Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta
-MAVZU: O‘QUVCHILAR BILIMLARI VA KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH YONDASHUVLARI VA STRATEGIYALARI
Download 1.89 Mb.
|
2022 MA\'RUZA Texnologiya 7 модул
1-MAVZU: O‘QUVCHILAR BILIMLARI VA KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH YONDASHUVLARI VA STRATEGIYALARI
Reja: 1. Baholash - ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida. 2. O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari. 3. Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari. Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishiga daxldor bo‘lgan ta’lim sohasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha qator maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorining qabul qilinishi ta’lim tizimida o‘qitishga nisbatan tubdan yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Ya’ni umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodologiyani qo‘llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olingan. Qabul qilingan mazkur DTSning e’tiborli tarafi shundaki, o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ega bo‘lish jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish alohida inobatga olingan. Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalarning o‘quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va ruhan barkamol topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi. Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat: a) o‘quvchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish; b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash; v) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash; g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish; d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish; e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini mukammallashtirish; j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish; z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish; i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning mustahkamlab borilishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling