Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

O‘yinning jadalligi va sur’ati 
Trener o‘yinning borishini, uning jadalligi va sur’atini aniqlab olishi 
muhimdir. Agar o‘yin cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, uni tezlatishga
ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ko‘tarinki ruhda tugatishga harakat qilish 
zarur. 
Qiziqtirish va sirlilik (o‘yinga jalb qilish). 
Ba’zi hollarda trener o‘yinni boshlashdan va o‘yin qoidalarini 
tushuntirishdan oldin ishtirokchilarni qiziqtirish uchun o‘yinga doir 
qiziqarli voqea-hodisalarni so‘zlashi, ertak yoki afsonalar aytib berishi 
maqsadga muvofiqdir. 
 
 
 


78 
Bahslashish. O‘yindan chiqariladigan xulosa. 
Bahslashish (Musobaqalashish) 
Kattalarda ham, bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga bo‘lgan 
moyillik kuzatiladi. Ana shu moyillikdan foydalangan holda, trener 
ishtirokchilarda o‘yinga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar 
o‘rtasida raqobat hissini uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta 
qurish" kabi o‘yinlarda, ("Mumiyo" yoki "Minora" kabi) agar trener 
topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani qaysi guruh 
tezroq bajaradi?"ga o‘xshagan ko‘rinishlarda bersa), o‘yin jadalroq va 
qiziqarliroq o‘tadi. Albatta, barcha o‘yinlarda bu taktikani qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija 
beradi. 
O‘yindan chiqariladigan xulosa 
O‘yinning oxiri doimo qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo‘lishi 
kerak. Ya’ni o‘yin oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zarur: 
birinchidan, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. 
Ikkinchidan, o‘yindagi o‘zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib 
chiqishi kerak. Eng oddiy emotsional olqish sifatida qarsak rol o‘ynashi 
mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan holda olqishlashning boshqa usullaridan 
ham foydalanish mumkin. 
O‘yin paytidagi o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash 
uchun trener guruhdagi shart-sharoitlarni — masalan, guruh a’zolarining 
yoshini, hisobga olishi zarur. Hamma o‘yinlar ham turli yoshdagi 
guruhlarda muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Har bir o‘yin guruh bilan ishlash 
jarayonida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘yinlar o‘ziga xos mantiq asosida 
tashkil qilinishi lozim, masalan, "taktil to‘siqlarni bartaraf qilish" o‘yinini 
o‘tkazmasdan turib, "ishonch asosida" o‘yinini o‘tkazib bo‘lmaydi. 
"Ismlarni eslab qolish" o‘yini muvaffaqiyatli o‘tishi uchun doira shaklida 
o‘tirgan ishtirokchilar bir-birlarining ismini eshitganligiga, bir-biriga 
ahamiyat berganligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bilmagan narsani 
esda saqlab bo‘lmaydi. 
Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o‘yinni o‘tkazish uchun 
zarur bo‘lgan barcha materiallarni va xatti-harakatlarni yaxshilab o‘ylab 
olishi kerak. Qatnashchilarning o‘yinga qiziqishini oshirish uchun 
materiallarning yorqinligi, jozibadorligini nazardan qochirmaslik lozim. 
Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihatlardan yana biri 
— guruhning o‘yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun 
o‘yinlar qandaydir yangi va o‘ziga xos hodisadir. Shuning uchun o‘yinlarni 
tanlashda "oddiydan murakkabga" tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni 


79 
hollarda boshlovchining kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishi va ko‘zlangan 
maqsadga erishishi uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham "yuqtirish" 
kerak. Agar guruh o‘yinga kirishishni istamasa cho‘chish kerak emas, bu 
odatlanilmagan holatga nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bo‘lib, tezda 
o‘tib ketadi. 
Albatta, ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazish jarayonidagi boshlovchida bu 
boradagi zarur ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan 
o‘yin qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart-sharoitlarni hisobga 
olish natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi — guruhdagi 
ishning sifati oshadi, trening oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuqori 
darajada amalga oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o‘yinlardan 
unumli foydalanishga harakat qilish zarur. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling