Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana26.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#152566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


 
Testlar 
1)Ta’lim to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?    
 a)   1998-yil 26-avgust. 
b) 1997-yil 20-avgust 
*d)1997-yil 29-avgust 
c)1998-yil 29-avgust 
e) 1997-yil 18-noyabr 

30 
 
 
2) Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limini o’qitishning vazifasi nimadan 
iborat? 
a) mehnat ta’limini o’rgatish 
b) o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish 
*d) o’quvchilarni mehnatga ahloqini tarbiyalash va psixik tayyorlash 
c)o’quvchilarninh ahloqini tarbiyalash 
e) o’quvchilarning estetik didini shakllantirish 
 
3) Mehnatga axloqiy tayyorlashda bolalarning  qaysi qobilyati shakllanadi? 
a) tejamkorlik 
b) ongli rivojlanishda kasb tanlash 
s)ongli ravishda kasb tanlashga o'rgatish 
*d) jamoada ishlash, tashkilotchilik 
e)mehnatga har tomonlama to’g’ri yondoshish 
 
4) Mehnat ta’limining maqsadi nimadan iborat? 
a) mehnatga va mehnat ahliga mehr muhabbat ruhini singdirish 
b) o’quvchilarni hozirgi zamon sanoati bilan tanishtirish 
c) ongli ravishda kasb tanlashga o’rgatish 
*d) a va b javoblar to’g’ri 
e)to’g’ri javob yo’q 
 
5) Mehnatga psixalogik tayyarlash bolalarda qanday qobilyatni 
shakllantiradi? 
a) mehnatga ahloqiy tayyorlaydi 
b)mehnatsevarlik, jamoada ishlash 
c)jamoada ishlash 
*d) mehnatga ongli va ijobiy munosabatni tarkib toptiradi 
e) inson mehnatini qadrlashni  
 
6) Mehnatga o’rgatishda bolalarning qaytsi qobilyatiga qaraladi? 
a) salohiyatiga 
b) sezgilariga 
c)qiziquvchanliligiga 
*d)imkoniyatiga 
e) tafakkuriga 
 
7)Mehnat ta’limi dasturining bo’limlarida qanday bilimlar beriladi  

31 
 
a) mehnat vazifalari 
b) o’quv vazifalarimahorat vazifalari 
*d) politexnik vazifalari 
e) ko’nikma va malakalari 
8) Politexnika nima?  
a) o’quvchilarning qiziquvchanligi  
b)o’quvchilarning mehnat malakasini oshirish 
c)o’quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish 
*d)texnaloigiya va asboblar moslamalarning xususiyati haqida bilimlar beriladi 
e) o’quvchilar qobilyatini shakllantirish 
 
9)A.Navoiy mehnat haqida nima deb ta’kidlaydi? 
a) o’z-o’ziga mehnatqilish maqsqdida 
b)mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishni 
c)mehnat kasbni sevish haqda 
*d)dunyoga kelib kasb egallash haqida 
e)vatanparvar bo’lish haqida 
 
10)Shayxul Mashoyix Abu Sayyid Xarrozqanday kasb egasi bo’lgan 
a) naqqosh 
b) xattot 
c)pichoqchi 
*d)etikdo’z 
e) hunarmand 
 
 
2-MAVZU 
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni 
Ma’ruza (4 soat) 
1.2 Mashg’ulotni olib borish texnalogiyasi 
                                                                           
O’quv soati -2 soat 
Talabalar soni 42 ta 
O’quv mashg’ulot shakli 
Axborotli ma’ruza 
 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limini  o’qitish 
mazmuni. 
2.  Karton bilan ishlash. 
3.  Texnik mehnat. 
4.  Gazlama bilan ishlash. 
O’quv mashg’ulotining maqsadi 
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limini o’qitish 
mazmunini ko’rsatib berish  
Pedagogik vazifalar: 
O’quv faoliyati natijalari: 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat ta’limini 
o’qitish mazmuni. 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limini  o’qitish 
mazmuni.haqida  talabalarda  bilim  va  ko’nikmalar 

32 
 
 
shakllanadi. 
Karton bilan ishlash 
Karton  bilan  ishlash  haqida  bilim  oshiradilar.  (1-
ilova) 
Texnik mehnat 
Texnik mehnat haqida dastlabki tushunchalar berishni 
o’rganadilar, ularni turlarga ajratadilar. 
Gazlama bilan ishlash  
Gazlama  bilan  ishlash  haqida  talabalarda  bilim  va 
ko’nikmalar shakllanadi. (2-ilova) 
Mashg’ulotni yakunlash. 
Mehnat ta’limiga oid  misollar keltirib izohlaydilar. 
O‘qitish vositalari 
O‘UM ma’ruza matni, doska, bo‘r va latta 
O‘qitish usullari  
Axborotli ma’ruza, blis-so‘rov, “Klaster” o’yin 
texnologiyasi, B/BX/B jadvali, aqliy hujum 
O‘qitish shakllari 
Frontal, kollektiv usulda. 
O‘qitish sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan guruhlarda 
ishlash usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan auditoriya 
Monitoring va baholash 
Og‘zaki savollar, blits-so‘rov 
 
 
Mavzuni o’rganish bo‘yicha texnologik xarita 
Ish 
bosqichlari 
O‘qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi faoliyatining mazmuni 
1 – bosqich.  
Mavzuga 
kirish  
(20 min) 
1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusini, rejani va 
o‘quv faoliyati natijalarini aytadi 
   1.2. Baholash mezonlari (1-ilova) 
   1.3. Aqliy hujum usulida mavzu bo‘yicha 
ma’lum               bo‘lgan tushunchalarni 
faollashtirish 
    1.4. Mavzuni jonlantirish uchun savollar 
beradi (2-ilova) 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 
yozib boradilar.  
2- bosqich.  
Asosiy 
bo‘lim  
(50 min) 
 
 

 
2.1.  Mavzu  yuzasidan  mini  ma’ruza 
qiladi. 

 
2.2.Mashg’ulot  rejasining  ikkinchi 
savoliga tushunchalar aytiladi. 

 2.3.Rejaning 
uchinchi 
savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 
2.4.  Rejaning  to’rtinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 2.5.  Rejaning  beshinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  
2.6. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor 
takrorlanadi. 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 
yozib boradilar. Mavzu haqida o’z 
fikr-munosabatlarini bildiradilar. 
3-bosqich. 
Yakunlovchi  
(10 min) 
 
 
3.1.  Mashg’ulot  bo’yicha  yakunlovchi 
xulosalar qiladi. 
3.2. Mavzuni chuqurroq o’zlashtirish uchun 
adabiyotlar ro’yxatini beradi. 
3.3.Keyingi  mavzuga  tayyorlanib  kelish 
uchun savollar beradi. 
Tinglaydilar. Savollar 
beradilar.Tushunmagan narsalarini 
so’raydilar. Berilgan topshiriqni 
daftarlariga yozib oladilar. 
         Mehnat  ta’limining  mazmuni  va  uning  tashkil  etilishi.    Mehnat  ta’limi 
dasturida  o’quvchilar  mehnat  darslarida  egallashi  lozim  bo’lgan  ilmiy-texnik 

33 
 
bilimlarining,  mehnat  ko’nkmalarini  va  malkalarini  hajmi  hamda  mazmuni 
belgilab boriladi.  
        Dasturda  jamiyatimiz  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  yoshlarga  mehnat 
ta’limi  berish  ularni  tarbiyalash  sohasida  qo’yilgan  maqsad  va  vazifalar  o’z 
ifodasini  topadi.  Mehnat  ta’limi  dasturi  o’quv  rejasi  asosida  ishlab  chiqiladi. 
Mehnat ta’limi o’qituvchisi  o’zining  kundalik  faoliyatida  bu  dasturga  amal  qiladi 
va  uning bajarilishi  majburiy  hisoblanadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  o’qituvchi  o’quv 
dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o’zgarishlar kiritishi mumkin. Bu 
boradi  bir  qancha  talablar  hisobga  olinishi  lozim.  Dasturning  mazmuni  didaktik 
prinsiplarga  to’la  –  to’kis  javob  berishi,  ilmiy  va  mafkuraviy  jihatdan  puxta 
bo’lishi,  murakkabligi  ortib  borishi  hisobga  olingan  holda  va  mehnat  ta’limining 
tanlangan didaktik  tizimiga muvofiq ravishda muayyan izchillikda bayon qilinishi 
turmush tajribasi bilan bog’langan bo’lishi kerak. Unda mehnat o’rinlari politexnik 
xususiyatlariga  ega  bo’lishi,  ularning  tavsiya  qilinadigan  ro’yxati  esa  ijtimoiy 
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lishi lozim. 
Mehnat  malaka  va  ko’nikmalari  bilan  qurollantirish.    O’quvchilarni  
tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va 
ko’nikmalari katta rol o’ynaydi. Qo’yi sinf o’quvchilariga mehnat ta’limini berish 
vazifalaridan  biri  ularda  bir  qator  mehnat  malakalari  va  ko’nikmalarini  
shakllantirishdir. Mehnat malakalari  va ko’nikmalari  natijasi bo’lib qolmay balki, 
o’quvchilarni  mehnat  faoliyatiga,  ijtimoiy  foydali  ishlab  chiqarish  mehnatini 
bajarishga jalb qilish sharti hamdir. 
Ko’nikma  –  bu  kishining  bilim  va  tajriba  asosida    egallangan,  ma’lum 
harakatni  ongli  bajarishga  bo’lgan  qobiliyatdir.  Masalan:  kartonni  kesa  bilish 
ko’nikmasi,  qaychini  to’g’ri  ushlay  bilish,  harakatni  aniq  muvofiqlashtirish, 
yo’nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi tarzda 
tutish  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  o’rinda  ustalik  bilan  harakat  qilib,  ma’lum 
ishning  su’rati  va  aniqligiga  rioya  qilish  kerak.  Aks  holda  ish  qo’pol  chiqishi 
mumkin.  Berilayotganini  o’zlashtirish  –  bu  o’zgalar  tajribasini  natijalarini  o’z 
tajribasini natijalari bilan qiyoslashdir.  

34 
 
Mehnat  harakatlarining  mukammalashuvi  sintetik  bosqichda  maxsus 
mashqlar  ta’sirida  yuzaga  keladi.  O’rganuvchining  ongli  ayrim  harakatga 
birlashtirish jarayoniga yo’llangan bo’ladi. 
Malaka 

bu 
faoliyatning 
mashq 
qilishlar 
jarayonida 
yetilgan, 
mujassamlashgan  tajribadir.  Bu  tez  va  aniq  bajarish,  mashq  qilish  tufayli  tarkib 
topgan  ko’nikma  yoki  bu  ma’lum  miqdordagi  mashq  va  usullar  bajarilganda 
ko’nikmadan  sakrab  o’tish  degan  ma’noni  anglatadi.  Shunung  uchun  mazkur 
ko’nikma  agarda  malakani  yuzaga  keltirishni  nazarda  tutgan  mashq  va  usullar 
to’g’ri  tuzilgan  bo’lsa    u  to’g’ri  malakaga  aylanishi  mumkin.  Biroq  malakaning 
takomillashuv  darajasi  o’qitishning  turli  bosqichlarida  turlichadir.  Uning 
strukturasi  ham  o’zgaruvchandir.  Mashqlar  jarayonida  o’quvchilar  bajarilayotgan 
harakatlar  murakkablashib  borgan  sari,  asta-sekin  oddiy  malakalarning  murakkab 
malakalarga birlashuvi sodir bo’ladi. 
        Mehnat  malaka  va  ko’nikmalarini  shakllantirish  qo’ydagicha  asosiy 
bosqichlardan tarkib topadi: 
a) boshlang’ich tushuncha. 
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish. 
v) ish harakatlari. 
g) yakun chiqarish. 
      1.  Ko’rsatilayotgan  harakat  maqsadga  muvofiq,  barcha  munosabatlarda  ham 
namunali bo’lishi. 
      2.    Ko’rsatish  namunaning  ongli  idrok  etilishiga  yordam  berish  kerak. 
O’qituvchi  o’quvchining  e’tiborini  harakatning  eng  asosiy  ahamiyatli  tomoniga 
yo’llashi, boshqa harakatni  emas, aynan shu harakatning maqsadga muvofiqligini 
asoslash,  ularning  loyihalash  ongli  egallanishiga  erishish  lozim.  Shunung  uchun 
ko’rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi. 
       3. Ko’rsatish harakat namunasining o’quvchilar tomonidan faol idrok etilishini 
ta’minlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko’rsatilayotgan narsani idrok 
etishda ish hajmi miqdorining ko’payishida ifodalanadi. 

35 
 
        4.  Ko’rsatilayotgan  harakat  barcha  detallari  bilan  har  bir  o’quvchiga  yaxshi 
ko’rinishi kerak. 
         Mehnat  malakalari  va  ko’nikmalarini  shakllantirish  jarayonidagi  mashqlar. 
Mehnat  malakalari  va  ko’nikmalarini  shakllantirishga  mo’ljallangan  mashqlar 
faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida o’tkazilgandagina 
ijobiy natija beradi. 
       Mashqlar tizimi qo’ydagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi: 
1.  Mashqlarning  materiali qiyinlikning oshib  borishini  nazarda tutgan  holda 
joylashtirish lozim. 
2.  Keyingi materialning hammasi to’liq tarzda oldingi materialga asoslanishi 
lozim. 
3.  Mustaqillik darajasi ortib borilishi kerak. 
       Mehnat  malakasining  muvoffaqiyatli  bo’lishi  bir  qator  shartlarga  bog’lik. 
O’quvchi o’z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning  malakasi hyech qaon 
to’liq bo’lmaydi. Nazoratning yo’qligi ko’pincha  xato va  nuqsonlarning  mashqlar 
jarayonida ortib yuorishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida yetilmagan harakat va 
usllarning shakllanishiga sabab bo’ladi. 
          1 – sinf dasturining mazmuni.  Boshlang’ich sinf o’qituvchisi mehnat ta’limi 
buyicha  ishlarni  amalga  oshirayotganda  o’quvchilar  u  yoki  bu  ishni  bajarish 
natijasida  qanday  ko’nikma,  bilim  va  malkalarni  egallashlarini  aniq  bilish  kerak. 
Ana  shunday  holda  o’qituvchi  sinf  uchun  shu  vaqtda  zarur  bo’lgan    materiallarni 
tanlash  imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Bu  o’rinda  muhimi  o’quvchilar  mazkur 
materiallarni  tayyorlash  jarayonida  dastur  nazarda  tutgan  bilim  va  malkalarni 
egallab olishlaridan iborat.   
         Birinchi sinfdagi ish turlari qo’ydagilardan iborat. 
1.  Qog’oz va karton bilan ishlash. 
2.  Gazlama bilan ishlash. 
3.  Turli materiallar bilan ishlash. 
4.  Texnik modellashtirish. 
5.  Qishloq ho’jaligi mehnati. 

36 
 
          2 – sinf dasturining mazmuni.  Boshlang’ich sinf  mehnat ta’limi darslaridagi 
ta’lim-tarbiyaviy  vazifalar  umumta’lim  maktablaridagi  mehnat  ta’limining 
umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg’ulot turalir jarayonida amalga 
oshiriladi. 
      1. Qog’oz va karton bilan ishlan. 
      2. Gazlama bilan ishlash. 
      3. Turli materiallar bilan ishlash. 
      4. Texnik moddelashtirish. 
 5. Qishloq ho’jaligi mehnati. 
        Har  bir  o’quv  yilida  va  barcha  sinflarda  ish  turlari  shu  tartibda  olib  boriladi. 
Birinchidan  o’quvchilar  ma’lum  nazariy  bilimlarga  ega  bo’ladilar,  ularning 
fanlararo  texnologik  xususiyatlarini,  ularning  hayotda  qo’llanilishi  bilan 
tanishadilar. Ikinchidan materiallarga ishlov berishda eng oddiy usullardan boshlab 
murakkab usullargacha amaliy o’rganadilar. 
Testlar 
1)Avestoda mehnat qanday izohlangan? 
a)mehnat moddiy boylik manbayi 
b) mehnat ahloqiy jihat yaxshilik manbayi 
c)mehnat pul  
*d) A, B 
e) B,C 
 
 
2) Xalq pedagogikasi hunar nimaga qiyoslangan? 
a)ta’lim tarbiyaga 
b)mehnatga 
c)naqqosh ishiga 
*d) toshga o’yilgan naqshga 
e) axloqiy tarbiyaga 
3) Hunari yo’q kishi…   maqolni davom ettiring. 
a) tuzi yo’qdir oshining 
b) boshi yo’qdir ishining  
c) yozi yo’qdir qishining 
*d) mazasi yo’q ishining 

37 
 
e) foydasi yo’q ishining 
 
4) Xalq pedagogikasida mehnat ta’limini qaysi janrlarda ulug’laydi 
a) maqol 
b) ertak 
c) rivoyat  
*d) A,B, C 
e) A, C 
5) Oilada mehnat tarbiyasini berishda ota- onalarning roli qanday? 
a)mehnatga muhabbat ruhini singdirishadi 
b) turli mehnat assboblarini tishintirish 
c) mehnat tarbiyasi  
*d) mehnat kasb hunar madaniyati haqida tushinchalarni shakllantirish 
e)mehnatga mehr muhabbat 
 
6) O'qitish metodikasi nima? 
a)xilma-xil usullardan foydalanib dars o’tish 
b)o’quvchilar diqqatini  jalb qilish 
c)bilim berish 
d)o’qituvchi va o’quvchilarning ish usuli bo’lib bilim malaka va ko’nikmalarni 
yetkazib berish 
e)o’quvchilarning bilim darajasini nazorat qilish 
 
7) Qo’l mehnatiga o’rgatishda qo’llaniladigan asosiy metodlar qaysilar? 
a) 10ta 
b)13ta 
c)4ta 
*d)12ta 
e)3ta 
7) Hikoya qilish metodi qanday metod? 
a) jonli metod  
b) nazorat metodi 
c) ko’rgazmali metod 
*d)jonli va obrazni bayon qilish metodi 
e) suhbat metodi 
 
9)Instruktaj nima? 
a) o’quvchilar bilimini tekshirish 
b)o’quvchilarni rag’batlantirish 

38 
 
c)o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish 
*d) o’quvchilarning mehnatga ongli ijodiy yondashishini tarbiyalash 
e) bilim ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
 
3-MAVZU 
MEHNAT DARSLARIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH 
 
Ma’ruza (2 soat) 
1.3 Mashg’ulotni olib borish texnalogiyasi 
                                                                           
O’quv soati -2 soat 
Talabalar soni 42 ta 
O’quv mashg’ulot shakli 
Axborotli ma’ruza 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
O’quvchilarni  mehnat malaka  va ko’nikmalari 
bilan qurollantirish. 
2. 
Mehnat xonalarini tashkil etish. 
3. 
Mehnat ta’limi jarayonini tashkil etish. 
O’quv mashg’ulotining maqsadi 
Boshlang’ich 
sinflarda 
mehnat 
darsini 
olib 
borilishining maqsadi va vazifalarini ko’rsatib berish 
Pedagogik vazifalar: 
O’quv faoliyati natijalari: 
O’quvchilarni  mehnat  malaka  va 
ko’nikmalari bilan qurollantirish. 
 
O’quvchilarni  mehnat  malaka  va  ko’nikmalari  bilan 
qurollantirish  haqida talabalarda bilim va ko’nikmalar 
shakllanadi. 
Mehnat xonalarini tashkil etish 
Mehnat  xonalarini  tashkil  etish  haqida  bilim 
oshiradilar. (1-ilova) 
Mehnat ta’limi jarayonini tashkil etish. 
 
Mehnat ta’limi  jarayonini tashkil  etishni o’rganadilar, 
ularni turlarga ajratadilar. 
O’quvchilarning ishlarini tekshirish va 
baholash  
O’quvchilarning ishlarini tekshirish va baholash 
haqida talabalarda bilim va ko’nikmalar shakllanadi  
Mashg’ulotni yakunlash. 
Mehnat ta’limiga oid  misollar keltirib izohlaydilar. 
O‘qitish vositalari 
O‘UM ma’ruza matni, doska, bo‘r va latta 
O‘qitish usullari  
Axborotli ma’ruza, blis-so‘rov, “Klaster” o’yin 
texnologiyasi, B/BX/B jadvali, aqliy hujum 
O‘qitish shakllari 
Frontal, kollektiv usulda. 
O‘qitish sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan guruhlarda ishlash 
usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan auditoriya 
Monitoring va baholash 
Og‘zaki savollar, blits-so‘rov 
 
Mavzuni o’rganish bo‘yicha texnologik xarita 
 
Ish 
bosqichlari 
O‘qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi faoliyatining mazmuni 
1 – bosqich.  
Mavzuga 
kirish  
(20 min) 
1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusini, rejani va 
o‘quv faoliyati natijalarini aytadi 
   1.2. Baholash mezonlari (1-ilova) 
   1.3. Aqliy hujum usulida mavzu bo‘yicha 
ma’lum               bo‘lgan tushunchalarni 
faollashtirish 
    1.4. Mavzuni jonlantirish uchun savollar 
beradi (2-ilova) 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 
yozib boradilar.  
2- bosqich.  
Asosiy 

 
2.1.  Mavzu  yuzasidan  mini  ma’ruza 
qiladi. 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 

39 
 
bo‘lim  
(50 min) 
 
 

 
2.2.Mashg’ulot  rejasining  ikkinchi 
savoliga tushunchalar aytiladi. 

 2.3.Rejaning 
uchinchi 
savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 
2.4.  Rejaning  to’rtinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 2.5.  Rejaning  beshinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  
2.6. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor 
takrorlanadi. 
yozib boradilar. Mavzu haqida o’z 
fikr-munosabatlarini bildiradilar. 
3-bosqich. 
Yakunlovchi  
(10 min) 
 
 
3.1.  Mashg’ulot  bo’yicha  yakunlovchi 
xulosalar qiladi. 
3.2. Mavzuni chuqurroq o’zlashtirish uchun 
adabiyotlar ro’yxatini beradi. 
3.3.Keyingi  mavzuga  tayyorlanib  kelish 
uchun savollar beradi. 
Tinglaydilar. Savollar 
beradilar.Tushunmagan narsalarini 
so’raydilar. Berilgan topshiriqni 
daftarlariga yozib oladilar. 
 
 
         Mehnat  fanidan  o’quv  jarayonini  tashkil  qilish  o’quvchilarni  muayyan 
mehnat  malakasi  va  ko’nikmalari  bilan  qurollantirishgagina  xizmat  qilib  qolmay, 
balki  ularning  aqliy  va  ijodiy  qobiliyatlarini  o’stirish  va  ularda  mehnatga 
munosabatini  tarbiyalashda  ham  juda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  mehnat 
darslari  g’oyat  zarurdir.  O’qituvchining  o’z  fanini  yaxshi  bilishi  o’quvchilarning 
muvaffaqiyat bilan o’qitishning eng muhim shartlaridan biridir. 
          O’z  fanini  yaxshi  bilgan  o’qituvchi  biror  buyum  narsani    tayyorlash  usulini 
mahorat  bilan  tushuntirish  va  ko’rsatib  bera  oladi,  bu  esa    mehnat  amallarini 
o’quvchi to’g’ri idrok etishni ta’minlaydi.  O’qituvchi shu  munosabat bilan darsga 
puxta tayyorgarlik ko’rishi, bolalarga ko’zrsatadigan buyum narsani o’qituvchining 
o’zi oldindin tayyorlab ko’rishi lozim, chunki buyum narsani tayyorlash davomida 
qiyin  ish  usullarini  qo’llashga  to’g’ri  kelib  qolishi  mumkin.  Agar  o’qituvchining 
o’zi  narsalarni  oldindan  tayyorlasa  o’quvchilarga  uni  tayyorlatishning  xiyla 
mukammalashgan metod va usullarini ko’zda tutgan bo’ladi. 
       Har  bir  dars  o’quvchilarning  bilim  va  malaka  doiralarini  kengaytirishi  hamda 
mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil qilishga yordam 
berishi lozim. 

40 
 
         Dars  vazifasini  faqat  bilim  berish  va  ko’nikma  hosil  qilishdan    iborat  qilib  
qo’ymasligi    balki    tarbiya  berish  va  kamol    toptirish  vazifalari  bilan  organik 
bog’lab  olib borish ham zarur. 
          Shunung  uchun  ham  o’qituvchi  o’zi  o’qitayotgan  bilimini  bilishi  lozim.  Bu 
esa  biror  temaga  tayyorlana  turib,  o’qituvchi  mazkur  dars  materiali  asosida 
o’quvchilarning  ahloqiylikning  qanday  g’oyalarini  anglashga  olib  kelajagini 
diqqat,  fikrlash,  xotira,  tasavvur,  irodani  rivojlantirish  va  boshqa  shu  kabilar 
sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i 
lozim. 
          Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan qupol, 
og’ir  asboblar  bilan  ishlasalar,  bu  ularning  ish  natijalariga  juda  yomon  ta’sir 
ko’rsatadi. Mehnat madaniyati  malkalari ko’p  marotaba takrorlanadigan  mashqlar 
natijasida  hosil  bo’ladi,  bunda  mashqlar  davomida  har  bir  mashq  jarayonida 
o’rnatiladigan  tartib  va  ish  harakati  izchilligini  sistematik  su’ratda  tushuntirish 
berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi. 
         Mehnat  va  politexnik  jihatdan  tayyorlashning  yangi  dasturi  “taqlid  qilish” 
metodikasini  mehnat  darsidagi  ish  sistemasi  sifatida  rad  etadi,  tajriba  shuni 
ko’rsatadiki,  bolar    butun  buyumni  tuzulishini  yaxshi  tasavvur  etsalargina  ish 
opreasiyasi  va  asboblar  bilan  ishlash  usullarini  tezroq  va  puxtaroq  o’qib  oladilar, 
o’qituvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga intiladi. Shu 
sababli o’quvchi boshdan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni ko’rishi va eslab qolishi 
lozim.  Bordi-yu  o’qituvchi  qo’llamasligi  lozim  bo’lgan  noto’g’ri  ish  usulini  har 
doim  ta’kidlab  ko’rsataversa  o’quvchi  shuni  eslab  qolishi  mumkin,  u  o’quvchilar 
ongiga singshib olib, keyin uni tuzitish ancha qiyin bo’ladi. 
         Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini ko’zatish natijasida 
o’quvchilarni  topshiriqlarni  olib,  buyum  narsani  xuddi  namunadagidek  yasash 
uchun  namunani  uning  qurilishi  nuqtai  nazardan  sinchklab  qarab  chiqib,  buyumni 
yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. 
           Birinchi  sinf  mehnat  darslarida,  odatda  tayyorlanishi  kerak  bo’lgan  buyum 
narsaning  namunasi  ko’rsatiladi.  Bunda  birinchi  sinf  o’quvchilari  uchun  real, 

41 
 
buyum  narsa,  buyumning  namunasi  zarurligi  nazarda  tutiladi,  bolalar  unga    qarab 
mazkur buyum narsa  qanday  qilinganligini,  qanday  qilib xuddi  mana  shunday 
tayyorlash mumiknligini o’ylab oladilar.  
           E.A.Farapanova  qayd  qilib  o’tganidek  birinchi  sinfda  mehnat  mahsuloti 
muayyan buyum narsalar tayyorlangandan keyin u qanday bo’lishi, tayyor buyum 
holidagina  emas,  balki  qismlarga  bo’lingan  holda  qanday  qismlardan  iboratligini, 
qanday birikkanligini ham tasavvur eta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir. 
O’qituvchi  yangi  temaga  metodik  jihatdan  qanchalik  to’g’ri  yondashmasin,  uni 
suhbat  va  ko’rsatmada  qanchalik  tushunarli  qilib  izohlanmasin,  baribir  bolalar 
dastlabki  vaqtlarda  mehnat  usullarini  har  doim  ham  to’g’ri  qo’llavermaydilar. 
O’quvchi  ko’p  savollarni  mustaqil  hal  qilishi  kerak.  O’quvchilarning  hayotga 
mustaqilligi  aktiv  fikrlash  faoliyatini,  tashabbusni  paydo  bo’lishi,  uchragan 
qiyinchiliklarni yengishi, aval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona 
va  ijodiy  qo’llay  bilishni  o’rganish  lozim.  Mustaqil  mashg’ulot    soatida  asosiy 
aktiv  shaxs  bolalar.  Lekin  bunga  qaramay  darsning  bu  bosqichida  ham 
o’qituvchining vazifasi benihoyat katta va ma’suliyatlidir. Bunday mashg’ulotlarda 
maqsadni aytib, ish usullarini ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashni 
kerak  deb  o’ylash  katta  xato  bo’ladi.  O’qituvchi  mukin  qadar  kamroq  so’zlash, 
sekin  ohista  ovoz  bilan  gapirishni  odat  qilishi,  o’quvchilarga  sezdirmay  ularning 
xarakterini kuzatish, ularni yaqinlashish va uzoqlashishini, urniga qo’yib gapirishni 
yoki  jim  turishni  o’rganish  lozim.    Qoloq  o’quvchini  yaxshi  o’zlashtiralidgan 
o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan tikishda o’g’il bolalar odatda orqada 
qoladilar  ularga  qizlar  yordamini  biriktirib  qo’yiladi,  aksincha  texnikaviy 
moddelashda  o’quv  tajriba  hovlisidagi  ishlarda  bolar  qizlarga  yordamlashishlari 
kerak. 
          Shu  tarzda  o’quvchilarda  o’rtoqlarcha  o’zaro  yordam  hissi  tarbiyalanadi.  
O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish 
lozim.  Bolalar  mustaqil  ishlayotganda  o’qituvchining  mehnati  osonemas,  balki 
yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir. 

42 
 
        O’quvchilar  mustaqil  ishlayotganda  o’qituvchi  passivdek  ko’rinadi,  lekin 
aslida  o’qituvchi  oldida  u  rahbarlik  qilish  lozim  bo’lgan  xilma-xil  xususiyatli 
o’ttiz-qirq  bola  bor.  Ba’zilarini  butun  dars  davomida  bezovta  qilmaslik  lozim, 
boshqalarga  ko’rsatma  berish  kifoya,  qolganlari  yordamga  muhtojdir.  Mustaqil 
mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini davom 
ettirishga  ruxsat  etilsa  quvonadigan  hollar  ham  bo’ladi.  O’zlariga  yoqqan  ishga 
sho’ng’ib  ketib  va  tez  ishlaydigan  o’rtoqlarini  ko’rib  bolalar  bor-bora  o’zlarining 
ish  su’ratini  tezlashtirishni  odat  qilib  oladilar.  Ishni  o’z  vaqtida  tekshirmaslik 
o’quvchining  ishga  qiziqishini  kamaytiradi.  Ishni  tekshirish  va  baxolashga 
bolalarning  o’zlari  jalb  qilish  kerak  bu  bilan  ular  mehnatga  ongli  munosabat, 
aktivlik  va  tashabbus  rivojlanadi.    Mehnat  natijalarini    birgalikda  tekshirish  va 
baholash  bolalarning  xotiralarida  ma’lum  bir  buyumni  tayyorlashning  barcha 
bosqichlari,  ayrim  usullari  tiklanadi.  Uyga  topshiriq  berish  darsning  muhim 
bosqichidir.  Mehnatdan  uyga  bajarib  kelish  uchun  beriladigan  vazifani  avvalo 
darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o’quvchilarga berish zarur.   
Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling