Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Mashqni to‘xtatish va muhokama qilish
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Mashqni to‘xtatish va muhokama qilish. Treninglar davomida qo‘llaniladigan mashqlar ishtirokchilar uchun qiziqarli va g‘ayri oddiy bo‘lganligi uchun odatda ko‘pchilik ularning uzoqroq davom ettirilishini istaydi. Lekin bu trenerning rejasi buzilishiga va trening samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun trener har bir mashqni vaqtida to‘xtatish va muhokama qilish texnikasini puxta egallashi zarur. Mantiqiy yakunga ega bo‘lgan mashqlar ham mavjud. Bunday mashqlar jumlasiga "Buzuq telefon" nomi bilan keng tarqalgan mashq 76 kiradi. Bu mashq ma’lumot oxirgi ishtirokchiga еtib borganda yakunlanadi. Boshlovchi ba’zan mashq tugashining shartlarini oldindan aytib qo‘yadi. Masalan, agar guruh ishtirokchilaridan birortasi gapirib yuborsa, bunday sharoitda mashq to‘xtatiladi. Boshlovchi tanlashi mumkin bo‘lgan yo‘llardan yana biri, mashqni oldindan aytib berishdir. Bunda boshlovchi vaqtni kuzatib boradi va uning tugashini guruhga ma’lum qiladi. Lekin ko‘pincha mashqni o‘tkazishning chegarasini oldindan aniqlab bo‘lmaydi, bunda asosiy e’tibor guruh a’zolari o‘zlarini qanday sezishi, ularning bu ishga qo‘shilganligi va qiziqqanlik darajasini hisobga olishga qaratiladi. Umumiy qoida shunday: mashqdan qoniqish yuqori darajaga еtganda, uni yakunlash kerak. Diagnostikani amalga oshirish va guruh ishtirokchilarining holatidagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatayotgan boshlovchi ana shunday daqiqani payqab olishi kerak. Bu daqiqa shundan iboratki, bir tomondan mashq maqsadi uchun va uning muhokamasi uchun еtarli materiallar yig‘iladi, boshqa tomondan esa guruhning ko‘pgina ishtirokchilari mashqni bajarishni davom ettirish niyatida bo‘lib va uni tugatishga roziligini izhor etadilar. Umumiy qoida shunday: mashq qanchalik ko‘p va mazmunli axborot olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning muhokamasiga ham shuncha ko‘p vaqt sarflanadi. Agar mashqlarning maqsadi guruh a’zolari holatidagi o‘zgarishlarni bilishga qaratilgan bo‘lsa, unda muhokamada "Siz o‘zingizni qanday his qilyapsiz?", "Hozir kayfiyatingiz qanday?" kabi qisqa savollar beriladi. Ba’zan bir xildagi "yaxshi", "tetikman", "normada" kabi javoblar bilan chegaralaniladi. Ba’zi hollarda ishtirokchilarning aniq bir holatini ko‘rgan boshlovchi o‘zi ham ularga gap qotadi: "Siz hushvaqtsiz endi keyingi murakkab ishlarga ham o‘tish mumkin", "Men ko‘ryapmanki hamma tabassum qilyapti, menimcha kayfiyatlar yaxshi, ishni davom ettirish mumkin" va h.k. Boshlovchi mashq jarayonida quyidagilarni ham kuzatib borishi lozim: ishtirokchilarda qiyinchilik tug‘ilyaptimi (agar qiyinchiliklar bo‘lsa, u qanday mazmunga ega), ishtirokchilarning holati qanday o‘zgaryapti, ular nimaga erishyapti va nimaga erisholmayapti. Bunday kuzatishlar esa mashqlar tugagandan keyingi beriladigan savollar xarakterini belgilaydi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling