Qaytatayyorlash va ularning malakasini oshirish hududuiy markazi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana25.11.2021
Hajmi0.91 Mb.
#177043
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Gulnoza

Innovatsion  texnologiya-  ta`lim  samaradorligini  oshiruvchi  omillardan 

foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni  loyihalash  va amalda qo`llash orqali bilim 

egallashni  takomillashtirish  usullaridir.  Uning  asosiy  maqsadi  ta`lim  jarayonida 

o`qituvchi  va  bilim  oluvchi  faoliyatiga  yangilik,  o`zgartirishlar  kiritish  bo`lib, 

interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. 

Interfaol  usullar  ta’lim  jarayonida  qatnashayotgan  har  bir  bilim  oluvchining 

faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda 

bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil 

ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi. 

Ma`lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo`lib, 

ularning aksariyati tajriba–sinovdan o`tib, yaxshi natija bergan. 

Ta`lim  texnologiyalarini  o`quv  jarayoniga  tadbiq  etishning  asosiy  shartlari 

quyidagilardan iborat: 

-  darsni  o`qitish  jarayonida  har  bir  o`quvchining  bilimlarni  o`zlashtirishda 

erkin muloqatga kirishishini rivojlantirish; 

-  ta’lim  jarayonida  asosiy  e`tiborni  bilim  oluvchining  faolligini  oshirishga 

va  dars  jarayonida  ham  faollikni  oshiruvchi  metod  va  zamonaviy  ta`lim 

vositalaridan foydalanish. 

             Pedagogik  texnologiya  asosida  o`tkazilgan  mashg`ulotlar  yoshlarning 

muhim  hayotiy  yutuq  va  muoammolarga  o`z  munosabatlarini  bildirishga 

intilishlarini tarbiyalab, ularni fikrlashga, o`z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat 

yaratadi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi  va o`quvchi 

faoliyatiga  yangilik,  o`zgarishlar  kiritish  bo`lib,  uni  amalga  oshirishda  asosan 

interfaol  usullardan  foydalaniladi.  Interfaol  darslarda  o`qituvchi  o`quvchilarning 

faoliyatini dars  maqsadiga yo`naltiradi.  Bu  usullarning o`ziga  xosligi shundaki, ular 

faqat  pedagog  va  o`quvchilarning  birgalikda  faoliyat  ko`rsatishi  orqali  amalga 

oshiriladi. 

        Bunday  pedagogik  hamkorlik  jarayon  o`ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo`lib, 




Gulnoza Nuriddinovna                                                

                     

16 

 

o`quvchining  dars  davomida  befarq  bo`lmasligi,  mustaqil  fikrlashi,  ijod  va 



izlanishga  jalb  etilishi,  ta`lim  jarayonida  fanga  bo`lgan  qiziqishlari  doimiyligi 

ta`minlanishi,  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  hamkorlikdagi  faoliyatining  doimiy 

ravishda    tashkil  etilishini  ta`minlaydi.  Pedagogik  texnologiyaning  eng  asosiy 

negizini  o`qituvchi  va  o`quvchining  belgilangan  maqsaddan  kafolatlangan  natijaga 

hamkorlikda erishishi tashkil etiladi. Har bir dars, mavzu, o`quv predmetining o`ziga 

xos  texnologiyasi  bor.  O`quv  jarayonidagi  pedagogik  texnologiya  bu  aniq  ketma- 

ketlikdagi  yaxlit  jarayon  bo`lib,  u  o`quvchining  ehtiyoji,  qiziqishidan  kelib  chiqqan 

holda  bir  maqsadga  yo`naltirilgan,  oldindan  puxta  loyihalashtirilgan  va 

kafolatlangan  natija  berishiga  qaratilgan  bo`ladi.  Pedagogik  texnologiya,  umuman  

olganda,  reproduktiv  (nusxa  olish)  dars  berishga  asoslangan bo’lib,undagi  o’quv 

jarayoni  o’quvchilarga  tipik  holatlardagi  harakatlarni  egallashgayo’naltirilgan. 

Pedagogik  texnologiyaning  o’ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  unda  o’quv 

maqsadlariga  erishishni  kafolatlaydigan  o’quv  jarayoni  loyihalashtiriladi  va  amalga 

oshiriladi. 

Texnologik 

yondashuv 

eng 

avvalo 


tasvirlash 

emas, 


balki 

loyihalashtirilgan  natijalarni  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  amaliy  ko’rsatmali 

tuzilmada o’z ifodasini topadi. 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling