Qaytatayyorlash va ularning malakasini oshirish hududuiy markazi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana25.11.2021
Hajmi0.91 Mb.
#177043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Gulnoza

                 АNNОTАTSIYA 

Mamlakatimizda  chet  tillarni  oʻrganishga  va  ularni  oʻqitishga  katta  eʼtibor 

qaratilmoqda.  Bu  jahon  hamjamiyatida  oʻzining  munosib  oʻrniga  ega  boʻlishga 

intilayotgan Oʻzbekiston ravnaqi  uchun juda  muhim sanaladi. Yurtimizning porloq 

kelajagini  chet  ellar  bilan  boʻladigan  aloqalarsiz,  shuningdek,  chet  ellar  bilan 

boʻladigan  aloqalarni  esa  chet  tillarsiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Demak,  chet  tillarni 

oʻrganish,  oʻrganganda  ham  jahon  andozalariga  mos  ravishda  oʻrganish  bugungi 

kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi.Chet tili fanini oʻqitilishiga alohida 

ahamiyat  berilayotgani  zamirida  ham  ana  shu  ezgu  maqsadlar  –  mamlakat 

taraqqiyoti,  yoshlar  kelajagi  bilan  bogʻliq  masala  mujassam.  Yurtimizda  uzluksiz 

taʼlimni  amalga  oshirish  boʻyicha  “Taʼlim  toʻgʻrisida”gi  qonun  va  “Kadrlar 

tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingan. 

Zamonaviy 

pedagogik 

va 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyadan 

foydalangan  holda  oʻqitishning  ilgʻor  metodlarini  joriy  etish  yoʻli  bilan,  oʻsib 

kelayotgan  yosh  avlodni  chet  tillariga  oʻqitish,  shu  tillarda  erkin  soʻzlay  oladigan 

mutaxassis  sifatida  tayyorlash  muhimdir.  Oʻzbekiston  Respublikasining 

prezidentining  2012-yil  10-dekabrda  imzolangan  “Chet  tillarni  oʻrganish  tizimini 

yana-da 

takomillashtirish 

chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi 

qaroriga 

koʻra, 


respublikaning barcha maktablarida chet tili boshlangʻich sinflardan boshlab, tizimli 

va  uzviy  ravishda  oʻqitish  tizimi  yoʻlga  qoʻyildi.Kelajakda  har  bir  yosh  avlod  chet 

tilida  bemalol  muloqotga  kirisha  oladigan  malakali  kadrlar  boʻlib  yetishishi  uchun 

qulay  imkoniyatlar eshigi ochilgan. Bu imkoniyatlardan unumli  foydalanish esa biz 

yoshlarning  oʻz  qoʻlimizda.  Oʻquvchilarning  fanni  chuqur  oʻzlashtirishi 

oʻqituvchining  mahorati,  izlanishi  va  bilimiga  bogʻliq.  Saboq  berish  jarayonida 

“bilim halqalari” bir biriga bogʻlanib, “bilim zanjiri” shakllantiriladi.          Tizimli 

olib  borilayotgan  mashgʻulotlarning  qaysi  biridadir  sustkashlikka  yoʻl  qoʻyilsa, 

oʻqituvchi  darsga  yaxshi  tayyorlanmasa,  oʻquvchining  navbatdagi  sabogʻida 

muammolar tugʻiladi. 

 



Gulnoza Nuriddinovna                                                

                     

 

           Taʼlim  jarayonida  qaysidir  darsning  talab  darajasida  olib  borilmagani 



oʻquvchining  bilim  zanjirida  uzilish  boʻlishiga  sabab  boʻlishi  mumkin.  Shuning 

uchun  pedagog  har  bir  darsiga  jiddiy  tayyorlanadi.  Yuqori  sinflarda  frazeologik 

birikmalarning  oʻqitilishiga  alohida  eʼtibor  ham  oʻquvchining  kelgusida  chet  tilini 

oson oʻzlashtirishida, oʻrganayotgan faniga qiziqishi ortishiga xizmat qiladi. 

Har bir darsga ingliz tili oʻqitish metodikasi erishgan yutuqlarni inobatga olib, 

taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng  miqyosda joriy etish natijasida 

kutilgan  natijaga  erishiladi.  Ushbu  malaka  ishimiz  yuqori  sinf  oʻquvchilarni  ingliz 

tili  faniga  qiziqishini  oshirish  va  sodda  yoʻllar  bilan  ularga  belgilangan  mavzuda 

tushuncha  bera  olish  masalalariga  eʼtibor  qaratiladi.  Malaka  ishida  darslarda 

koʻrgazma,  turli  adabiyotlardan  unumli  foydalanish,  oʻquvchilar  nutqida 

uchraydigan  anʼanaviy  nuqsonlarning  oldini  olish,  dasturiy  talablarni  bajarishga 

erishiladi. 

Izlanish  kirish,  asosiy  qism,  uchta  boʻlim,  xulosa  hamda  foydalanilgan 

adabiyotlar roʻyxatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling