10. Qaysi qatorda ya’ni ergashtiruvchi bog'lovchisi qo'shma gap
qismlarini bog'lamagan?
A) O'tgan yili oliy ta‘lim muassasalariga qabul qilishning
takomillashtirilgan tizimi joriy etildi, ya‘ni test sinovlariga
informatika bo'yicha savollar kiritildi.
B) Til o'z vazifasini bajarmasa, qo'l ishga tushadi, ya‘ni insoniy
munosabat o'rnini hayvoniy xatti-harakat oladi.
C) O‗sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik
xarakterga ega emas edi, ya‘ni adabiyot tarixi dars sifatida
o'tilmasdi.
D) Tilning bilish borasidagi ahamiyati oddiy bilim bilan
cheklanmay ma‘rifatni, ya‘ni bilishning eng oddiy martabasini
ham o'z ichiga oladi.
11. Quyida berilganlardan tobe qismi paronim juftiga ega bo'lgan
so'z birikmalarini aniqlang.
1) tuzini ko'rmoq; 2) achinarli hol; 3) yaroqli ashyo;
4) hayot ramzi; 5) novdani egmoq; 6) o'quvchining burchi
A) 1, 3
В) 1, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6
12.
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri shuki,
bunday odam o‘z faoliyati... boshqalar... bir qadam oldin...
o‘tsa, darrov sheriklari... уor dam beradi.
Ushbu gapda adabiy til me‘yoriga ko‗ra nuqtalar o‗rniga qaysi
kelishik qo‗shimchasini qo‗yib bo‗lmaydi?
A) qaratqich kelishigi
B) tushum kelishigi
C) o‗rin-payt kelishigi
D) chiqish kelishigi
13. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‘nosini ifodalagan siz
kishilik olmoshi qatnashmagan javobni aniqlang.
A) Odamlar bilan shunday gaplashingki, do‗stim, siz bilan
suhbatlashishni havas qilsinlar.
B) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta!
C) Agar, bolam, siz haqiqiy do‗st topmoqchi bo‗lsangiz, avvalo,
samimiy bo‗lishni o‗rganing.
D) Bitiruvchilar, siz endi o‗zingiz uchun qiziqarli va foydali
kasb tanlashingiz kerak.
14.
Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy ma‘noni ifodalay
oladi?
A) yaroqli-qurolli
B) xiyla-nayrang
С) ganj-boylik
D) a‘yon-ravshan
Do'stlaringiz bilan baham: |