Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testlar 1) O’quv dasturida o;quvchilarning mehnat ta’limini yaxshi egallashlari uchun qanday muhit yaratildi
- 2) Mehnat ta’limi darsida o’quvchilarga qo’yiladigan birinchi talab bu…
- 6) Qog’oz va kartonning necha turi mavjud
- 5) Rangli qog’oz bilan ishlash o’quvchilarning qanday qobilyatlarini shakllantiradi
- 6) Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qaysi metod ko’proq qo’llanadi
- 8) Rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari mehnat darsining qanday vositalariga kiradi
- 9) Mehnat darsida buyum maketini yasash necha bosqichda amalga oshiriladi
- 6-mavzu: Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar. REJA
- Testlar 1) Qog’oz va karton bilan ishlash jarayoni o’quvchilarning qanday xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi
- 2) “Telefon” ko’rgazmali quroli qaysi fanlarda qo’llanadi
- 4) Necha xil karton turi mavjud a) 5 xil b) 3 xil c) 2 xil *d) 4 xil e) 6 xil 5) Qaysi karton egiluvchan , yaxshi qirqiladi va yelimdan shishmaydi
- 6) Qaysi karton pishiqroq, qirqish qiyin hisoblanadi
- 8) Qog’oz va karton bilan ishlashda o’qituvchi birinchi bo’lib o’quvchilarga nomani o’rgatadi
- 9) Oquvchilar mehnat darsida ishlayotganda nimalarga e’tibor berishi kerak
- 10) Qog’oz va kartondan nimalar tayyorlanadi a) qog’oz papka b) daftar c) albom va muqovalar *d) a,b,c e) tog’ri javob yo’q
- I-IV sinflarda qo’l mehnati darslari uchun o’quvchining shaxsiy papkasi.
- Shaxsiy papkadan foydalanish usullari.
- Mehnat xonasining asbob-uskunalari.
Masalan: bir xil mashg`ulotlar o‘quvchilarni toliqtiradi, o‘qishga qiziqishini yo‘qotadi. Shu mashg`ulotlarni o‘yin shaklida “Kim tez bajaradi?”, usuli bilan bajarish esa o‘quvchilarni jonlantiradi. Eni ular aniq maqsad yo‘lida, ya’ni topshiriqlarni bajarishda g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar. Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanlash va o‘quvchilarning ma’lum bir o‘yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo‘llash zarur. Tanlangan o‘yin qiziqarli, o‘quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli o‘zlashtirishiga, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlatirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshganda didaktik o‘yinlar vositachilik rolini tashkil qilishdan oldin uni 57 qaysi maqsadga yo‘naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtai nazaridagi o‘yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o‘qitish topshiriqlaridan tashqari, o‘qituvchiga bolalarda maxsus ko‘nikmalarni hosil qilishda yordam beradi. O‘yindan ko‘rish va eshitish zehnini mukammallashtirishidan ham foydalanish mumkin. O‘yinlar yordamida bolalar mavzuni esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarda joy tushunchasin rivojlntirishda yordam beradi. “Giometirik domino”, “Qurilishi materiallari”, “Tangram” o‘yini, kombinatorik qobilyatini rivojlatiradi (mozayka rangli domino, giometrrik jisimlarni yoymoq va b. ) va konsturuktiv qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va h.z.) Quyidagi ayrim didaktik o’yinlar haqida to’xtalamiz: “Tez javob” o’yinida o’qituvchi yoki boshlovchi qator oralab yurib, o’quvchilardan birini turg’izadi va biror turga oid so’zni aytadi. O’quvchi esa o’sha so’zni izohlaydi. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Masalan: o’qituvchi uchburchak sozini aytsa, o’quvchi bu so’zni: “Uning uchta tomoni va uchta burchagi mavjud”, - deb izohlaydi. Oyin shu tariqa davom etadi. Javob berolmagan o’quvchi o’yindan chiqariladi. Bu o’yin orqali o’quvchilarda hozirjavolik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, shuningdek, ular atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rganadi, atrofda sodir bo’layotgan hodisalarga qiziqishi ortadi. Bu o’yindan darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqasida foydalanish mumkin. “Antiqa rassom” o’yinida ixtiyoriy 3 ta o’quvchi tanlab olinadi va ko’zlari bog’lanadi. Ular doskadan qo’llarini uzmagan holda turli shakllarni chizadilar. “Antiqa rassom” o’yinidan istalgan darsda foydalanish mumkin. Bunda faqat o’yin sharti o’zgartiriladi. Masalan, “Qo’l uzmasdan uchburchak chizing”, “Qo’l uzmasdan to’rtburchak chizing”, “Qo’l uzmasdan aylana chizing” kabi. 58 Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning har tamonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoyi-psixologik va do’stona muhitni yaratishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko’zlangan natijaga erishish uchun muhim omil hisoblanadi. Qiziqarli matematika boshlang’ich sinflarda o’ziga xos va mos o’rinni olishi kerak: u idrokka hayajon (emotsiya) elementlari bilan idrok qilingan narsa esa ko’pincha kishining butun umri bo’yicha esida qoladi. Qiziqarli matematika ziyraklikni, sezgirlikni taraqqiy etdiradi, topqirlikni o’rgatadi, bolalarning kombinatorlik qobilyatlari rivojlantiradi. Didaktik o’yinlar metodik nuqtayi nazardan shu bilan qiymatlikka egaki, ular ilgaridan egallagan malakalarini mustahkamlaydi, texnologiya faniga qiziqishini uyg’otadi, bolalarda bundan keyin ham mehnat faniga, mashg’ulotlariga intilish paydo bo’ladi. Didaktik o’yinlar va topishmoqlar, bosh qotiradigan jumboqlar shaklidagi o’yinlar ko’pincha sinfdagi ishlarni mashg’ulotlarni jonlantirish uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi. Didaktik o’yinlarni o’tkazish uchun ham vaqt va o’zlariga muvofiq didaktik material kerak bo’ladi. Shuning uchun o’yinlarni ko’pincha darsdan tashqari mashg’ulotlar uchun tavsiy qilish mumkin. Mehnat darslarida esa vaqti-vaqti bilan o’quvchilarni u yoki bu o’yinning mohiyati, uning qoidalari bilan tanishtirish va o’yinning o’zini ham o’tkazish kerak. O`yinlar o’tkazish uchun vaqt ham ko’p kerak bo’lmaydi, darsini jonlantiradi, tetik kayfiyat uyg’otadi va bundan tashqari texnologik malakalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu kabi masalalardan tashqari muammoli ta'lim bolalarning bilib olish faoliyatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligi tajribalardan ko'rinib turibdi. Muammoli ta'lim tufayli bolalarning fikrlashlari, xilma-xil hodisalarga olingan bilim va malakalarni mustaqil tatbiq etish faoliyatlari osha boradi. Bolalar o'qituvchi tomonidan qo'yilgan yangi muammolarni yechish natijasida, kichik bo'lsa-da «kashfiyot»lar yaratadilar. Bitta o'quvchining 59 «kashfiyoti» butun sinf o'quvchilarini qiziqtiradi. Ularni yangi kashflyotlar yaratishga ilhomlantiradi. Ixtiro yoki kashfiyotning katta va kichigi bo'lmaydi. Biz yuqorida boshlang‘ich sinf mehnatni o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida gapirib o‘tdik. Didaktik o‘yinlar shu fanga qiziqtirishni rivojlantirishning samarador vositalaridan biridir . U bilan birga didaktik o‘yin bolalarning aqliy faolligini tarbiyalashning qimmatli vositasidir. U bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, qiziqish o‘yg‘otadi. Bolalar uchun o‘yin eng haqiyqiy o‘qish ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘yin vaziyatni yaratish shunga olib keladiki, o‘quvchi o‘yinga qiziqib o‘zi bilmagan holda ma’lum bilim va malakalar, ko‘nikmalarni egallaydilar . Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda mehnat o‘qitishda va tarbiyalashda ayniqsa zarurdir, darslarni qiziqarli, jonli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Testlar 1) O’quv dasturida o;quvchilarning mehnat ta’limini yaxshi egallashlari uchun qanday muhit yaratildi? a) “ota kasb” b) “ustoz - shogird” c) Hunarli o’quvchi *d) A, B e) A,C 2) Mehnat ta’limi darsida o’quvchilarga qo’yiladigan birinchi talab bu… a) o’quvchilaning psixalogik tayyorligi b) asbob – uskunalarning tayyor bo’lishi c) materiallarning taxtligi *d) gigienik qoidalarga rioya qilishi e) A,B 6) Qog’oz va kartonning necha turi mavjud? a) 400 ta b) 300 ta c) 500 ta *d) 200 ta e) 100 ta 60 4) Qog’oz bilan ishlash mashg’ulotida stolning o’ng tomonida qanday buyumlar joylashadi a) qaychi, qalam, avtoruchka b) yelim, qaychi, chizg’ich c) rangli qog’oz, qiyqimlar uchun quticha *d) qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, avtoruchka e) B,C 5) Rangli qog’oz bilan ishlash o’quvchilarning qanday qobilyatlarini shakllantiradi? a) ijodiy qobilyatini, fikrlashni b)diqqat, tezkorlik c) tejamkorlik , fantaziya *d) fantaziya, kuzatuvchanlik e) fikrlash,tejamkorlik 6) Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qaysi metod ko’proq qo’llanadi? a) amaliy b) suhbat c) hikoya *d) ko’rsatmali e) og’zaki 7) Birinchi sinfda o’quvchilar mehnat darsi mashg’ulotlarida boshqa darslarda to’qnash keladigan qanday materiallar bilan tanishadilar? a) o’quv qo’llanmalri, daftar va kitoblar b) modellar, o’quv anjomlari c) oynoma qog’ozlar, modellar *d) A,E e) o’quv anjomlari, qog’oz turlari 8) Rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari mehnat darsining qanday vositalariga kiradi? a) texnik b) amaliy c) o’quv *d) ko’rsatmali e) A,B 61 9) Mehnat darsida buyum maketini yasash necha bosqichda amalga oshiriladi? a) 6 bosqichda b) 2 bosqichda c) 3 bosqichda *d) 4 bosqichda e) 5 bosqichda 10) Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlarida o’quvchilar avvalo qanday tayyorgarliklar ko’rishadi? a) qog’ozni yig’ib qirqadilar b)qog’ozni yozib, ish uchun kerakli ish qurollarini olishadi c) materiallarni olishadi *d) b,c e) a,b,c 6-mavzu: Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar. REJA: 1.Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari, mazmuni va tashkil etilishi. 2.Tayyorlov ishlarining plani. Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o’quv hamda sinfdan tashqari ishlarning o’zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo’lidir. O’quvchilar mehnat ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o’quvchilar o’zlarining mustaqilliklari va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go’zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni davom ettirilishi to’garak ishlari, jumladan “Mohir qo’llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to’garaklari” kabi to’garaklar keng tarqalgandir. O’quvchilarning mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash o’quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda 62 xilma-xil tarbiyaviy tarbirlarni qo’llash orqali amalga oshirilishi kerak. O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim – tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u bolaning har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, amalda qo’llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o’stirish masalalarini hal etishga yordam beradi. Mehnat ta’limi bo’yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi qo’shimchasidir. O’quv mashg’ulotlari bilimlarga qiziqishini o’zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo’llash hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o’zining o’yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarga ishning o’zlariga ko’proq yoqqan, o’zlarini ko’proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo’ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug’ullanishilari, qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo’lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. . Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o’z fikri, bilim va ko’nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi. To’garak ishi – “Mohir qo’llar”, “Qo’g’irochoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona” to’garaklari. Boshlang’ich sinflardagi to’garak ishlari o’quvchilarida umumiy rivojlantirishni, o’zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lsin. “Mohir qo’llar”, “Qo’g’irchoq teatri” to’garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lib, to’garakda o’g’il va qiz bolalar bir xil qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug’ullana oladi. To’garaklarni tashkil etishdan oldin o’qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To’garak uchun albatta alohida xona 63 kerak bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamal to’plami, tayyor ishlarni qo’yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. cBajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi. Mehnat an’analarini sinfdan tashqari ishlarda qo’llash o’qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to’garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilanqurollantirib, tanlagan kasbiga qiziqtirib va o’quv fanlari mazmunini mukammalashtirib o’quv jarayonini to’g’ri tashkil etish kerak. Xulosa qilib aytganda o’quvchilarga boshlang’ich sinfdanoq kelajakda to’g’ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol bo’lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Testlar 1) Qog’oz va karton bilan ishlash jarayoni o’quvchilarning qanday xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi a) mehnatsevarlik b) ijodkorlik c) tasavvur *d) a,b,c e) to’g’ri javob yo’q 2) “Telefon” ko’rgazmali quroli qaysi fanlarda qo’llanadi? a) matematika b) tasviriy san’at c) mehnat *d) b,c e) a,b,c 3) Karton deb nimaga aytiladi? a) 1 kv mt 240 grammdan ortiq qog;ozga b) 1 kv mt 230 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga c) 1 kv mt 260 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga *d) 1 kv mt 250 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga e) 1 kv mt 220 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga 64 4) Necha xil karton turi mavjud? a) 5 xil b) 3 xil c) 2 xil *d) 4 xil e) 6 xil 5) Qaysi karton egiluvchan , yaxshi qirqiladi va yelimdan shishmaydi? a) oq karton b) kulrang karton c) rangli karton *d) sariq karton e)a,d 6) Qaysi karton pishiqroq, qirqish qiyin hisoblanadi? a) oq karton b) sariq karton c) rangli karton *d) kulrang karton e) rangsiz karton 7) Qog’oz va karton bilan ishlsh darslarining asasiy xususiyati a) kichik narsalar, papkalar ishlash b) maket yasash c) buyumlarni o’lchash *d) texnikaviy rasm va chizmalardan foydalanish e) a,b 8) Qog’oz va karton bilan ishlashda o’qituvchi birinchi bo’lib o’quvchilarga nomani o’rgatadi? a) chizmani o’qishga b) chizma va namunadagi detallarning o’lchamini olish c) har qaysi detalni mustaqil belgilash *d) a,b,c e) b,c 9) Oquvchilar mehnat darsida ishlayotganda nimalarga e’tibor berishi kerak? a) o’z ishini rejalashtira bilish b) vaqtdan unumli foydalanish c) ish joyini toza va ozoda saqlash 65 *d) a,b,c, e) b,c 10) Qog’oz va kartondan nimalar tayyorlanadi? a) qog’oz papka b) daftar c) albom va muqovalar *d) a,b,c e) tog’ri javob yo’q 7-mavzu: Mehnat ta’limi xonasini ishga tayyorlash Mehnat ta’limi xonasi va shu xonadagi qo’l mehnati darslari to’g’ri tashkil etilsa, o’quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat shakllanadi, ishlab chiqarish – texnologik madaniyat tarbiyalanadi. Mehnat xonasi shunday tashkil etilishi kerakki, u o’quvchilarning quyidagilar bilan ta’nishtirishni ta’minlasin: 1. Ishlov beriladigan materiallar: qog’oz, karton, gazlama, tola, sim, tunuka, yog’och; ayrim qurilish materiallari: alebastr, sement va shu kabilar texnologiyasi bilan. 2. Yuqoridagi materiallarga ishlov berishda qo’l bilan bajariladigan moslamalar bilan emas, balki mexanizasiyalashgan moslamalar bilan. 3. Materiallarga ishlov berishning asosiy metodlari: mexanik, kimyoviy, energetik va shu kabilar bilan. Sanoat, xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari bilan. 1. Mehnatni tashkil etish elementlari (mehnatga munosabat, mehnat brigadasi), mehnatni oddiy yakka tartibda tashkil etishdan boshlab, murakkabroq brigada va, nihoyat, konveyer ishini tashkil etish bilan. Mehnat xonasidagi ishlar bolalarda mehnatga yo’llashni, intizomlilik, jamoa bo’lib ishlash, rasionalizatorlik xususiyatlari, konstruktorlik, kashfiyotchilikni rivojlantirish, ishni rejalashtirish, nazorat qilish va hisobga olishga odatlantirishi lozim. 66 Ishning ichki tashkil etilishi korxona, qurilish, qishloq xo’jaligidagi ishning tashkil etilishini o’rganayotgan o’quvchilarga duch kelgan prinsiplar asosida bo’lishi lozim, biroq bunda ishlab chiqarishdagi mehnatni tashkil etishning barcha prinsiplarini to’g’ridan-to’g’ri maktabga ko’chirish mumkin emasligini unutmaslik kerak. Mehnat xonasidagi barcha mashg’ulotlar o’quv fanlari (mamavzutika, chizmachilik, rasm va shu kabilar) bilan uzviy aloqada bo’lishi hamda ularga asoslanishi kerak. Asboblar bolalarning yosh xususiyatlariga, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim. I-IV sinflarda qo’l mehnati darslari uchun o’quvchining shaxsiy papkasi. O’quvchilar papkalarining qo’llanilishi I-IV sinf o’quvchilariga qo’l mehnati darslarini metodik to’g’ri tashkil etish va ularni muntazam o’tkazish imkonini beradi. Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda har bir o’quvchi dars vaqtida kerakli hamma narsalarga: asboblar, materiallar, buyumlarga ega bo’ladi. Papka o’quvchilarga mehnat madaniyati malakalarini singdirishga yordam beradi. Shuningdek, papka o’quvchilarda o’z ish joylari va mehnat jarayonini uyushtirish, ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga ham yordam beradi. Bunday eng oddiy mehnat malakalarini o’quvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki qo’l mehnati darslaridan boshlab shakllantira borish va ularni asta-sekin takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsiy papkadan foydalanish usullari. Dars boshlanishidan oldin o’quvchi papkani ochilgan holda parta ustiga qo’yadi. U papkadan karton razvyortkani olib, uni quticha tarzida taxlab, partaning chap tomoniga ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib qo’yadi. So’ngra o’quvchi papkadan asboblar solingan vkladishni olib, partaning o’ng tomoniga qo’yadi. O’qituvchining ko’rsatmasiga ko’ra u u papkadan kerakli material (qog’oz, karton)ni olib, papkaning o’zini ish vaqtida xalaqit bermasligi uchun partaning ichiga joylashtirib qo’yadi. 67 Dars vaqtida o’quvchi vkladishdan kekrakli asbobni olib ishlatadi va asbob bo’shagan zahoti uni parta ustiga emas o’z joyiga qo’yadi. Materialdan ham xuddi shu tartibda foydalaniladi, ya’ni butun materialdan kerakligini qirqib oladi, qolganini esa o’z joyiga qo’yadi. Materialning qiyqimlarini partaning chap tomonida turgan qutichaga soladi. Dars oxirida qiyqimlar belgilangan joyga yoki navbatchi o’quvchi partalar orasidan olib o’tadigan savatga bo’shatiladi, navbachi o’quvchi esa qiyqimlarni belgilangan joyga olib borib tashlaydi. Shundan so’ng papkadan olingan barcha narsalar o’z joyiga tartibi bilan solinadi va papka chizimcha bilan bilan bog’lanadi. Papkani kelgusi darsgacha sinfdagi shkafga solib qo’yiladi. Texnik modellashni o’rganar ekanlar, IV sinf o’quvchilari yog’och, sim, tunuka kabi materiallar bilan birinchi marta tanishadilar. Bunday materiallar bilan ishlash ish joyining puxta o’ylab tashkil etilishini, asboblarning to’g’ri doylashtirilishini talab qiladi. Bu ish o’quvchilarga bo’lajak slevar, tokar, duradgor va ko’pincha boshqa kasb egalari uchun zarur bo’lgan ish joyini to’g’ri tashkil etishning dastlabki malakalarini beradi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga qo’l mehnatidan shunday ta’lim berish kerakki, V sinfga kelib ular dastgoh yashigida asboblarning joylashishini va slesarning ish joyida asbob hamda materiallarning joylashish sxemasini darhol o’zlashtirib olsinlar. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar papkalardan foydalanish o’quvchilarning mehnat madaniyati ko’nikma va malakalarini izchil hamda muntazam egallab borishlarini ta’minlaydi. Bu malaka va ko’nikmalar o’qitishning keyingi bosqichlarida yanada takomillashtirilib boriladi. Mehnat xonasining asbob-uskunalari. Mehnat xonasida bo’lishi kerak bo’lgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, mebellar)ning ro’yxati quyidagicha tanlab olinishi mumkin: I. Yog’och bilan ishlash uchun uskunalar: 1. Stol-verxstak 20 dona 2. Kichik o’lchamli randalar 20 dona 68 3. O’rtacha japsranda 1 dona 4. Kichik o’lchamli sherxebel 10 dona 5. Mayda va yirik tishli kamalak qo’larra 3 dona 6. “Kiyev ” markali qo’larra 20 dona 7. 400 gramli duradgor bolg’asi 10 dona 8. Iskana 1 dona 9. Yig’ma mayr 2 dona 10. 30 sm li metalla chizg’ichlar 10 dona 11. Reysmus 10 dona 12. Yog’och uchburchak 5 dona 13. Yirik tishli cho’tir egov 10 dona 14. Qo’l parma 5 dona 15. Ombur 5 dona 16. Otvyorka 10 dona 17. Turli o’lchamdagi parmalar 20 dona 18. Enli va ensiz qo’larralar 2 dona 19. Ovchi boltasi 2 dona 20. Har xil o’lchamli iskana 5 dona 21. Charx 1 dona 22. Brusoklar 10 dona 23. Katta arra 1 dona 24. Stuslo 5 dona Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling