Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana26.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#152566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


DARS OLTI BOSQICHGA BO’LINADI: 
1. 
Kirish qismi – mavzu nechanchi yil o’qitilayotganligi o’quvchilarning  
o’sish  darajasiga  qarab,  vaqt  jahitdan  xiyla  uzun  yoki  qisqa  bo’lishi  mumkin. 
Kirish  qismi  o’quvchilarni  emosional  qiziqtirishi  o’quvchi  ishlashi  lozim 
bo’lgan  biror  mehnat  obyektini  namoyish  qilishda  go’zallik  hissini  o’yg’otish 
lozim. 
2.  O’qituvchining 
ko’rsatmasi 
– 
ko’rsatmalikning 
xilma-xil 
vositalarini(karton,maket,  ish  prosessining  bajarilishi  keng  tasvirlangan  shit 
kabilarni) qo’llab o’qituvchi darsini bu bosqichida o’quv ishning maqsadiga eng 
muvofiq izchilligi bilan tanishtiradi. 
3.  O’quvchilarni  topshiriqni  mustaqil  bajarishi  –  darsning  asosiy  qismi  bo’lib, 
unga  darsning  2/3  hatto  3/4  ulushi  ajratiladi.  Bu  bosqichda  o’qituvchi 
o’quvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish 
harakatlaridagi 
ish  holatlari,  asboblardan 
foydalanishdagi  xatolar 
va 
kamchiliklarni  kuzatadi.  Bordi-yu    ish  o’quvchilarga  qiyinlik  qilsa,  o’qituvchi 

43 
 
o’quvchilarga  o’zi  bajariyotgan  operasiyalarga  e’tibor  berib  turishini  va  uning 
harakatiga o’xshatib asta-sekin harakat qilishini aytadi. 
a)  O’qituvchining ko’rsatmalariga qanday amal qilmoqda. 
b)    O’quvchilarning  mehnat  madaniyati  va  sanitariya-gigiyena 
ko’nikmalari qanday. 
v)  Material qanday saqlanmoqda, o’quvchilar asboblarni qanday to’g’ri 
ishlatmoqdalar. 
g)  O’quvchilar o’z  usullarini  qay darajada o’qib oladilar. 
     4.    Tekshirish  va  qat’iy baho qo’yish  asosida  ishni  hisobga    
            olish. 
            O’qituvchi    har   bir  bolaning   ishini   qisqa   tavsiflab    
              jurnalga   baho   qo’yadi.   ( o’quvchilarga   yorliq      
              etiketkasi      qilib    tayyorlangan    buyumni  
              yopishtiradilar,   yorliqqa ishning  tugallangan  vaqti,     
              necha soat vaqt sarflaganligi, bajaruvchining       
              familiyasi    va    ismi,     sinfi     aniq   ko’rsatiladi. 
5.   Uy   vazifasini  tushuntirish - darsning  bu   bosqichida  
darsda    bajarilgan  topshiriqning  yakuni  bilan  bog’liq,  o’qituvchi  har  bir 
o’quvchining faoliyatiga baho qo’yib, ishdagi kamchilik tomonlarini ko’rsatadi va 
uyga  berilgan  topshiriqni  tushntirish  davomida  xatolarni  tuzatish  uchun 
qo’shimcha ko’rsatmalar beradi. 
Kattalarning  sonoatdagi  mehnati  bilan  mehnatning  tabiatning  o’zgartirish 
borasidagi  ta’sirini  ochib  berish  uchun  tabiat  bilan  tanishish  dars-  ekskursiyalar 
tashkil qilinadi. 
Laboratoriyada olib boriladigan ishlar. 
         Bunda  o’quvchilar  materiallarning  xossalari  (  plastilinni,  loyni)  ish  uchun 
o’zlari  tayyorlaydilar,  material  (qog’oz,karton,  mato)  larning  texnologiyasi  bilan 
tanishadilar. 

44 
 
1.  Agrar:  Buyumlarni  o’quv  nazoratchilarining  hohishi  bilan  ko’rgazmaga 
tayyorlash,    bunday  darsning  maqsadi  o’quvchilarni  bilim,  malaka  va 
ko’nikmalari darajasini tekshirishdir. 
2.  Qishloq  xo’jaligi  mehnati  agrari:  bu  dars  o’z  mazmuni  jahatdan 
yuqoridan  bayon  etilgan  dars  bilan  deyarli  bir  xil,  shu  sababli  darslarni 
rejalashtirishda  yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  tuzilishga  amal  qilish  zarur. 
O’quvchilarning  mehnatga  aqliy  aktivligiga  mehnat  topshirig’ining 
xarakteri  kuchli  ta’sir  etadi.  Masalan:  “Tabiiy  materiallardan  qurish-
yasash” temasidagi darsni olib ko’raylik. 
3.  Darsning  maqsadi:  Tabiiy  materiallardan  buyum  yasash  usullarini 
o’rgatish material tanlash,ulash, detallarni bir butun model qilib yasash. 
4.  Darsning jihozi: qaychi, santimetr, paxol, yumshoq sim. 
5.  Darsning   borishi:   o’qituvchi    paxoldan    yasalgan o’yinchoq uychani  
ko’rsatib    paxoldan      o’yinchoq      uycha      yasash      uchun      ma’lum   
o’lchamda     
               paxolcha olish kerakligini tushuntiradi. 
1.  Bu o’yinchoq nimadan qilingan?  O’qituvchi o’yinchoqni ko’rsatadi. 
2.  Bu  o’yinchoqni  tayyorlash  uchun  qanday  geometrik  shakl  zarur?    Bunda 
o’qituvchi devorning  uzunligi 6sm, eni esa undan 2 sm kam, balandligi esa 
enidan 5sm uzun. Tomi esa uy yonlariga 1 sm dan chiqib turadigan bo’lishi 
kerak deb uqtiradi. 
           O’zbekiston  maktablarida  o’quvchilarning  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki, 
bolalarning  mehnat  operasiyalari  shartli  grafik  usuli  bilan  mustaqil 
rejalashtirishga olib kelishdan avval, bolalarda  mehnat bosqichlari  uchun zarur 
bo’lgan dastlabki malaka va ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Laboratoriya yo’li 
bilan  materialni  xossalari  va  asboblardan  unumli  foydalanish  bilan 
tanishtirishga,  bunda  bolalarning  aqliy  faoliyatini  faollashtirishga  e’tibor 
bermoq  lozim,  o’quvchilarning  qurish  yasash  qobiliyatlarini  rivojlantirish, 
buyumning qismlarini bir butun qilishga o’rgatish kerayek. 
            Birinchi  sinfda  chizmani  o’qituvchi  rahbarligida  buyum  namunasini 
ko’zdan  kechirib  qiladi.  Bunda  o’quvchilarni  shartli  chiziq  namunalari  bilan 
asta-sekin har bir darsda alohida tanishtiriladi. 

45 
 
           Boshlang’ich  sinflarda  chizmachilik  elementlari  maxsus  o’quv  fani 
sifatida  ham,  mehnatga  o’rgatish  dasturi  bo’limida  mustaqil  bo’lim  tariqasida 
ham  kiritilmagan.  Doskadagi  chizmani  chiz,  uni  namunaga  solishtir  va 
materialni  o’zi  mo’ljallagan  buyumni  tayyorlash  uchun  darsda  qilinadigan 
ishlarni oldindan rejalashtirishning tashqi ifodasidir. 
           O’quvchilarning  mehnati  va  mustaqilligini  faol  fikrlash  faoliyati 
tashabbusning  paydo  bo’lishi,  uchragan  qiyinchiliklarni  yengishi  avval  hosil 
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishidir. 
 
 Testlar 
1)Mashqlar qanday tartibda olib boriladi? 
a) yakka 
b)ommaviy 
c)guruh 
*d)guruh va yakka 
e) jamoaviy 
 
2)Grafik ishlar nimalardan iborat? 
a) mashqlardan 
b) modellardan 
c) ko’rgazma qurollardan 
*d) chizmzlzrni chizishdan 
e) amaliy ishlardan 
 
3) 4-sinflarda qanday amaliy ishlar  o’tkaziladi? 
a) maktb maydonchasidagi ishlar 
b) turli tozalash ishlari 
c) xona ishlari 
*d) sinf xonasini yig’ishtirish, xona o’simliklarini parvarish qilish 
e) dala ishlariga yordam berish 
4) Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilar qanday mashg’ulotlardan  
foydalanadi? 
a) mashq 
b) suhbat 
c)test 
*d) ekskursiya va to’garaklar 
e) nazorat 
5)Amaliy ishlarda ishlar qanday amalga oshiriladi? 
a) ekskursiyaga chiqish orqali 

46 
 
b) mashlarni bajarish orqali 
c) suhbat o’tkazish orqali 
*d) nazariy bilimlarni amalda qo’llash 
e) metodik qo’llanmalarni o’rganishorqali 
6) Qog’oz va kartondan narsalar yasash bolada nimani shakllantiradi? 
a) tartiblilikni 
b) mustaqillikni 
c) mehnatkashlikni 
*d)estetiklikni 
e) ko’nikmani 
7)Qog’oz va kartonda ishlashning asosiy xususiyati nimada? 
a) buyumlarning umumiy yig;ma chizmasi 
b)buyumlarning maketi 
c) buyumlarning namunasi, texnik rasmi va chizmalari 
*d) A’S 
e) C,B 
 
8) O’quvchilar biron bir narsaning maketini yasashda nimalarga e’tibor 
beradi? 
a) rejasiga  
b) rasmiga  
c) modeliga 
*d)o’lchami va shakliga 
e) modeli va rasmiga 
 
9)biron bir narsaning maketini yasash necha bosqichni o’z ichiga oladi? 
a) 3 bosqich 
b) 5bosqich 
c) 8 bosqich 
*d) 4 bosqich 
e) 6 bosqich 
10) Qog’oz va kartonga ishlov berishda necha xil usuldan foydalaniladi? 
a)xavfsizlik 
b) oddiy 
c) murakkab 
*d) odiy va murakkab 
e) texnik 
11) Qog’oz  va karton  bilan ishlashda nimaga e’tibor berish kerak? 
a) rejalashtirishga 

47 
 
b) chizg’ich bilan ishlashga 
c) ko’rgazma qurollarga 
*d) tejamkorlikka 
e) badiiylikka 
 
12) O’quvchilar tarbiyasida qog’ozning ahamiyati 
a) tejamkorlikka o’rgatadi 
b) texnik vositalardan  foydalanishni o’rgatadi 
c) badiiylikka o’rgatadi 
*d) o’quvchilarni ijodkorlikka o’rgatadi 
e) mustaqil fikrlashni o’rgatadi 
 
13) Amaliy mashg’ulotlarda o’qituvchi nimalarga e’ti bor berishi lozim? 
a) fiziologik qoidalarga  
b) biologik qoidalarga 
c) ekalogik qoidalarga 
*d) texnik va gigienik qoidalarga 
e) fizik qoidalarga 
38)Mehnat darslarida oq kartondan foydalanishda qanday hollarga e'tibor 
beriladi?  
a) uning pishiqligiga 
b) yelimni ko’p shimishi 
c) undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanilishi 
*d) A,B C 
e) C,B 
14) Ishlov berish oson va chiroyli karton turi qaysi? 
a) oq karton 
b) kulrang karton 
c) sariq karton 
*d) rangli karton 
e) qog’oz karton 
15) Egiluvchan , yaxshi qirqiladigan va yelimni shimimaydigan karton turi 
a) oq 
b) sariq 
c) kulrang  
*d) A,B,C,E 
e) rangli 
 

48 
 
4-mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim tushunchalarini 
shakllantirish. 
 
REJA. 
1.  Mehnat ta’limdagi iqtisodiy tarbiya. 
2.  Iqtisodiy bilim va malakalar. 
3.  Mehnat darslarida tadbirkorlik omilliari. 
 
         Ma’lumqi  Respubliqamiz  mustaqiliqqa  erishib,  o’z  yo’lini  belgilab  oldi  va 
bozor  iqtisodi  yo’nalishini  tanladi.  Bozor  iqtisodi  ongli  qishiliq  taraqqiyotining 
hamma  bosqichlarida  bo’lgan  va  bundan  qyeyin  ham  davom  etaveradi.  U 
insonlarga hamisha yo’ldoshdir. 
        O’quvchilar  ongiga  jamiyatimizning  demoqratiq  asosida  iqtisodiy 
islohatlarni  yanada  rivojlantirish,  ma’naviy-ahloqiy,  mehnat  tarbiyasi 
tushunchalarini  shaqllantirish,  mehnat  darslarida  iqtisodiy  tushuncha  berish 
ishlari muhim ahamiyat qasb etadi. 
        Mehnat  fanlar  asosini  chuqur  va  amaliy  o’zlashtirishda,  bolalarni 
mehnatga bo’lgan munosabatini ijodiy ish faoliyatida mustaqil shaqllantirishda, 
fiqr  yuritishga  o’rgatuvchi  ilmiy  vositalardan  biridir.  Qo’p  asrliq  tajriba  shuni 
qo’rsatadiqi, insonlarning mehnati tufayli cheqsiz boyliqlar va imqoniyatlarning 
yechiladi.  Mehnat  fani  iqtisodiy  rivojlanishning  asosiy  omili  hisoblanib, 
o’quvchilarning chuqur iqtisodiy bilimini mustahqamlaydi. 
      Hali-hanuz  iqtisodiy  mehnat  tarbiyasida  ilg’or  umumbashariy  va  milliy 
g’urur, ularning tarbiyaviy haraqteri o’z ifodasini topgani yo’q. Shuning uchun 
mehnat darslarida    o’quvchilarning  iqtisodiy  faolligini oshirish  va  tadbirqorliq 
mehnat faoliyati qo’niqmalarini shaqillantirish va quchaytirish lozim. 
       Iqtisodiy  tarbiyaning  qator  vazifalari  mehnat  darslarida  amalga  oshiriladi. 
Bu  vazifalardan  biri  tadbirqorliq  bo’lib,  mahsulot  ishlab  chiqarish  uni  sota 
bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay olishdir. Bu tadbirqorliq talablarini 
mehnat  darslari  jarayonida  darslar  nechogliq  qiziqarli  va  foydali  tashqil  etilsa, 
o’quvchilar shunchaliq iqtisodiy bilimga va malaqaga ega bo’ladilar. Avvalo bu 
darslarning muzmunini to’g’ri belgilab olish zarur. 

49 
 
 
   - mehnat ta’limi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalganligi; 
   - 
mehnat 
darslarini 
bozor 
iqtisodi 
talablari 
asosida 
pedagogiq 
tehnologiyalardan va malaqalardan unumli foydalanish; 
   - O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy tugaraqlarga jalb qilish; 
   -    O’quvchilarni  mehnat  darslarida  iqtisodiy  bilim  berishda  yoshi,  shahsiy 
xususiyatlarini hisobga olish; 
   -  O’quvchilarni  mehnat  natijalarini  ragbarlantirish  va  qamchiliqlarni  dustona 
hal qilish; 
     Mehnat  darsdlari  bolalar  uchun  iqtisodiy  bilimlar  bilan  tevaraq-  atrofdagi 
hayotni uziga hos tarzda boglovchi omil bulishi lozim. 
     Shunung  uchun  hozirgi kunda  mehnat darslarida «o’z-o’zini boshqarish»  va 
«o’z-o’zini  mablag’ bilan ta’minlash»  kabi tadbirkorlik    ishlarini tashkil qilish 
lozim. 
    Masalan  o’quvchilarning  mehnat  darslarida  «Mato  bilan  ishlash» 
mashg’ulotlarida  kerakli  asboblar  va  kerakli  gazlamalar  yordamida  aniq  reja 
belgilab,  o’lcham  oladilar  va  shu  o’lcham  asosida  ish  fartugi,  nina  qadagich, 
choynak  yopqich,  choynak  tagligi,  yumshoq  o’yinchoqlar  kabi  buyumlarni 
tiqishni  o’rganadilar.  Tikish  jarayonida  qaysi  mato  turidan  ishlatishni,  matoni 
isrof  qilmaslikni,  ishning  sifatliligini,  estetik  jihatdan  bejirim  va  chiroyli 
bo’lishiga e’tibor berishlari kerak. 
       O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib chiqib har xil 
ko’rgazmalar  va  o’quvchilarning  o’zlari  uchun  maktab  bozori  tashkil  qilinsa 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
       Bunda  o’quvchilar  o’zlari  bajargan  ishlar  natijalarini,  diqqatga,  e’tiborga 
sazovor  bo’lganligini,  o’zini  mablag’  bilan  qisman  ta’minlanganligini,  o’zini 
boshqara  olishini  ko’rib,  o’z  mehnatiga  va  o’zgalar  mehnatiga  hurmat  bilan 
qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga muhabbat o’z samarasini topadi. 
      Natijada  davlatimizning  iqtisodini  yuqori  darajaga  ko’tara  oladigan, 
o’zining  kasbini,  hunarini  hurmat  qiladigan,  jamiyatimizning  rivojlanishida 
o’zini  hissasini  qo’sha  oladigan  barkamol  avlodni  tarbiyalashimizda  yordam 
beradi. 
            O’quvchilarni  ish  unumini  oshirish,  chuqur  bilim  egallash,  ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi. Har bir dars 

50 
 
o’quvchilarni diqqatini,  xotirasini, qiyoslay bilishini,  fikr  yuritishni,asosiy  narsani 
ajratishni,  xulosa  va  umumlashtirishni,  o’z  ishini  rejalashtirishni,  uni  kerakli 
su’ratda amalga oshirishni, o’z-o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi. 
          Dars  mazmuniga  qo’yiladigan  muhim  talablardan  biri  darslarni  hayot  bilan 
chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim. 
        O’quvchilarni  faollashtirish  ayniqsa  o’qitishning    zamonaviy  bosqichi 
sharoitlarida  anchagina  murakkabdir.  Shunung  uchun  o’quvchilarning  o’quv 
faoliyatlarini  faollashtirishga  yordam  beruvchi  vosita  va  usullarini  tanlash 
o’qituvchining doimo diqqat markazida bo’lishi shart. 
        O’quvchilarning  ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir qator usullar 
vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari bilan tanishtiramiz: 
1.  Butun  sinfga  taklif  etilgan  muayyan  ijodiy  ishda  o’quvchining  iloji 
boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash. 
2.  Bir  maqsadda  o’qitishning  alohida  va  umumiy  shakllarini  biriktirish 
usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foydalanish. 
3.  Faoliyat  turlari  o’rganilayotgan  material  bilan  to’g’ri  munosabatni 
ta’minlash. 
4.  Dastur  materiali  asosida  darsda  zehnlilik,  diqqat,  tasavvur  va  shu 
kabilarni  tekshirish  hamda  shakllantirish  maqsadida  o’ziga  xos 
konkurslar o’tkazish. 
              Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan  iborat qilib  
qo’ymasligi    balki    tarbiya  berish  va  kamol    toptirish  vazifalari  bilan  organik 
bog’lab  olib borish ham zarur. 
          Shunung  uchun  ham  o’qituvchi  o’zi  o’qitayotgan  bilimini  bilishi  lozim.  Bu 
esa  biror  temaga  tayyorlana  turib,  o’qituvchi  mazkur  dars  materiali  asosida 
o’quvchilarning  ahloqiylikning  qanday  g’oyalarini  anglashga  olib  kelajagini 
diqqat,  fikrlash,  xotira,  tasavvur,  irodani  rivojlantirish  va  boshqa  shu  kabilar 
sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i 
lozim. 

51 
 
          Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan qupol, 
og’ir  asboblar  bilan  ishlasalar,  bu  ularning  ish  natijalariga  juda  yomon  ta’sir 
ko’rsatadi. Mehnat madaniyati  malkalari ko’p  marotaba takrorlanadigan  mashqlar 
natijasida  hosil  bo’ladi,  bunda  mashqlar  davomida  har  bir  mashq  jarayonida 
o’rnatiladigan  tartib  va  ish  harakati  izchilligini  sistematik  su’ratda  tushuntirish 
berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi. 
Testlar 
1) umumiy o’ta matablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga I-
IV siflar uchunhaftasiga necha soat vaqt ajratilgan? 
a) 3 soat 
b) 4 soat 
c) 5 soat 
*d)1 soat  
e) 2soat 
 
 
2) Qishloq xo’jaligi mehnati necha xil amalga oshiriladi? 
a) 4 xil 
b) 3xil 
c) 5 xil  
*d) 2xil 
e) to’g’ri javob yo’q 
 
3) Boshlang’ich sinf mehnat darslarida ish turlari nechaga bo’lingan? 
a) 2 g 
b) 3 ga 
c) 5 ga  
*d) 6 ga 
e) 4 ga 
 
4) Mehnat darslarida o’quvchilarning birinchi bo’lib bajaradigan vazifalari? 
a) amaliy bilimlarni qo'llash 
b) nazariy bilimlarni qo’llash 
c) javob A,B 
*d) nazariy bilimlarni egallash 
e)to’g’ri javob yo’q 

52 
 
 
5)Biror mehnat turi bilan shug’ullanuvchi hsaxs bu  
a) usta 
b)shogird 
c) naqqosh 
*d) hunarmand 
e)kosib 
 
6)Muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan 
ijodiy mehnat faoliyati bu. 
a)kasb 
b) kosiblik 
c) naqqoshlik 
*d) hunar 
e) etikdo’z 
 
7) Prizident I.Karimov hechanchi yilgi nutqida kasb-hunar milliy 
davlatchiligimizning oily negizi ekanligi haqida so’laydi? 
a) 1996-yil 
b) 1997-yil 
c)1999-yil 
*d)1995-yil 
e) 1998-yil 
 
8) Buyuk shoir Sakkokiy qanday kasb bilan shug’ullangan? 
a) temirchilik 
b) bog’bonlik 
c) mahsido’zlik 
*d)naqqoshlik 
 
9) Al-Kindiyning fanlar klassifikatsiyasida kasb ta’limida nima 
ta’kidlangan? 
a) uzviylik va muntazamlilik 
b) uzviylik va davriylik 
c) muntazamlilik va umumiylik 
*d) muntazamlilik va davriylik 
e)B,C 
 

53 
 
10) Ahmad Donish bilim va hunar egallamay , o’zining nasl nasabi bilan 
maqtanib yuradigan yoshlarni  nimaga o’xshatadi? 
a) ichida suv yo’q quduqqa 
b) foydasiz buyumga  
c) gullamaydigan daraxtga 
*d) meva hosil qilmaydigan daraxtga 
e) to’g’ri javob yo’q 
 
11) “Umrni zoya etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kalti bil” deb 
mehnat haqida fikr bildirgan shoir kim? 
a)X.Dehlaviy 
b) Al-Beruniy 
s) Zavqiy 
*d) A. Navoiy 
e) Sakkokiy 
 
12) qaysi mutafakkir mehnat haqida shunday degan edi. “Har shirin jon 
qilsa harakat, harakatga qarab topar barakat”  
a) A.Navoiy 
b) X,Dehlaviy 
c) Al- Kindiy 
*d) Ahmad donnish 
 
5-mavzu: Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin 
texnologiyalarining o`rni  
O’quvchilarda  boshlang’ich  sinflar  texnologiya  darslarida  o’quvchilarda 
texnologiyaga  qiziqishlarini  oshirishda  o’yinlardan  foydalanish,  krossvord  va 
boshqotirmalardan  foydalanish    sistemali  jarayon  bo’lishi,  bunda  o’qituvchining 
turli imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o’rinli 
foydalana  olishini  talab  etadi.  Bu  shu  bilan  asoslanadiki,  tushunchalar  natija  va 
qoidalarning  mantiqiy  asoslanishida  analitik  va  sintetik  usullarni  o’zaro  muvofiq 
holda  qo’llash    ularni  asoslash  va  tekshirish,  tanqidiy  fikrlash  usullarini  qo’llash 
uchun muhim ahamiyatga ega. 

54 
 
O‘yin tarbiya  vositasi. O‘yinni pedagogik jarayon strikturasida analiz qilish 
natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘yin faqat psixologik hodisa bo‘lib qolmay, balki 
pedagogik hodisa hamdir. 
Biroq  o‘yindan  tarbiya  masalalarini  hal  qilish  uchun  ongli  ravishda 
foydalanilgandagina u pedagogik hodisa shaklini oladi. 
Pedagogik  vazifa  sifatida  o‘yin  turli  vazifalarni:  tarbiya  vositasi,  ta’lim 
berish, metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi. 
Didaktik  o‘yinlarning  asosiy  xususiyatlari  shundaki,  bularda  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi. 
Bola  o‘ynar  ekan,  o‘rganaman  deb  o‘ylamaydi,  lekin  o‘yin  jarayonida  u 
nimagadir o‘rganadi. Ta’lim bu yerda ataylabdan o‘tilmaydi. Didaktik o‘yinlarning 
qimmati shundaki, u kichkina bolalarning imkoniyatlariga javob beradi va ularning 
energiya sariflashlarini muozanatlashtiradi. U ma’lum darajada ta’lim  mazmunini   
qabul  qilish   va  o‘qitishni   niqoblash  kabi   muhim   xususiyatga  egadir.   Bola  
buni  hayolga  keltirmagan holda o‘rganadi.   Shuni  ham  aytish  keraki, didaktik  
o‘yinlarda shaxsning   tormozlanishi   qobilyati, diqqatini  o‘sishi, kuzatuvchanlik  
kabi  xususiyatilarining    o‘sishiga    qaramay,  bolalarning    bevosita      o‘quv  
faoliyatini  shakillantiradi.   
O‘yinlarda  kolektiv  ish  ongli   intizomni  tarbiyalash  uchun kerak  bo‘lgan  
do‘stona  birodarlik    hissiyoti,  to‘g‘rilik,    haqiqatgo‘ylik    va    boshqa    hislatlar  
rivojlanadi.  Jamoa    o‘yinlarida    astoydil      maqsadga    intiladigan  va  boshqalarni 
yetaklaydigan  tashkilotchi   bolalar,  yo‘lboshi  bolalar  tarbiyalanadi.   
Bolalar  qanchalik  yosh  bo‘lsa,   o‘yin  ularni  faoliyatida  shunchalik  katta  
ahamiyat  kasb  etadi.    O‘quvchilarni    tarbiyalashda      o‘yinning    ahamiyati  
yetarlicha    baho    bermaydigan  o‘quvchi    o‘z    ishida    katta    yutuqlarga    erisha  
olmaydi.  
Amalda  stol  ustida  o‘ynaladigan  o‘yinchoqlar,  harakatli  o‘yinlar,  texnik  
o‘yinlar, soha  ko‘rinishi   atraktsionli  o‘yinlardan   foydalaniladi. 
Bola  hayotida  rollarga  bo‘linib   o‘ynaladigan  o‘yinlarda   katta  odamlar 
o‘rtasida  paydo  bo‘ladigan  munosabatlarni  o‘zlari    tushunadigan    vaziyatlarda 

55 
 
qaytaradilar.  Bola    o‘ziga    ma’lum    bir    ro‘lni  olar    ekan,    tegishli    qoida,  
vazifalarni  bajaradi    va    bu    qoidalarni    o‘zlashtirib    oladi,      ahloqiy    malaka    va   
odatlarni    egallaydi.    Rollarga    bo‘linib      o‘ynaladigan    o‘yin    ko‘pchilik      bilan  
o‘tkaziladi.  
O‘yin  davomida bolalar  o‘rtasida   kattalar  orasidagi  munosabatlar   tarkib  
topadi,  va asta-sekin  mustahkamlanadi. 
Bolaning  yoshi  o‘sib    borishiga  qarab    ro‘llarga    bo‘lib  o‘ynaladigan  
o‘yinlar bilan  bir  qatorda didaktik  va  harakatli o‘yinlar ham    muhim   ahamiyat   
kasb  etadi. 
Bola    maktabga      qatnay    boshlaganda      o‘yinning    ahamiyati      bir  oz 
kamayadi. Lekin  bu  o‘qish o‘yinni  bola  hayotidan  butunlay  chiqarib  tashlaydi,  
degani  emas. Bu  holda  o‘yinning  xarakteri,    uning  mazmuni o‘zgaradi, biroq 
uning bolalar tabiyasidagi   muhumligicha  qolaveradi.  
Kichik    yoshdagi    o‘quvchilarning    rollarga    bo‘linib      o‘ynaladigan  
o‘yinlarda      ular    tasvirlayotgan    kishilarning      xususiyatlari    muhimroq  bo‘lib  
ko‘rinadi.  O‘quchilarning    kuchliylik,    botirlik,    chaqqonliligiga    sabab    bo‘ladi.  
Bolalar  to‘siqlarni  yengib  o‘tishga    harakat  qiladilar,   qahramonona  ishlarni  
bajaradilar. 
Boshlang‘ich  maktabda  o‘qishning  oxiriga  borib,  ong-bilim  doirasining 
kengayishi  munosabati  bilan  o‘quvchilar  haqiqiy    qiyinchiliklarni  yengib   boradi. 
O‘yin elementlarini  kiritish  bolalarda  belgilangan ishni mumkin  qadar yaxshiroq  
bajarish  ishtiyoqini  uyg‘otadi  va  ularda  har  qanday  ishga  ma’suliyat  sezgan,  
holda   yondoshish  odatini  tarkib  toptiradi. 
Boshlang‘ich  ta’limda  didaktik  yoki  o‘rgatuvchi  o‘yinlar keng   taqalgan. 
Ular  bilishi    mazmuniga  ega    bo‘lib,    o‘quvchilarning    aqliy    rivojlanishiga   
qaratilgan.   
O‘quv    faoliyatining  har-xil  turlarida  xilma-xil  o‘yinlardan  keng  
foydalaniladi. 
Boshlang‘ich    sinflarda    matematika  o‘quvchilar  uchun  qiyin  va    kam 
tushunarli  fan bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun bolalar ko‘p hollarda  qoidalarning 

56 
 
ma’nosiga  tushunmasdan quruq  yod olishiga   harakat qiladilar, bu  esa  bilimda 
mavzularni  o‘zlashtirishga  to‘sqinlik  qiladi .  
O‘quvchilarning  darsda olgan  bilimlari ongli   ravishda   mustaqil fikrlash 
asosida  egallangan  bo‘lsagina,  u  ishonchli  va  mustahkam    bo‘ladi.  O‘qituvchi 
o‘qitish jarayonida o‘quchilarni  fikrlariga,   izlanuvchanlikka, xulosa  chiqarishga 
va  umumlashtirishga  undovchi    metodik    usullarni    qo‘llash  muhim    ahamiyatga  
egadir. 
Didaktik  o‘yinlar  darsda  ishni  indivuduallashtirish  har  bir    o‘quvchining  
kuchiga mos topshiriq  berish, ularni  qobilyatini o‘stirish   imkonini  beradi. “Har  
bir    yaxshi    o‘yinning    mehnat    kuchi  –  mehnatni    kuchaytirish  va  fikrlashni 
o‘stirish  xususiyati  bo‘ladi ,” -  degan  buyuk   pedagok A. S. Makarenko. 
O‘yin  jarayonida  o‘quchilar  dastlab  faqat  o‘yinga  qiziqa    boshlasa, 
keyinchalik  uni  tezda    o‘yin    bilan  aloqador  material  qiziqtira    boshlaydi.  Endi  
unda  shu    mavzuni  o‘rganish    eslab    qolish,    o‘yinga    qatashish    istagi    paydo  
bo‘ladi.   
O‘yin  o‘quvchilar  diqqatini  osonligicha    jalb  qilishga    ularning  eng  muhim  
va    murakkab    narsalarga    voqea    va    hodisalarga      qiziqishlarini      uzoq    vaqt  
ushlab  qolishga   yordam  beradi. 
Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling