Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
II. Sim bilan ishlash uchun uskunalar
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
II. Sim bilan ishlash uchun uskunalar: 25. O’tkir ombur 20 dona 26. Yumaloq jag’li ombur 20 dona 27. Yassi ombur 20 dona 28. K-129 iskanjali sandon 20 dona 29. Kichik o’lchamli tunuka qaychi 20 dona 30. Yog’och bolg’a 20 dona 31. Chertilka 20 dona 69 32. Tiski 60 dona 33. Har xil egovlar 60 dona 34. Otvyorkalar 20 dona 35. Korner 20 dona 36. Zubilo 20 dona 37. 200 grammli slevar bolg’asi 20 dona 38. Keriladigan kalit 2 dona 39. Proboynik 20 dona 40. Metall uchburchak 20 dona 41. Vaterpas 2 dona 42. Oyna keskich 2 dona III. Fanera bilan ishlash uchun uskunalar: 43. Lobzik 20 dona 44. Bigiz 20 dona 45. Iskanja 20 dona 46. Taglik taxtachalar 20 dona 47. Jilvir 5 m 2 48. Taxta uchun qo’larra 5 dona 49. Millimetrli metall chizg’ich 20 dona 50. Tozalagich cho’tkalar 5 dona 51. Mayda tishli egov 5 dona IV. Qog’oz va karton bilan ishlash uchun uskunalar: 52. O’quvchilar papkasi (RP-129): a) qaychi, qalam, chizg’ich, yelim cho’tkasi, bigiz solingan vkladish; b) quticha; v) rangli qog’ozlar majmuasi g) loy va plastilin. 53. To’r 20 kompl. 54. Taglik taxtachalar 20 dona 55. Kleyonka, latta 20 dona 70 56. Kachalochka 5 dona 57. Pichoq 20 dona 58. Chang cho’tkasi 20 dona V. Maktab tajriba maydonida ishlash: 59. Belkuraklar 20 dona 60. Xaskash 20 dona 61. Zambil 10 dona 62. Leyka 20 dona 63. Chelak 20 dona 64. Chopqi 20 dona 65. Panshaxa 20 dona 66. Yer o’lchagich 2 dona 67. Qoziqli chizimchalar 1 dona 68. Egov 10 dona 69. 40 grammli bolg’a 1 dona 70. Chalg’i 1 dona 71. Bog’ qaychi 5 dona 72. Purkagich 1 dona 73. G’alvir 1 dona 74. Har xil nina 40 dona 75. Angishvona 20 dona 76. Santimetrli lenta 1 dona 77. Tikuv mashinasi 1 dona 78. To’qish ilgaklari 20 dona 79. Chambarak 20 dona 80. Supurgi, latta 20 dona 81. Sirlangan tog’ora 5 dona 82. Xokandoz 1 dona 83. Stol 1 dona 84. Choy servizi 1 dona 85. Oshxona servizi 1 kompl. 86. Oshxona idish-tovog’i 1 kompl. 87. Kir yuvish tog’orasi 1 dona 88. Kir yuvish taxtasi 1 dona 8-mavzu: Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari REJA. 1. Applikatsiyaning turlari. 71 2. Geometrik shaklli applikatsiyalar. 3. Mehnat darslarida applikatsiyaning mohiyati. Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yin uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar, shu kabilarni yaratishdan keng qo’llash imkonini beradi. Applikatsiya tasvirlash texnikasini turli formalarini qirqish va ularning fon tarzida qabul qilingan m ateriallar hisobga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi halqlar orasida paydo bo’lgan. Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turar joylarini bezatishda ishlatganlar. Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan bo’lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda samon, quritilgan o’simliklar, urug’-danaklar, barglar va shu kabilardan ham foydalansa bo’ladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan- barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik qog’ozi navlari applikatsiya uchun yaroqlidir. Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida bajarilishi lozim bo’lgan izchillikda ado etiladi. Eng oddiy applikatsiyalar bu goyemetrik figuralardan qilingan applikatsiyalardir. Applikatsiyada avval eskizi tuziladi, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi. Geometrik shaklli applkatsiyalar. Bajarilish texnikasiga ko’ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli appilkatsiyailardir.1 va 3 sinf o’quvchilari geometrik shaklli applikatsiyani bajarishda qo’ydagi bilimlarni egallaydilar. 72 1. Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylanani qog’oz bo’lagidan va o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar. 2. Badiiy didni o’stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar tuzish bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. 3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni o’rganadilar. 4. Bolalarni “ko’p, kam, uzunasiga, kungdalangiga, qism va qatlam, ikki qismga qirqish, to’rt qismga, teng qismlarga” kabi tushunchalari mustahkamlanadi. 5. Bolalar ranglar o’yg’unlagini to’g’ri tanlashni o’rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi. Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Bolalarni predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Buni atrofimizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, darxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodala mumkin. Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarni har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo bo’lsin. Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bilan ishlash ko’rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetldari 73 shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin. Ko’p rangi applikatsiyalar. Ko’p rangi applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo’ib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan kompozisiyaga bog’liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarninig tabiiy joylashishi va o’lchamlarining uyg’unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarning bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo’yicha qirqiladi. Ko’p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi manzaralardan iborat bo’lishi mumkin. Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. Sharq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi darslarida applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o’rganiladi. Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tashlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. 74 Testlar 1) Falsofka nima? a) qog’oz o’rami b) qog’oz saqlanadigan joy c) qog’oz chiqargich mashina *d) qog’ozning nomer tartibida sahifalari e) to’g’ri javob yo’q 2) Qog’oz va kartonni bukish natijasida qanday buyumlar tayyorlanadi? a) paketlar b) korovkalar c) sumkalar *d) a,b e) barcha javob to’g’ri 3) Kartonni qo’l bilan buklagnda qanday asboblardan foydalaniladi? a) mashinalardan b) moslamalardan c) anjomlardan *d) yordamchi asboblardan e) barcha javoblar to’g’ri 4) Tekislagichning uzunliga necha sm bo’ladi? a) 10/12 va 2,8 sm b) 10/15 va 2,3 sm c) 10,14 va 2,5 sm *d) 10/13 va 2,4 sm e) to’g’ri javob yo’q 5) Pichoqning ishchi dami necha sm bo’ladi? a) 2-5 sm b) 5-7 sm c) 4-6 sm *d) 3-4 sm e) 3-5 sm 6) Bigovka bu…. a) qog’oz teshiklari b) kartonning bir turi c) qog’ozning ipi *d) qog’ozga tushirilgan joy 75 e) to’g’ri javob yo’q 7) Qog’ozga qo’lda ishlov berishda asosan qaysi asboblardan foydalaniladi? a) qaychi b) pichoq c) lineyka *d) a,b e) a,b,c 8) Qaychining dam uzunlik tomoni necha sm bo’lishi kerak? a) 45mm b) 25mm c) 35mm *d) 55mm e) to’g’ri javob yo’q 9) Qog’oz va karton bilan ishlashda qaychining necha turidan foydalaniladi? a) 5 xil b) 3xil c) 4xil *d) 2 xil e) 6 xil 10) Bigiz ishchi qismining uzunligi qancha? a) 50mm b) 30mm c)20mm *d) 40mm e) 45mm 11) Qog’oz va kartondan xalqa va doiralarni kesuvchi maxsus asbob- bu… a) bigovka b) falsov ka c) falslineyka *d) krugores e) falsbeyn 12) Buklangan qog’ozning chetlari, burchaklarini tiklashda kerakli asbob bu-… a) bigovka b) falsovka c) falslineyka 76 *d) falsbeyn e) krugores 13) Falsbeyn nimadan tayyorlanadi? a) suyakdan b) plastmassadan c) kartondan *d) a, b e) a,b,c 14) Falsbeynning uzunligi necha sm? a) 1sm b) 2sm c) 1,200 sm *d) 1,213 sm e) 2,213 sm 15) Gobeldan qachon foydalaniladi? a) kartondan muqovalar qilishda b) qog’oz dastalarini qirqishda c) kitob bloklarini qirqishda *d) a,b,c e) to’g’ri javob yo’q 9-mavzu: O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish. REJA. 1. Mutafakkirlar merosining ahamiyati. 2. Mutafakkirlarning mehnat to’g’risidagi fikrlari. 3. Halq ppedagogikasining manbalari. Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-qo’vatlashi mumkin. 77 Darhaqiqat Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, e’tibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar. Shunungdek donishmandlarimiz ugit qilganlarki, vaqtida ilm hunarga muhabbat qo’ying, o’rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilim hunar o’rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o’tkazmang. Hattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar. Masalan Shayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, Shayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga da’vat etganlar. Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” ya’ni “Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”. Insoniyat qadr-qiymatning mehnatda bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo’lsamlikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi. O’z mehnatidan non yegan kishi, Xotam minnatidan ozod yoz-qishi. Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq ppedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi. “Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihatqilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgan, toki uning 78 haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hyech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir: O’tay o’g’linga bilan desang agar, Sen o’g’ishdi o’rgatgin ilmu-hunar. Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar, O’z o’g’ishmingniqoldirmagin behunar. Hunarning nechog’lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak dostonlarda ham o’z aksini topgan. “Oltin balqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kayui dostonlar shular jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o’ynaydi Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan: Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sa’natini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o’rgatilmay yakka tartibda berilgan. 79 1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida. 2. Shogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish. 3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi. Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o’zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. O’z farzandiga kasb-hunar o’rgatgan ustazodalari (usta darajasiga ko’tarilgan farzand) bo’lib yetishganlar. Tanlangan usta hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga ta’luqli bo’lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. TESTLAR 1) Gazlamalarni pardozlash deb nimaga aytiladi? a) xom gazlamalarni taxlash b) gazlamalarni to’quv dastgohiga tayyorlash c) gazlamalarni tikish *d) gazlamalarni fizik- kimyoviy va mexanik yig’indisi e) barcha javoblar to’g’ri. 2) Qog’ozni murakkab usulda buklab maket yasashda o’qu vchilarning qaysi faoliyati rivojlantiriladi? a) tejamkorlik b) diqqatini c) milliy g’ururini *d) ijodkorlik va tasavvurini e) chamalashni 3) Xo’rozcha maketini yasash necha bosqichini o’z ichiga oladi? a) 3 ta b) 8ta c) 10 ta *d) 4 ta e)6 ta 4) Mehnat darslarida ishning sifati nimalarga bo’g’liq/ a) diqqatga b) tartibga c) gigienik qoidalarga rioya qilishga 80 *d) a,b,c,e e) kerakli jihozlarga 5) “Telefon” ko’rgazmali qurolini yasash necha bosqichni o’z ichiga oladi? a) 10 b)12 c) 11 *d) 13 e) 15 6)''Telefon ko'rgazmali qurolidan qaysi darslarda foydalansa bo'ladi? a) mehnat b) odobnoma c) tabiat *d) o’qish va ona tili e) matematika 7) Sanoq sistemasi ko’rgazmali qurolidan qaysi darslarda foydalaniladi? a) ona tili b) odobnoma c) o’qish *d) matematika e) tabiat 8) Rezavor urug’lar , qush patlari, somon, bular qanday material? a) tabiiy b) ko’rgazmali c) moddiy *d) mahalliy e) milliy 9) tabiiy materiallarni to’plashni qayerda amalga oshiriladi? a) yorug’ xonada b)qorong’u xonada c)nam havoda *d) yorug’ quyosh nurida e) oy nurida 10) Osimliklarni quritish necha kun davom etadi? a) 4kun b) 5 kun c) 6kun 81 *d) 3 kun e) 7 kun 11) Mehnat darslarida plastilin bilan ishlashning qanday ahamitati bor? a)oquvchilar qiziqishini oshirish b) ijodkorlik qobilyatini o’stiradi c) tejamkorlikni oshiradi *d) modellarni yasashni o’rgatadi e) plastilin bilan ishlash malakasini oshiradi 12) Plastilinning necha xil turi bor? a) 3 b)4 c)6 *d) 2 e) 5 Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling