Qaytatayyorlash va ularning malakasini oshirish hududuiy markazi


Chet  til  o`qitish  metodikasida  innovatsion  ta`lim  texnologiyalari  va  ularning


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana25.11.2021
Hajmi0.91 Mb.
#177043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Gulnoza

1.Chet  til  o`qitish  metodikasida  innovatsion  ta`lim  texnologiyalari  va  ularning 

mohiyati. 

             Vaqtlar o’tishi bilan birga insonlar va ularning talab va ehtiyoji ham o’zgarib 




Gulnoza Nuriddinovna                                                

                     

10 

 

boraveradi.  Bu  isbot  talab  qilinmaydigan  aksioma  sanaladi.  Hayotimizning  turli 



jabhalarida  bo’lgani  kabi  chet  tillarni  o’rganish  borasida  ham  shunday  tarixiy 

jarayonni kuzatishimiz mumkin. Bundan minglab yillar avval diyorimizda arab, fors 

tillari  kabi  chet  tillarga  bo’lgan  ehtiyoj,  qiziqish  qay  darajada  rivoj  topgani,  buyuk 

allomlarimiz  ushbu  tillarda  ilmiy  tadqiqotlariga  tartib  berganlari,  bobokalon  shoiru-

yozuvchilarimiz ushbu tillarda durdona asarlar yaratib, o’lmas meros qoldirganliklari 

barchamiz  uchun  kunday  ravshandir.  Bularning  barchasi  o’sha  davr  ehtiyoji,  o’sha 

davr  talabidir.  Xo’sh,  hozirgi  kunda,  ya’ni  XXI  asrning  boshlang’ich  choragida 

davlatning til siyosati qanday holatda? 

           Dunyodagi  global  taraqqiyot,  yangi  kashfiyotlar,  ayniqsa,  internet  aloqa 

tizmining  tillarni  o’rganishga  ta’siri  qanday?  XXI  asrda  qaysi  xorijiy  tillarni 

o’rganishga  ko’proq  e’tibor  qaratish  lozim  va  nima  maqsadda?  Darvoqe,  davr 

taraqqiyoti,  globallashuv  jarayoni  yoshlardan  bir  necha  xorijiytillarni  bilishlarini 

talab  etmoqda.  Ushbu  ehtiyojlardan  kelib  chiqqan  holda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2012–yil  10-dekabrdagi  “Chet  tillarni  o’rganish  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora–tadbirlari  tog’risida”gi  Qarori  Respublikamizda  chet  tillarni 

o’qitish  siyosatining  yangi  bosqichiga  asos  solib  berdi.  Uzluksiz  ta’lim  tizimining 

bosh  va  asosiy  maqsadi  yuksak  ma’naviyatli,  raqobatbardosh,  intellektual 

salohiyatga ega mutaxasislar tayyorlashdir.  

            Ushbu  qaror  ijrosidan  so’ng  ta’lim  tizimida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  ta’lim  tizimida  qo’llash  jarayoni  keng  tus  oldi.  Bugungi  kunda, 

ilmiy  texnik  taraqqiyot  har  sohada  shuningdek,  ta’lim-tarbiya  sohasiga  ham  yangi-

yangi  zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  etishni  taqozo  etmoqda.  Shu  sababli 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv tarbiyaviy jarayonlarni ilg’or pedagogik 

texnologiyalar  bilan  ta’minlash  zarurligi  ta’kidlanganligi  uchun  ta’limning  yangi 

modellari  yaratilmoqda.  O’zbekistonda  mualliflar  tomonidan  olib  borilgan 

tadqiqotlar  shuni  ko’rsatdiki,  erkin,  ma’rifatli  va  demokratik  davlat  fuqorolari 

quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi kerak: 

 Aqilli- mustaqil fikr yurita oladigan; 



 Odobli- millatimiz to’plagan barcha fazilatlarga ega; 




Gulnoza Nuriddinovna                                                

                     

11 

 



 Mehnatsevar- mehnat kishining ijtimoiy ehtiyojiga aylanganligi; 

 Bilimli-  diniy,  dunyoviy  va  fazoviy  bilimlarni  ko’p  va    chuqur  egallab 



olib, ularni hayotda qo’llay olishi; 

 



Sog’lom- jismoniy, ruxiy va ijtimoiy salomat; 

 



Milliy  g’ururga  ega-  ajdodlarmizning  moddiy  va  ma’naviy  merosini 

egallab, ular bilan fahrlanuvchi va ularni boyitishga xissa qo’shuvchi; 

 Vatanparvar- Vatan uchun,  xalquchun  fidokorona  mehnat qiluvchi, ularni 



muhofaza qila oluchi va zrur bo’lsa ular uchun jonini qurbon qiluvchi; 

 Insonparvar-  inson  zotiga  faqat  yaxshiliklar  tilovchi  va  ular  uchun  ezgu 



ishlar qiluchi 

              Jasur va shijoatli- har bir ishga mardona kirishib, uni shijoat bilan oxiriga 

yetkazuvchi.  Bu  o’nta  ijtimoiy  sifat  jamiyat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqa  davlat 

buyurtmasi  bo’lib,  ta’lim  sohasida  faoliyat  ko’rsatayotgan  har  bir  inson  ulardan 

umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi lozimdir. 

Maqsadlarni  amalga  oshirish  Respublikamiz  olimlari  R.X.Jo’rayev,  U.N. 

Nishonaliyev,  A.A.Parpiev,  N.S.  Saidaxmedov,  M.V.Klarin,  M.Dadaxo’jayev, 

hamda  qozog’istonlik  olimlar  M.J.Aristanov,  J.S.Xaydarov  o’z  ilmiy 

tadqiqotlarida  “Pedagogik  texnologiya“  tushunchasining  mohiyatini  va 

ahamiyatini  ochib  berishga  harakat  qilganlar.  O’zbekiston  Respublikasi  ta’lim 

tizimida  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarning  joriy  etilishi  mamlakatimiz  o’quv 

yurtlaridagi  kadrlar  tayyorlash  jarayoni  mazmunini  yanada  boyitib,  uni  jahon 

andozalari  bilan  uyg’unlashuviga,  shu  bilan  birga  mustaqillik  mafkurasi,  o’zbek 

xalq  pedagogikasi  va  milliy  an’analarga  xos  va  mos  bo’lgan  pedagogik 

texnologiyani  yaratishga  asos  bo’ldi.  Xorijiy  tillarni  o’rganishga  bo’lgan  talab 

ayni paytda ehtiyojga aylandi.  

 

            Mamlakatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy  sohalaridagi  o’zgarishlar,  keskin 



sur’atlar  bilan  rivojlanish  ta’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni 

tatbiq qilishni taqozo etmoqda, til o’qitishning zamonaviy metodlarini izlab topish 

va ta’lim  jarayoniga  tatbiq  qilishga  talab  kuchaydi.  Yetakchi  olimlar,  metodistlar 



Gulnoza Nuriddinovna                                                

                     

12 

 

tomonidan  xorijiy  til  o’qitilishining  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalari,  metod 



va usullar izlab topildi. 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling