Qaytar va qaytmas jarayonlar
Download 46.15 Kb.
|
3-мавзу
Qaytar va qaytmas jarayonlar Ko`rib o`tgan (1-1 rasm) misolimizda Q1 va Q2 issiqlik oqimlari miqdor jihatdan teng, muhim parametri – temperatura bilan farkqanadi. Jarayon borishi uchun harakatlantiruvchi kuch kerak ya’ni T1 temperatura T2 temperaturadan baland bo`lishi kerak. Agar eritmani qaynash temperaturasi distillyat (bug`lardan hosil bo`lgan suv) temperaturasidan farqlanmasa ham bu far saqlanib qoladi. Faqat cheksiz syokin yoki aniqrog`i «kvazistatik» yoki qaytar jarayonda, T1=T2 bo`ladi. Bu gipotetik (xaelie) jarayonda ikkilamchi issiqlikni yana qaytadan suvni bug`lantirish uchun so`nggi apparatda foydalanish mumkin (1-2 rasm) yoki issiqlik keltiruvchi sifatida shu apparatni o`zida ishlatishga qaytarish mumkin.
1-2 rasm. Bugl`antirishning kvazistatik ko`p korpusli jarayoni sxemasi (1, 11, 111 – navbatma-navbat o‘rnatilgan bug‘lantirish apparatlari) Biroq real sharoitlarda issiqlik sistemadan oddiygina «o`tadi» deb bo`lmaydi, chunki o`tish davrida o`zining «foydalilik», «keraklilik» kabi muhim sifatlarini («potentsial», ishchanlik qobiliyatini) foydali ish bajarishida yo`qotadi. Agarda suv bug`langanda issiqlik tashuvchi T1 temperaturasi suv qaynashi uchun ancha yuqori (ya’ni T1>1000S) issiqlik tashuvchi suv bug`lari yordamida T2 temperaturada T2=1000S so`nggi apparatda suvni bug`lantirib bo`lmaydi (agar bu`lanish bu apparatda atmosfera bosimida amalga oshirilsa). Demak, ikkilamchi issiqlikning sifatidan ya’ni ikkilamchi issiqlik Q2 issiqlik Q1 teng emas. Issiqlikning «foydalilik» «keraklilik»ligi kamaydi. Undan albatta, misol uchun apparat 11 da vakuum vujudga keltirilgan holda suvni buglantirish uchun foydalanish mumkin, vakuumni vujudga keltirish uchun yana qo`shimcha ish sarflash kerak. Vakuumni vujudga keltirish yoki 11 apparatda suvni bug`lantirish uchun qo`shimcha miqdorda T1 temperaturada issiqlik sarflash kerakmi yoki yuqmi -–bu savolga termodinamik, so`ngra texnik-iqtisodiy tahlillar javob beradi. Ikkilamchi issiqlikdan boshqacha foydalanish mumkin, masalan suvni emas, balki pastroq temperaturada qaynaydigan boshqa moddani yoki bu issiqlikni xonalarni isitishda va h.k. ishlatish mumkin. Bu ikkilamchi issiqlikni ishlatishning foydali va to`g`ri yo`lidir. Ammo, yuqorida aytganimizdek «eukoripotentsialli» issiqlik albatta «pastpotentsiallikga» aylanadi, ya’ni uning temperaturasi pasayadi (agar T>T0). Shuning uchun «pastpotentsialli» issiqlik doimo ortiqcha paydo bo`ladi va undan ratsional foydalanish usullarini axtarishga to`g`ri keladi. Oddiy energiya tejash (uning miqdorini va termonidamikani birinchi qonuniga muvofiq) emas, balki “yukori potensialli” energiyani ya’ni uning sifatini saklash muammodir. Bunday tahlil sifatli xarakteristikaga ega. T2 2/T2. |
ma'muriyatiga murojaat qiling