Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
O‘yinni o‘tkazish bosqichlari 
 O‘yin qoidalarini o‘yinning mohiyati va mazmunini tushuntirmasdan 
oldin tanishtirish maqsadga muvofiq va bunda eng yaxshi usul —har bir 
ishtirokchi qoidalarga rioya qilishini og‘zaki tasdiqlashi lozim; 
 rolli o‘yinlar o‘tkazilishi uchun ma’lum vaqt belgilanishi kerak,
belgilangan vaqt ishtirokchilarga e’lon qilinadi va trener tomonidan 
nazorat qilib boriladi; 
 trener o‘yin qoidalaridan so‘ng o‘yin maqsadini tushuntiradi (nima 
uchun bu o‘yinni o‘tkzayapti). O‘yinning mazmuni o‘qib beriladi yoki 
u aks etgan kartochka ishtirokchilarga tarqatiladi va ularga o‘zini 
qanday tutishi lozim bo‘lgan ma’lum bir vaziyat yoki holat taklif etiladi; 
 rolli o‘yin tugaganidan so‘ng hosil qilingan tajriba muhokama 
qilinadi. Trener rolli o‘yin qatnashchilariga fikrlarini bayon 
qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fikrlarni bayon etish ham
qoida asosida — ma’lum tartib va shaklda amalga oshiriladi, har
bir qatnashchining o‘z kechinmalari va fikrlarini bayon qila olishi juda 
muhimdir, buning uchun trener o‘yin jarayonida qatnashchilarda 
namoyon bo‘lgan har bir hissiyotning yuzaga chiqishini qo‘llab-
quvvatlab, rag‘batlantirib borishi zarur; 
 agar birorta o‘yin qatnashchisi o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashishni 
istamasa, uning bu istagini albatta inobatga olishi kerak. 
 
O‘yin turlari 
Tanishuv o‘yinlari 
Har bir guruh bilan olib boriladigan mashg‘ulot qanday maqsadda 
o‘tkazilishidan qat’i nazar "tanishish" o‘yini bilan boshlanadi, chunki 
guruh a’zolari bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlari lozim. Ayniqsa, 
birinchi o‘yindayoq ishtirokchilar faqat ismlarinigina aytish bilan 
kifoyalanib qolmasdan, o‘zining holati, kayfiyati va hatto xarakterini ham 
ifodalay olsa, bu juda yaxshi samara beradi. 
Guruh a’zolari bir-birlari bilan muloqotga kirishishlari oson bo‘lishi 
uchun bir-birlarining ismlarini eslab qolishga yordam beruvchi o‘yin 
o‘tkazish lozim. Eng keng tarqalgan o‘yin — bu "Qor yig‘imi" o‘yinidir. 
"Tanishuv" o‘yini — guruhning barcha a’zolari o‘zlarini har jihatdan 
qulay, dadil tutishlari, shuningdek, o‘zaro ishonch hosil qilishlari uchun 
birinchi va eng muhim qadamdir. 


82 
"Tana (taktil) to‘siqlarini bartaraf qilish" o‘yini 
Odam notanish guruhga tushib qolsa, u albatta o‘zini noqulay, siqilib 
qolganday xis qiladi, uyaladi. Agar biz kimningdir еlkasiga qo‘limizni 
qo‘yishga, soch turmagining u yoq bu yog‘ini to‘g‘rilab qo‘yishga 
haddimiz sig‘sa, o‘sha odam yonida o‘zimizni dadil va xotirjam his etamiz. 
Agar odamlar bir-birini yaxshi tanimasa, bilmasa, bunday xatti-harakatlarni 
bajara olmaydilar va o‘zaro muloqotda ruhiy zo‘riqish, noqulaylik kabi 
hislar paydo bo‘ladi. Lekin shunday o‘yinlar borki, ular bunday to‘siqlarni 
bartaraf etishga yordam beradi. "Tana to‘siqlarini bartaraf qilish" 
o‘yinlarining mohiyati shundaki, guruh a’zolari bir-birlariga "tega 
olish"lariga imkon yaratiladi. Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonch va 
ishchanlik muhitini yuzaga keltirish uchun bu o‘yinni "Tanishuv o‘yinlari" 
o‘tkazilganidan keyinoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu o‘yinning eng 
oddiy va keng tarqalgan turi "Chigilni еchish"dir. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling