77
kabi tushunchalarga mos keladi va ijobiy hissiyotlar bilan bog‘liq
munosabatlarni anglatadi.
Trening jarayonida o‘tkazilgan har qanday o‘yin o‘zida ikki xil
mazmunni aks ettiradi: birinchisi, o‘yinda qatnashuvchilar uchun ma’lum
bo‘lgan
dam olish, ko‘ngil ochish, hordiq chiqarish, kayfiyatni ko‘tarish
bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi, treningni olib boruvchi (boshlovchi) uchungina
ma’lum bo‘lib, bunda guruh bilan ishlash jarayonida trener o‘z
oldiga
qo‘ygan muayyan vazifalarni amalga oshirishi ko‘zda tutiladi. Shu tariqa
o‘yin faqat ko‘ngilxushlik emas, balki guruh yoki biror bir ishtirokchining
xulq atvorini boshqarish, o‘zgartirish, shuningdek boshlovchi uchun zarur
yo‘nalishda harakatlanish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan
tashqari, o‘yin guruh a’zolarini
bir-biri bilan tanishtirish, jipslashtirish,
faoliyatga moslashtirish, muammoni hal
qilishga tayyorlash kabi
ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalarini ham bajaradi.
O‘yinni o‘tkazishda albatta umumiy qoidalarni hisobga olish va
ularga amal qilish lozim.
Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati
Trener o‘zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali
ishtirokchilarni o‘yinni boshlashga qiziqtirishi lozim. O‘yinni
boshlash
uchun qilingan taklif jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni
harakatga keltirishi kerak. Guruhdan o‘yinni boshlashga bo‘lgan xohishini
so‘rash
tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik ishtirokchilar uchun bu
noodatiy hol bo‘lib, ular o‘yinga qatnashishdan bosh tortishi mumkin.
Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyati (ya’ni "xohlasang qatnash,
xohlamasang o‘ynamasliging mumkin" kabi) vaziyatida qoldirmaslik
kerak, "albatta o‘ynaymiz" degan qaror — yagona qaror bo‘lishi kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: