103
"Keyin ko‘rarsizlar", "Bir narsa bor-da" kabi so‘zlar bilan),
lekin qutiga
qaramaslik haqidagi ta’qiq o‘z kuchida turishi kerak. Ko‘p hollarda ba’zi
bolalar o‘zlarini tiya olmay quti ichiga qarashga urinishadi va ta’qiqni
buzishadi. So‘ngra boshlovchi ushbu mashq bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
qismga o‘tadi va guruhga quyidagicha yo‘riqnoma beradi:
"Xona o‘rtasida kun boshidanoq
chiroyli quti turibdi, uning
xususiyati shundaki uning ichiga qarash mumkin emas. Bu qutiga nisbatan
Sizda biron qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa kerak.
Kelinglar kimning ichida
nima kechayotganligini tahlil qilib ko‘raylik. O‘z kechinmalaringiz haqida
aytib beringlar”.
Tahlil. Boshlovchi ishtirokchilardan ular nega o‘zini shu xilda
tutganligini so‘raydi, ularning harakatlaridagi
asosiy sababini aniqlashga
harakat qiladi. Ta’qiq haqidagi qoidani buzish qanchalik qiyin bo‘lganligi
haqida so‘raydi, o‘zini tiyib turish oson yoki qiyin kechganligi haqida
bilishga urinadi.
2.
O‘yin yakuni sifatida odamlar nega ta’qiqlangan
xatti-
harakatlarni sodir etishlari, oilaviy hayotga zid bo‘lgan xatti-
harakatlarni amalga oshirishlarining sabablari aniqlanadi.
Ushbu
yakuniy xulosalar kichik guruhlarda ham ishlab chiqilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: