Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Trener va unga qo‘yiladigan talablar Trenerning mashg‘ulotni qanday olib borishi, ya’ni trenerlik mahoratidan tashqari uning o‘zi ham ishtirokchilarga juda katta ta’sir ko‘rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi: 1. Trenerning kiyinishi (imidji). 2. Trenerning xatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari. Kiyim tanlash muammosi Trenerning kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvurning ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga, guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga ham o‘z ta’sirini albatta ko‘rsatishi tabiiy. Imidj – bu atrofdagilar sizni qanday qabul qilishi, qanday ko‘ra olishidir. Shu o‘rinda bir misol keltirib o‘tamizki, trenerning kiyinishi qanchalik muhim ekanligini bu misoldan keyin osongina tushunib olish mumkin. Faraz qiling o‘qigan ikki kishi qanaqadir firma yoki davlat muassasasiga ishga izlab bordi. Ularning biri – kostyum-shimda, oq ko‘ylak, galstuk, qo‘lida portfel bilan kelsa, ikkinchisi egnida futbolka, oyog‘ida krassovka, orqasiga ryukzak osib olgan bo‘lsa, albatta, birinchi odam kishida haqiqiy mutaxassis taassurotini beradi, vaholanki, u tajriba yuzasidan, ma’lumot yuzasidan ikkinchi odamdan ko‘ra pastroq bo‘lishi mumkin. Lekin ularning kiyinishi, tashqi ko‘rinishi, imidji kishida qarama-qarshi tasavvurlarni uyg‘otadi. Shundan kelib chiqqan holda trenerning kiyinishi ham o‘ziga xos va vaziyatga mos bo‘lishi talab etiladi. Avvalo trening qanaqa guruh uchun mo‘ljallanganligini e’tiborga olish zarur. Lekin imkon darajasida treningga ishchi formada kelish lozim. Bu kiyim avvalo mintalitet xususiyatlariga mos kelishi, shuningdek trenerning o‘zi uchun ham qulay, harakatlanishga mos bo‘lishi lozim. 86 Trenerning bezaklari haqida ham to‘xtalish lozimki, trener uchun haddan ortiq bezaklar bilan bezanish maqsadga muvofiq emas. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling