Qayumov Ahror dbg`I-60 1-вариант Киймат шаклларининг эвалюцияси
Download 263.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Qayumov Ahror DBG`I-60 Pul va banklar Nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1.
Qayumov Ahror DBG`I-60 1-вариант 1. Киймат шаклларининг эвалюцияси. 2. Микдорийлик назарияси мохияти. 3. Хисоб китоб чекларига тавсиф. Javoblar 1. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e‘tibor, uning qiymat shaklining rivojlanish evolyusiyasiga qaratiladi. Chunki, pulning vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o`rin tutadi. Pulning qiymat shakllari, asosan, beshta ko‗rinishdan iboratligi e‘tirof etilib, ular quyidagilardan iborat.
bo`lib, mahsulotlarning ortiqchaligi vaqti – vaqti bilan vujudga kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir – biriga mos kelmagan ayirboshlash jarayonida ma‘lum tovarlargina ishtirok etgan. Ushbu davrda odamlar o`rtasida vujudga kelgan ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishiga ortiqcha mahsulotni buzilmasligi va turib qolmasligining oldini olishga bo`lgan ehtiyoj turtki bo`lgan. Masalan, bir qop don = bitta qo`yga almashilgan va h.k.
mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bog`liq bo`lib, ushbu davrda, kishilar o`rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi. Natijada, ishlab chiqarish salmog`i ortib bordi, mahsulotlar tez – tez tovar sifatida ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga
ayirboshlanadigan bo`ldi. Ayirboshlash jarayonining vujudga kelishida, tomonlarning mafaatlari o`zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi. Qiymatning kengaytirilgan shakli amal qilgan davrda ayrim tovar turlari, mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don = bitta qo`y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta, mamlakatning geografik xususiyati va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, ular o`rtasida pul vazifasini bajaradigan tovarlar va mahsulotlarni ajralib chiqishiga sabab bo`ldi. Masalan, AQShda tamaki, Sharqiy Xindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa, Shotlandiyada mix, Misrda mis, shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar umumekvivalent vazifasini bajara boshladi.
tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bo`lgan tovarni o`zlashtirishga qaratildi. Umumiy ekvivalent sifatida qo`y, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar e‘tirof etildi, lekin ular o`zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt umumekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kishilar o`rtasida iqtisodiy munosabatlarni tezlashtirdi, bu sharoitda umumekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlarni olib yurish, saqlash va boshqa jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim olish uchun to`quvchiga donni taklif etsa, to`quvchiga don emas, balki qo`y zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo`yga almashtirish va shundan so`ng to`quvchiga qo`yni berib o`ziga zarur bo`lgan kiyimni olishi mumkin, ya‘ni ayirboshlash jarayonlarida ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlari doimo ham bir – biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchlik va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi.
Qiymatning pul shakli. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning
tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining o`zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi.
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulning miqdoriylik nazariyasida pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’linazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi. «Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonnakumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat- e’tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi. 18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Frantsiyada Sh. Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi,iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi. Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi degan fikrlar ham yo’q emas. Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi. Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi. Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oya atrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi,
nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq. Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi. Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik, qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari ayirboshlanadi. Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter deb ataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga oshirish mumkin. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi. Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi. Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari, ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan: 1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi. 2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi. 3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi. 4. Sifat jihatidan bir xilligi. 5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.
Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi. Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi sifatida qog’oz pullar yuritilgan. Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila boshladi.
Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSh da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo`lmoqda. Xususan, AQSH, G`arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada naqd pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. Download 263.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling