Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Jismoniy

Murabbiyning 
boshqaruv uslublari 
Avtokratik Liberal 
Demokratik 


129 
“erkatoylar” mavjud bo‘ladi va ular odatda o‘z o‘rtoqlari orasida har doim 
hurmat-e’tiborga sazavor bo‘la olmaydilar. Boshqa o‘quvchilari bilan 
avtokrat murabbiylar muomalada muayyan masofani saqlaydilar, o‘z 
o‘quvchilari bilan munosabatda ular samarali va bir maromdagi ohangni 
topa bilmaydilar. O‘quvchilari muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda 
kuchli asabiylashadilar, xatto so‘kish, haqorat so‘zlarni ham qo‘llay 
oladilar. Oqibatda sport jamoasida nosog‘lom psixologik muhit va 
mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi.
Liberal boshqaruv uslubi murabbiyning jamoa faoliyatiga juda kam 
aralashishi bilan izohlanadi. Bunday murabbiy odatda mashg‘ulotlar 
jarayonida mashqlar va qiyinchiliklarni tanlashda o‘z qo‘l ostidagilarga 
keng erkinlik beradi. Sportchilarga maksimal darajadagi mustaqillikni 
berib, aksariyat hollarda o‘zi ham “ularning izmida” bo‘ladi. 
Sportchilarning sportchi shaxsiy munosabatlarini yaxshi bilmaydi. O‘z 
qo‘l ostidagi еtakchi va muayyan obro‘ga ega sportchilarning fikr – 
mulohazalariga quloq soladi. Liberal murabbiyning sportchilar bilan 
muloqotida talab, maslahat, tavsiyalar deyarli bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini 
iltimos va kelishuvlar egallaydi. Qo‘l ostidagilar tomonidan intizomni 
buzish, topshiriqlarni bajarmaslikka oid har qanday tushuntirishlarni u 
hech qanday tanqidiy baholarsiz qabul qilaveradi. Liberal murabbiyning 
sportchi shaxsiy fazilatlari: kirishimli, bosiq, birovni xafa qilmaydigan
xushmuomala, hayrixoh, muomalada juda sodda, talabchanlikdan holi, 
haddan ziyod bag‘rikeng.
Demokratik boshqaruv uslubi aksincha, bo‘ysunuvchilarga 
mustaqillik erk berish tarafdori. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda 
sportchilarning sportchi shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
taqsimlaydi. Bunda u bolalarni sportga moyilliklarini ham hisobga oladi. 
Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, 
doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoqlarcha, do‘stona munosabat sezilib 
turadi. Biror kishini maqtash yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho 
berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga 
oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning 
mazmuniga baho berish holida ''aybdorga" еtkaziladi. Har bir 
mashg‘ulotlar jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham 
uning fazoviy-ijtimoiy holati ''jamoa ichida". Jamoada tanqid va o‘z-o‘zini 
tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat 
chekmaydi. Psixologik olim Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko‘ra, 
bunday boshqaruvni amalga oshirilishi jamoalarda ma’naviy-ruhiy muhit 
juda yaxshi, sportchilar jamoadan, mashg‘ulotdan qoniqish hosil qilganlar, 


130 
mashg‘ulotlardan zerikish hollari kam bo‘lishi, lekin sportchilardagi 
jismoniy rivojlanish darajasida sekin o‘zgarish holati ko‘zatilar ekan. 
Yuqorida jamoani boshqarishning bir-biridan keskin farq qiluvchi 3 ta 
uslubi keltirildi. Biroq, ulardan qaysi biri jamoani tarbiyalash, o‘qitish, 
uning sport natijalarini yuksaltirish va hokazolar borasida samaraliroq 
degan haqli savol tug‘iladi. Quyida biz ularning har biri haqida muayyan 
xulosalarni chiqaramiz. Albatta murabbiy muayyan sport turi talablariga 
javob beradigan o‘quvchilarni tanlab olishi lozim. U amalda murabbiyning 
barcha konsepsiyalari va fikrlarini, rejalari hamda orzu—umidlarini 
ro‘yobga chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, uning jamiyatda yanada 
yuqoriroq maqomga erishish borasidagi o‘z ehtiyojlarini qondirishiga 
yordam bera oladigan o‘quvchilarni tanlab oladi. Psixologlarning tajribasi 
shuni ko‘rsatadiki, sportda endigina ilk qadamni tashlayotgan o‘spirin 
uchun, uning murabbiysi professional jihatdan qay darajada bilimdon 
ekanligini baholash juda mushkuldir. Bunday hollarda sportchi o‘z 
murabbiysiga birinchi navbatda sportchi shaxsi sifatida baho beradi, 
binobarin u quyidagilarni yaxshi tushunadi: uning murabbiysi mehribonmi 
yoki qattiqqo‘lmi, u bolalarni yaxshi ko‘radimi, u hazil qilishi mumkinmi 
yoki doimo jiddiymi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladimi 
va hokazolar. Keyinchalik sportchilarning o‘z murabbiylariga nisbatan 
munosabatlariga ularning ehtiyojlari, motivlari, yo‘nalishlari hamda 
mashg‘ulotlar jarayonida murabbiylar tomonidan shakllantiriladigan 
omillar tizimi ta’sir ko‘rsatadi.


131 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling