Qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish mumkin


Download 19.89 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi19.89 Kb.
#1384261
  1   2
Bog'liq
qiladi


qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish mumkin”1.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq etiladi. Mazkur muammolar sotsiolingvistik xususiyatga ega bo‘lsa-da, hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.
Sotsiolingvistik tadqiqotlarga bo‘lgan zarurat.Sotsiolingvistik tadqiqotlarga qiziqishning asosiy sabablaridan biri hisoblangan til siyosati kundan-kun keskinlashib bormoqda. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida, ayniqsa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida shu vaqtga qadar til muammosi o‘z echimini topgan emas. Hatto Hindistonday yirik mamlakatda hanuzgacha ingliz tili o‘z hukmron mavqeini saqlab qolmoqda. Bizni, hozirgi o‘zbekistonda istiqomat qilayotganlarning ko‘pchiligini turmush muammolari-bozor iqtisodiyoti sharoiti qiziqtiradi: Bu yorug‘ olamda biz kimmiz va ne bir sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketayapmiz. Kelajakda bizning o‘rnimiz qaerda, qanday bo‘ladi,- degan savollar qiziqtirishi tabiiy. Tabiiyki, insonning kimligi uning hayotda tutgan o‘rni, xatti-harakati va odamlar bilan bo‘lgan muloqotida bilinadi. SHuning uchun ham odamlar inson ruhiyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bu masala xususida juda qadimdan jiddiy shug‘ullanib kelganlar. Ammo nutq va nutq madaniyati muammolari e’tibordan chetda qolib kelgan va nihoyat 1929 yilda Pragada bo‘lib o‘tgan slavyan olimlarining I seezdida bunga alohida e’tibor qaratildi. Keyinchalik bu masalaga qiziqish g‘arb mamlakatlarida, xususan, Angliya, Germaniya, Fransiya va Amerika, YAponiya kabi mamlakatlarda jiddiy tus ola boshladi. G‘arb mamlakatlarida nutqiy muloqot, uning sotsialingvistik, psixolingvistik va pragmatik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus jurnallar nashr etila boshlandi. Buning bayroqdori Amerika olimlari bo‘lib, ular nutqiy muloqot va ritorika sohasida ulkan yutuqlarga erishdilar. 1927 yilda Moskvada nashr etilgan "Natsionalno-kulturnaya spetsifika rechevogo povedeniya", keyinroq "Natsionalno
kulturnaya spetsifika rechevogo obsheniya Narodov SSSR" kabi asarlarning paydo bo‘lishi, shuningdek, A.A.Leontev, YU.A.Sorokin, A.I.Efimov, E.M.Vereshchagen, V.G.Kostroumov, E.F.Tarasov va boshqalarning bu muammoga oid qator monografik tadqiqotlari kelganligi nutqiy faoliyat muammosining tobora dolzarb masalaga aylanib borayotganligidan dalolat beradi.
Bu sohada turkologiyada, shu jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham ma’lum izlanishlar olib borilganligi barchaga ma’lum. 1969 yil Toshkentda nutqimiz rivoji masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan I respublika konferensiyasida professor E.A.Begmatov shunday degan edi: "Masalaning bunday qo‘yilishidan o‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati muammosi umuman o‘rtaga qo‘yilmagan ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Nutq odobi deb yuritib kelingan qoidalarning o‘ziyoq bu masalaning qadim tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Qolaversa, 20-30-yillarda til qurilishi, til siyosati degan nomlar bilan yuritilgan barcha millat va xalq tillari rivojiga bevosita tatbiq etilgan ekan, tadbir va choralarning o‘sha vaqtda til madaniyati, endilikda nutq madaniyati deb yuritilayotgan muammoga qanchalik aloqador ekanligini belgilash g‘oyat muhimdir".
O‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati va uning nazariy masalalari bo‘yicha anchagina tadqiqotlar o‘tkazilsa-da, bu izlanishlarning aksariyati nutq madaniyatining ayrim tomonlarini uslubiy yoki pedagogik maqsadda yoritib berishga qaratilgan bo‘lib, masalaga ijtimoiy-lisoniy aspektda yondashilmagan. Bugungi kunga kelib nutq madaniyati sohasi ilmiy muammo sifatida tan olindi va uni chuqur tadqiq qilish lozimligi qator olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. 60-yillarning boshlaridayoq sotsiolingvist olim V.V.Veselevskiy "Hozirgi nutq madaniyati bo‘yicha tadqiqot olib borishning zarurligini isbotlab o‘tirish ortiqchadir", - degan edi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sho‘rolar davrida o‘zbek tilining qo‘llanishi keskin chegaralangan edi. Deyarli barcha katta-kichik anjumanlar rus tilida olib borilar edi. Ish yuritish esa, asosan, rus tiliga ko‘chgan edi. "Davlat tili haqida"gi qonunning qabul qilinishi, ayniqsa, 1991-yil 31-avgust kuni e’lon qilingan mustaqilligimiz ona tilimizning mavqeini tiklash, uning jamiyatimiz hayotida davlat tili sifatida amal qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilining nufuzi oshdi, uning ijtimoiy vazifasi va amaliyot doirasi kengaydi, ona tilimiz mustaqil davlatimiz tili sifatida ravnaq topdi.

2-ma’ruza. Lisoniy hamjamiyat. Ijtimoiy-kommunikativ tizim


Reja:
1. Lisoniy hamjamiyat
2. Ijtimoiy-kommunikativ tizim
3. Lisoniy kod
4. Til qo‘llash sohasi
5. Adabiy til
6. Dialekt
7. Sotsiolekt (argo, jargon, sleng)
8. Koyne
tarqalgan), boshqa bir davlatda bir necha tillarda muloqot qilinadi (Nigeriyada 200dan ortiq tillar mavjud)2. Shuning uchun “lisoniy hamjamiyat” tushunchasini aniqlashda lingvistik va ijtimoiy xususiyatlar birligi muhim hisoblanadi. Agar biz faqat lingvistik xususiyatlarni oladigan bo‘lsak, u holda, gap faqat muhitga bog‘liq bo‘lmagan til haqida boradi; faqat ijtimoiy mezonlar (siyosiy-iqtisodiy va madaniy omillar)ga tayanadigan bo‘lsak, unda mazkur ijtimoiy jamoada faoliyatda bo‘lgan til e’tibordan chetda qoladi.
Lisoniy hamjamiyat deganda, katta bir davlatdan tortib, kichik ijtimoiy guruhlar (oila, sport komandasi)ga kiruvchi turli miqdordagi individlar majmuyini tushunish mumkin. Bunday holatlarda ajratish mezoni ijtimoiy jamoa va doimiy kommunikativ aloqalarning mavjudligi bo‘lishi lozim. Bir lisoniy hamjamiyat boshqasiga nisbatan hajm jihatdan katta bo‘lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya katta lisoniy hamjamiyat bo‘lib, u o‘z ichiga kichik hajmdagi lisoniy hamjamiyatlarni: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani oladi. Yoki hozirgi Rossiya respublikalar, viloyatlar, shaharlar singari kichik lisoniy hamjamiyatlardan tarkib topgan katta lisoniy hamjamiyatdir. O‘z navbatida shahar ham lisoniy hamjamiyat sifatida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlarini o‘z ichiga oladi.
Lisoniy hamjamiyatlar soni qanchalik kam bo‘lsa, til birligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada ingliz tilidan tashqari valliy, korn, shotland va shotland-gel tillari ham faol qo‘llaniladi. Rossiyada rus tilidan tashqari o‘nlab milliy tillar va dialektlar bir-biri bilan o‘zaro aloqadadir.
Korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, o‘rta maktablar kabi lisoniy hamjamiyatlar doirasida faqat bir til muloqot vositasi hisoblanadi. Biroq oila singari kichik lisoniy hamjamiyatlarda muloqot vositasi sifatida ikki, hatto, uch til (turli davlatlarda yashovchi muhojirlarning oilasida) qo‘llanilishi mumkin.

Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling