Ayol baxtli boisa, jamiyat baxtlidir Yer yuzida ongli hayot paydo bo‘libdiki, odamzod muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug‘lab, sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog‘i jannat bog‘laridek go‘zal va mo‘tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor. Ma’lumki, muqaddas Qur’oni karimning eng katta suralaridan biri - “Niso”, ya’ni “Ayollar” deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo‘lishgadavat etadi va bu ilohiy so‘zlar zamirida, albatta, teran hikmat mujassam. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quwatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish jarayonlari islohotlar shiddatidan ortda qolayotgani ham sezilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, keyingi yillardagi O‘zbekiston Respublikasining gender siyosati quyidagi masalalarga qaratiladi: Ana shularni hisobga olgan holda, keyingi yillardagi O‘zbekiston Respublikasining gender siyosati quyidagi masalalarga qaratiladi: ❖ ijtimoiy-siyosiy hayotda erkak va ayollarning ishtirok etishida teng huquq va imkoniyatlarni yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |