Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat
– gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko‘zlariga boqib 
turishi kerak; 
– uning gaplarini bo‘lmaslik kerak; 
– atrofdagi ta’sirlarga berilmaslik kerak; 
– iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish kerak; 
– guruhning ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal 
etishga tayyor bo‘lishi kerak. 
 
Guruh bilan ishlash jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
muammoli vaziyatlar haqida ma’lumot. 
Guruh bilan ishlash jarayonida turli muammoli vaziyatlar vujudga 
kelishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda mashg‘ulotlar davomida paydo 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir muammolar ustida to‘xtalib o‘tamiz: 
 
Kichik gurhchalar paydo bo‘lishi. Guruh faoliyatining boshlang‘ich 
bosqichida ishtirokchilarda xavotirlanish hislari paydo bo‘lishi mumkin. 
Buning sababi ba’zi ishtirokchilar guruh uni qabul qilmasligidan 
xavotirlanadi hamda guruhdagi ba’zi ishtirokchilarning qo‘llab-
quvvatlashiga muhtojlik sezadi. Natijada guruh ichida kichik guruhchalar 
paydo bo‘ladi. Bu guruhlarda ishtirokchilar o‘zaro yaqinlik va o‘zaro 
ishonchni his etadilar, "sheriklik" hislarini sezadilar. Bu holat guruhda 
ishonch muhitini yaratishga hamda guruhni ahillashtirishga halaqit berishi 
mumkin. 
Boshlovchi nimalar qilishi kerak: ishtirokchilarni "ajratadigan" va 
aralashtirib yuboradigan o‘yinlar o‘tkazishi kerak, juftliklardagi va kichik 
guruhlardagi mashqlarda ishtirokchilarni doimo almashtirib borishi kerak. 
Ishtirokchilarning 
bir-birlarini 
yanada 
chuqurroq 
bilishlari 
va 
tanishishlariga yordam beruvchi o‘yinlar o‘tkazishi kerak. 
Boshlovchining yoki ishtirokchilarning diqqatini jalb etish. Har 
qanday guruhda shundaylar topiladiki, ular iloji boricha hammaning 
diqqatini o‘zlariga qaratmoqchi bo‘lishadi. Buni ular turli xilda amalga 


93 
oshiradilar: doimo o‘z fikrlarini bayon etishadi, boshqalarning gapini 
bo‘lishadi, ishtirokchilar va boshlovchi o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga 
harakat qilishadi, "hazil-huzul"ga yo‘l qo‘yishadi, mashg‘ulotlarga 
qiziqishlari yo‘qligini namoyish etishadi yoki har xil qiliqlar chiqarishadi, 
Boshlovchi nima qilishi kerak: agar bu xil qiliqlar guruhga 
ishlayotgan bo‘lsa, ularni noverbal ravishda rag‘batlantirish kerak emas. 
(tabassum qilish, bosh qimirlatib tasdiqlash va h.k.). Ularga so‘zlash uchun 
beriladigan vaqtni cheklash kerak, guruhning ishi va diqqati bir xil 
taqsimlanganligini e’tirof etish kerak: "Men sizning gapingizni bo‘lishga 
majburman, axir boshqalar ham gapirishlari kerak". Boshqa 
ishtirokchilarga, ayniqsa gapirmasdan o‘tirganlarga murojaat etish kerak
"buzg‘unchi" ishtirokchi bilan ochiq gaplashib, unga nisbatan fikrlarni 
bayon qilish lozim. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling