Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish. Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga to‘planganda guruhda ma’lum bir zo‘riqish paydo bo‘ladi, trenerning vazifasi shu zo‘riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. Buning uchun trener guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan, guruh bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o‘ylab chiqishi kerak, ayniqsa, guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart. 1. Boshlang‘ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda ishtirokchilar ichki bezovtalikni his qiladi, o‘zlariga yaqin sherik izlaydi, har bir ishtirokchini "Men o‘zimni qanday tutishim kerak" degan savol o‘ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilarning individual xususiyatlariga qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin. 98 Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qo‘llab- quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat. 2. O‘tish bosqichi — bunda ishtirokchilar o‘rtasida ancha yaqinlik paydo bo‘la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya’ni uning o‘zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi bilim doirasini kuzatishadi. Trenerning vazifasi — ishtirokchilarda namoyon bo‘layotgan hissiyotlarni e’tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bo‘lgan maqsad va kutishlarni aniqlash, guruh a’zolari o‘zlarini qanday his etayotganligiga e’tibor berish. Asosiysi ishtirokchilarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish va ularni o‘zgartirishga urinmaslikdan iborat. 3. Ish faoliyati bosqichi — bu bosqich ishtirokchilarning o‘z maqsadlariga erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O‘zaro yordam so‘rash imkoniyatdan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning uchun trenerning ayrim fikrlariga ko‘shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim xollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi. Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi voqealarni e’tiborsiz qoldirmaslik, guruh dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o‘yinlar o‘tkazish, guruhda ishonch munosabatining shakllanishiga yordam berishdir. 4. Yakunlash bosqichi — bu bosqich mashg‘ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar mashg‘ulot muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa barcha ishtirokchilarning kayfiyati a’lo darajada bo‘ladi. Bu bosqichda ish davomida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarni silliqlab ketish imkoniyati tug‘iladi. Bosqich puxta o‘ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o‘z holicha o‘tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko‘paytirib yuborishi mumkin. Trenerning vazifasi: mashg‘ulotni yuqori hissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur bildirishlari uchun imkon yaratish, "teskari aloqa"ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o‘ziga yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling