Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Download 1,44 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARII UCHUN MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN O‘QUV – METODIK MAJMUA Samarqand – 2019 yil 2 3 SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI «MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA‘LIM METODIKALARI» KAFEDRASI MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANI BO‘YICHA O‘QUV – METODIK MAJMUA ( BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARII UCHUN) “Kelishildi” Oʻquv va ilmiy ishlari boʻyicha direktor o`rinbosari: _____________A.Ibragimov Kafedra mudiri: _______M.Raximqulova Samarqand – 2019 yil “TASDIQLAYMAN” direktor___________S.Usmonov «______»__________2019 yil 4 Tuzuvchi: J. Shodiyeva - SamDU “Boshlang‘ich ta`lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Taqrizchilar: F.Shodiyev – SamDU, Pedagogika fakulteti dosenti M.Raximqulova– Samarqand viloyati XTXQTMOHM, Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim kafedrasi dotsenti 5 6 7 KIRISH FANNING QISQACHA MAZMUNI Mehnat va uni o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo’lib, fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malaka va ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri. Mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqlie o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarnirig rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi. Ta’lim texnologiyasida “Mehnat o’qitish metodikasi” fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari 8 texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonovaiy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb- hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarning boshlang’ich politehnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashdir. O’quvchilarni Mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga ahloqiy tayyorlash – bolalarga jamoada ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, hatti- harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir. Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir. 9 O’quv fanning maqsad va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsadi - tinglovchilarni boshlang’ich sinflarda мehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifalari - Boshlang’ich maktablarda "Mehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Daviat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim berish. Fanbo’yichatinglovchilarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar - Mehnat va uni o’qitish metodikasi fanidan tinglovchilar mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o’quv vositalari darslik, o’quv qullanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash metodikasini, mehnat fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni bilishi kerak. - O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari, dars ishlanmasida o’quv jarayonini (o’quv materiali unga mos metod, vosita va o’qitish shaklini tanlab) rivojlantirish, dastur, darslik, metodik qo’llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish, o’zlari qiziqqan yo’nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv 10 ishi tarzida), turli jarayonlarni bajaruvchi turli xom-ashyolar bilan ishlovchi ishchilarning ish xususiyatlari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. - Turli xom-ashyoga ishlov berishda asboblardan unumli foydalana olish, tayyorlanadigan (yasaladigan) buyumlar chizmasini shartli tasvirini o’qiy olish, yasaladigan buyumlar andozasi, chizmasini tuza olish, texnika xavsizligi qoidalarini bilish, mehnat tozaligi va madaniyatiga amal qilish malakalariga ega bo’lishlari kerak. Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy (falsafa, etika, estetika, mantiq), umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogik mahorat) fanlari bilan o’zaro aloqada olib boriladi. Fanning ta`limdagi o`rni Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri. Mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqlie o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarnirig rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 11 Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi. Ta’lim texnologiyasida “Mehnat o’qitish metodikasi” fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonovaiy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb- hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. 12 Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarning boshlang’ich politehnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashdir. O’quvchilarni Mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga ahloqiy tayyorlash – bolalarga jamoada ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, hatti- harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir. Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Mehnatga psixologik tayyorlash – bolalarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarni yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singidirishdir. Bolalarni mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini anglashlari juda muhimdir. Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Mehnat o’qitish metodikasida darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ma'ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo`llash, interfaol usullarni, ta'limiy vositalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish muhim ta'limiy ahamiyatga ega. 13 Mehnat o’qitish metodikasi kursini loyixalashtirishda qo’yidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi. Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonnning mantiqiyligi uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’zini-o’zi faollashtirishi va o’zini- o’zi ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash 14 O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari va amaliy ishlar. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati , nafaqat auditoriya mashg’ulotlari balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test orqali yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Ayrim mavzular bo’yicha ttinglovchilar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. 15 № Ma`ruza mashg’ulotlari mavzulari Ajratilgan soat 1. Boshiang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari 2 2. Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni 2 3. Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish 2 4. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim tushunchalarini shakllantirish. 2 5. Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin texnologiyalarining o`rni 2 6. Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar 2 7. Mehnat ta’limi xonasini ishga tayyorlash 2 8. Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari 2 9. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish. 2 10. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 2 11. Origami san’atining kelib chiqish tarixi 2 12. Plastilin va gazlama bilan ishlash 2 13. Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish metodikasi 2 Jami 26 . Amaliy mashg’ulot mavzulari Ajratilgan soat 1. Boshiang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari 2 16 2. Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni 2 3. Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish. 2 4. Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin texnologiyalarining o`rni 2 5. Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar 2 6. Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari 2 7. Qog’oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 2 8. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 2 9. Plastilin bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 2 10. Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 2 11. Yumshoq o’yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi 2 12. Origami usulida o’yinchoq yasash. 2 13. O’simlik barglari va urug’laridan applikatsiya va somondan applikatsiya. 2 14. Zardo’zlik san’ati va uning tarixi 2 15. Mozaika (koshin, naqsh) haqida ma’lumot 2 16. Tuxum po’chog’idan buyumlar yasash. 2 17. Metal va simlar bilan ishlash. 2 Jami 34 1-mavzu: Boshiang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari Boshiang’ich sinfda mehnat o’qitish metodikasining fan sifatida o’z oldiga qo’ygan vazlfalari.O’qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari.O’quvchilarni mehnatga axloqly va ruhiy tayyorlash jarayonlari, vazifalari. 17 Download 1,44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling