Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Temperament lotincha temperamentum – narsalarning tegishli 
nisbati degan so‘zdan olingan. Temperament haqida dastlab eramizdan 
oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi 
ikkinchi asrda yashagan Galen, o‘ninchi asrda yashagan Ibn Sino va 
boshqalar o‘z qarashlarini bildirganlar. Galen birinchi bo‘lib 
temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab 
o‘tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mizoj deb atab, 
uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qonining miqdori, quyuq 
yoki suyuqligiga bog‘liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy 
nerv tizimi va uning xillari bilan bog‘liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi 
qabul qilingan. Bu holda temperamentning antik davr klassifikatsiyasiga 
nomi bilan o‘xshash bo‘lishi qabul qilingan. 


21 
Sangvinik – qon so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, serharakat, kuchli 
ta’sirlanish, muvozanatsiz bo‘lish nazarda tutiladi.
Xolerik – sariq o‘t organizmda ustun miqdorda bo‘lishi asos qilib 
olinib, taassurotni tez qabul qilib olish, kuchli qo‘zg‘olish, harakatchan
shoshqaloq, jahli tez, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati ustun 
xususiyatga ega sportchi hisoblanadi.
Flegmatik – organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko‘pligi 
bilan ifodalanadi. Bu tipdagi sportchi shaxsi taassurotni bir muncha sekin 
qabul qiladi, mashg‘ulotga shoshilmay kirishadi, lekin mashg‘ulotni to‘g‘ri 
puxta, oxiriga еtkazib bajarishga layoqatli sportchi. 
Melanxolik – qora o‘t miqdori bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Bu 
tipdagi sportchilarda kam harakatli, atrofida sodir bo‘layotgan voqea 
hodisalarga va sportchi shaxslariga loqayd, o‘z ichki dunyosiga ega 
sportchi.
Antik davr psixologiyasidagi bu tiplar keyin yana ko‘p marta tadbiq 
qilinib, yana shu to‘rt tip nomi saqlanib qolgan. Mazkur temperamentlarga 
xos bo‘lgan sportchilarning jismoniy sifatlari ham shunga moslashgan 
bo‘ladi. Demak, bolalarni sport turlariga qabul qilishda, tanlashda, 
saralashda ularni temperament xususiyatlariga mos tarzda sport turlariga 
yo‘naltirish maqsadga muvofiq, bu esa sportchilarni psixofiziologik 
tomonlama moslik darajasini ta’minlaydi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling