Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish. 
Boshlovchi ularga qiyin bo‘lmagan savollar bilan murojaat qilishi 
mumkin, ularni juftliklardagi mashqlarga ko‘proq jalb etishi kerak, rolli 
o‘yinlarda ularga еtakchi rollarni berish kerak, ularning tashabbuslarini
qo‘llash kerak, guruhning hamma a’zolarining fikrini davra bo‘ylab so‘rash 
kerak. 
Qarshilik ko‘rsatish — o‘zini himoya qilish. Ba’zi ishtirokchilar juda 
ko‘p ichki muammolarga ega bo‘lishi mumkin, bunday holat guruh 
qoidalariga bo‘ysunmaslikda ko‘rinishi mumkin. Masalan, bahsga 
chaqiruv; ishonchsizligini ochiq namoyon qilish; boshlovchini nizolarga 
undash (bunda ishtirokchi boshlovchi o‘zini boshqalarday tutadimi yoki 
yo‘qmi ekanligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ladi); agar boshlovchi bunday 
"buzg‘unchi" ishtirokchilarning qiliqlariga e’tibor bermasa, ular hech narsa 
gapirmay jim o‘tirish reaksiyasi orqali javob berishlari mumkin. 
Ishtirokchining qarshiligi u konstruktiv ravishda namoyon eta olmaydigan 
ichki zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. 
Boshlovchi nima qilishi kerak: ishtirokchi bilan alohida gaplashib 
olishi kerak; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi bo‘lsa, uning ichidagi 
gaplarni ayta olishi uchun imkoniyat yaratish kerak; uni nima 
qiynayotgani, g‘azablantirayotgani haqida gaplashish kerak; faol ishlash 
uslublaridan foydalanish kerak — zo‘riqish, agressiyani susaytiruvchi 
o‘yinlarni qo‘llash kerak. 
Bahslarda ko‘pchilik ishtirokchilar har doim xam o‘z fikrlarini 
muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yo‘l-yo‘riqlarini 
bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak: bahski munozaraga aylantirish 


94 
kerak, ishtirokchi qo‘pol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan to‘g‘rilab 
aytish kerak, ishtirokchilar o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlarini so‘rash va 
shundan so‘ng boshqalardan biron tomonning fikriga qo‘shilishlarini 
so‘rash yoki sportchi shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling