Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo‘lishi. Boshlovchi nima qilishi kerak: agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar o‘rtasida o‘zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv yo‘l bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lsa, boshlovchi o‘z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan gaplashishga urinib ko‘rishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi kelganda o‘z xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va o‘zi ham hammani yaxshi ko‘rishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi ko‘rishga ham majbur emaslar!" Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash. Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari. Trening jarayonida guruhni tez-tez kichik guruhlarga bo‘linib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muhitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doir nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo‘lsa, undagi ishtirokchilarda qo‘rquv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo‘ladi. Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari: 1. Kichik guruhlarga bo‘lishda o‘yin orqali bo‘lish usulidan foydalanish lozim. 2. Guruhlarga bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak. 95 3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga ko‘rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi bo‘lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko‘tariladi, trener esa qolgan guruhlarga ko‘rsatma berishga qiynalib qoladi. Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, o‘z guruhining fikri bilan tanishtiradi. Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak. Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halaqit berishi ham mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim. Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. – ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak; – guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so‘zini bo‘lmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga o‘rgatish kerak; – mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so‘rash kerak; – hammaning so‘zga chiqishini ta’minlash kerak; – munozaralarda qaysidir sportchi shaxsi hayotiga aloqador fikrlar shu еrda qolishga guruhni odatlantirish kerak. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling