Qaytaruvchi qandlarni bertran usulida aniqlash


Download 21.28 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi21.28 Kb.
#1507371
  1   2   3
Bog'liq
2– Laboratoriya mashg‘uloti


2 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


QAYTARUVCHI QANDLARNI BERTRAN USULIDA ANIQLASH


Asosiy maqsad: Qand va qandli moddalarning xossalariga mos bulgan qaytaruvchanlik xususiyatlarini o‘rganish va bu moddalarni tajriba natijalari asosida baholash
Vazifasi: Uglevodlarning tuzilishi strukturasiga kiruvchi alьdegid guruhlarini o‘zgaruvchanlik xossalarini o‘rganib, qandli moddalarning sifat va tarkib ko‘rsatkichlariga ta’sirini asoslash.
Nazariy tushuncha: Qand va qandli moddalar uglevodlarni tashkil etib, ular kislorod, vodorod, uglerod elementlaridan iborat bo‘lgan yuqori molekulyar organik birikmalarni ifodalaydi. Uglevodlar asosan o‘simlik tanasida fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Ular suvda yaxshi va turli nisbatda eriydi. Efir va spirtlarda mutlaqo erimaydi. Uglevodlar kuchli yorug‘lik nuri va kislotalar ta’sirida qaytarilish xususiyatiga ega. Uglevodlarni qaytarilish xossasini ularni tarkibiga kiruvchi alьdegid va gidroksid guruhlariga bog‘liq. Biz erkin alьdegid va keton gruppalari bor qandlarning qaytarish xususiyatiga ega bo‘lishi, ularni sifat jihatdan ajratishgina emas, balki ularning miqdorini ham aniqlashga imkon beradi. Qandlarni bu usul bilan aniqlashda feling suyuqligidan foydalanib. Uning tarkibi ishqoriy muhitda mis sulьfati bilan segnet tuzi birikishidan hosil bo‘lgan aralashmadan iboratdir. Mis sulьfat tuzi bilan natriy gidroksid o‘rtasida bo‘ladigan reaksiyani quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.
CuSO4 + 2 NaOH  Cu(OH)2 + Na2SO4
Hosil bo‘lgan mis (II)- gidroksid segnet tuzi bilan reaksiyaga kirishib kompleks birikma hosil qiladi.

Feling suyuqligi qand tarkibidagi alьdegid va keton gruppalarini oksidlaydi, ya’ni qand bilan feling suyuqligi reaksiyaga kirishi natijasida qand oksidlanib mis (I)-oksid (Cu2O) qaytariladi.

Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan qizil rangli cho‘kma (Cu2O) aniqlanmoqchi bo‘lgan qandli moddasi tarkibidagi qand miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma tarkibidagi Cu2O mikdorini aniqlash uchun unga kislotali muhitda temir (III)-sulfat Fe2(SO4)3 yoki temir (III) sulьfatning ammoniyli tuzi – achiktosh NH4Fe(SO4)2 12H2O ta’sir ettiriladi.
Reaksiya tenglamasi quyidagicha bo‘ladi.
Cu2O + Fe2(SO4)3 + H2SO4 2 CuSO4 + 2FeSO4 + H2O
Ko‘rinib turibdiki, reaksiya natijasida mis (I) oksid mis sulfat ko‘rinishga o‘tadi, temir esa qaytariladi. Bu reaksiyada 2 ta misga 2 temir to‘g‘ri keladi.

Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling