqatini quyidagi fikrlarga qaratadi: "Hayotda har bir odam e’tiqod qiluvchi g‘oya va qadriyatlar xilma-xildir. Bu xilma-xillik odamlarning turli xarakter va moyilliklarini ifodalaydi. Inson o‘zaro muloqotda mana shu farqlarni doimo hisobga olishi, iloji boricha ularni chetlab o‘tishi, g‘oya va qadriyatlarga qarama-qarshi bormasligi kerak". Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling