Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


O‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
O‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga
doir hazil o‘yinlar 
Ishtirokchilarning talablari asosida oilaviy hayotning ikir-chikirlari 
bilan bog‘liq ba’zi mashg‘ulotlarda intim munosabatlarga doir mavzular 
ham bo‘ladiki, bu shundoq ham zo‘r diqqat bilan qatnashayotgan 
ishtirokchilarni battar hayajonlantirib yuborishi mumkin. Ayni holatni 
hazil o‘yinlar vositasida yo‘qotsa bo‘ladi. Bu o‘yinlarda ular bir-birlariga 
iltifot qilishi, qo‘ltiqlashishi, xullas o‘zlari xohlaydigan, biroq ifodalashga 
uyaladigan, 
ijtimoiy-madaniy 
hayotda 
qaysi 
jihatdandir 
yo‘l 
qo‘yilmaydigan xatti-harakatlarni bajarishlari mumkin. Bunday o‘yinlar 
umumiy kulgu ostida quvnoq va jonli o‘tadi. Shu bilan birga guruhda 
o‘zaro ishonch darajasi oshadi, ahillik kuchayadi. 
Biroq ularni guruhda muloqot yuzasidan va taktil to‘siqlar 
yo‘qotilgach, o‘zaro hayrixohlarcha munosabat vujudga kelgachgina 
o‘tkazish tavsiya 
etiladi. 
 
Trenerga tavsiyalar 
Trenerlik – hozirgi kunda bu kasbning aniq standart va
yo‘nalishlari bo‘lmaganligi sababli bu mutaxassislarga talablar yoyilgan
holdadir. Yangilik bo‘lgan trener fenomeni to‘g‘risida gapirishdan oldin 
trening tushunchasini aniqlab olaylik. Trening – bu shunday o‘quv
jarayoniki , bunda materialning nazariy bloki kichiklashtirilib asosiy
e’tibor ko‘nikma va malakalarni amaliyotiga qaratilganidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda trener bu – trening
mavzusida belgilangan nafaqat nazariy bilimlarni, balki shaxsiy tajribasi,
pedagogik tajribasi, hamda qatnashchilarga yangi, zarur bilimlarni


84 
o‘rgatish, tayyor qarorlar bo‘lmagan taqdirda tashkiliy faoliyatiga
o‘rgatish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Trening qisqa muddatda 
o‘tkazilishiga qaramay, trenerga jiddiy tayyorgarlik va haqiqiy kasb 
mohirligi kerak bo‘ladi. Trener ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan 
maxsus ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Trenerlik faoliyatiga 
o‘tgan mutaxassisga oson emas, u mustaqil ravishda murakkab qarorlar 
qabul qilish, o‘z kuchini baholashi, xabardorlik chegaralarini aniqlashi 
lozim. (Trener bu-pedagogik qobiliyatlarga ega, tajribali , trening
davomida keng majburiyatlar diapozonini amalga oshiruvchi va
qo‘yilgan vazifalarni hal qiluvchi etakchi shaxsdir). 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling