Qilicheva charos
Download 0.64 Mb.
|
1 2
Bog'liqaxborot matnlari bilan ishlash va axborot madaniyati Qilicheva Charos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Noshirlik, nashriyot ishi — nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, tasviriy sanʼat asarlari va b. bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilish va uni tarqatishga oid soha. Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga qarab — kitob nashriyoti, kitob-jurnal nashriyoti, gazeta-jurnal nashriyoti va b., qanday oʻquvchilarga moʻljallanganligiga koʻra — ilmiy adabiyot, ommaviy adabiyot, bolalar adabiyoti, oʻsmirlar adabiyoti nashriyotlari va hokazoga boʻlinadi; mavzusiga koʻra — universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. Universal nashriyotlar (Mas, "Oʻzbekiston" nashriyoti) barcha xil yoki koʻp turdagi, ixtisoslashgan nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot va b.) muayyan soha boʻyicha kitoblar nashr etadi.
Kitobchilik ishi kitob bosish paydo boʻlishidan bir necha ming yillar oldin mavjud boʻlgan. Xususan, Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi asrlardayoq kitobchilik ishlari bilan shugʻullanganlar. Bu yerda arablar istilosiga qadar anchagina nodir kitoblar yaratilgan (qarang [[Kitob). Arab xalifaligi davrida ham bu ish taraqqiy etdi. Tarixchi, xushnavis, qogʻozchi, muqovasoz, bezovchi (lovah) va shahri k. kasb egalari yetishdi. Tarixchi-yozuvchilar asarlarini ilgarigidek oʻzlari koʻchirib oʻtirmasdan bu ishni ulardan tez va yaxshiroq bajara oladigan mutaxassislarga topshiradigan boʻldilar. Kitoblarni, asosan, qoʻlda maxsus xushnavislar koʻchirib koʻpaytirganlar. Shu tariqa xattotlik sanʼati (kalligrafiya) yuzaga keldi va takomillashib bordi. [[Kitob betlarini turli oʻlchamdagi kataklarga boʻlish, sahifalarning chetlariga rang-barang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini muqovasiga va zarvaraqlariga oltin harf bilan yozish kitob bezagining odatdagi uslubiga aylandi. Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va b.ning asarlari faqat mazmun jihatidan emas, kitobat sanʼati bilan ham nodir hisoblanadi. Ularning koʻplari jahondagi yirik kutubxonalarda qimmatli yodgorliklar sifatida saqlanadi. Media madaniyat tushunchasiga tariff Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan bosib olinishi (13-asrning 1-yarmi) butun madaniy hayotda boʻlgani kabi kitob yaratish va tarqatish ishlarini ancha sustlashtirdi. Temuriylar hukmronligi davrida u yana rivojlandi. Ayniqsa, Shohrux, Ulugʻbek davrida adabiy faoliyatda, xususan, kitobchilik ishlarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Shohruxning oʻgʻli Boysungʻur tashabbusi bilan Hirotda katta bir kutubxona-ustaxona tashkil etilib, unga oʻz davrining mashhur kotiblari, mukrvasozlari, rassom-naqqoshlari va b. kitobsoz mutaxassislar jalb etilgan. Ularga zarur kitoblarni koʻchirib yozish va koʻpaytirish vazifasi yuklangan edi. Ustaxonada har bir qoʻlyozma kitob bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. Alisher Navoiy oʻzbek xalqi maʼnaviy xazinasini boyitgan asarlar yozish bilan birgalikda badiiy qoʻlyozma sanʼatini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. 15-asr va 16-asrning 1-yarmidagi badiiy qoʻlyozma sanʼatining uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Minglab xattotlar shu davrning ustalaridan namuna oldilar, ularga ergashdilar (yana qarang [[Kitobat sanʼati]]). Nashriyot bosma mahsulotlari chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada 16-asrda paydo boʻldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzoq, muddat ishlash, ishlab chiqarishni texnika va mablagʻ bilan taʼminlash, kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari — matbaachi-noshirlar paydo boʻlishini taqozo qildi. 19-asrga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarqatish va b.)ni oʻz ichiga olgan. 19-asr oʻrtalarida poligrafiya sanoati oʻsib, yangi, kuchli texnika bazasining vujudga kelishi bilan noshirlik ishida nashriyot va poligrafiya korxonalarining ixtisoslashish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksiyadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jurnal nashriyotlari trestlari vujudga keldi. Rossiyada ham noshirlik ishi bilan shugʻullanadigan bir qancha firmalar boʻlgan. 19-asrning 2-yarmida Rossiyaning chekka oʻlkalarida, jumladan, Turkistonda ham noshirlik ishi yuzaga kela boshladi. Turkistonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika qoʻmitalari shugʻullandi. Bu qoʻmitalar Turkiston oʻlkasiga oid turli maʼlumotlarni, keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868-yildan 1910-yilgacha Turkistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A. Porsev, V. M.Ilin, Samarqanddagi G.I. Demurov bosmaxonalari mashhur boʻlgan. 1910—17 yillarda oʻzbekcha nashr qilingan kitoblarning koʻplari shu bosmaxonalardan chiqqan. 1874-yil Xivada Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910-yilga qadar kitob nashr etgan. Oʻlka aholisi oʻrtasida nodir qoʻlyozma asarlarni koʻplab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa, Toshkentda "Gʻulomiya", Namanganda "Is'hoqiya" nomi bilan maʼlum boʻlgan bosmaxonalar muhim rol oʻynagan. "Gʻulomiya"ning tashkilotchisi Gʻulom Hasan Orifjonov oʻz faoliyatining dastlabki yillarida oʻrtaosiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga eʼti-bor bergan. "Isʼhoqiya" bosmaxonasida uning tashkilotchisi maʼrifatparvar va rus tilining ilk targʻibotchilaridan Isʼhoqxon toʻra Junaydullo Eshonov koʻpgina asarlarni nashr etgan. Media maydonda axborot matnlari Bilan ishlash 20-asrning 10-yillarida Turkistonda kitob nashr ettirish va omma oʻrtasida tarqatish ishlari bilan shugʻullanuvchi shirkatlar, birlashmalar, firmalar paydo boʻldi. "Russkaya okraina", "Turkestanskoye tovarishestvo pechatnogo dela", "Madaniyat", "Maktab", "Turkiston kutubxonasi" noshirlik ishi shirkatlari shular jumlasidandir. Bu shirkatlarga mahalliy aholining badavlat va maʼrifatparvar kishilari, jadidlar, shuningdek, ilgʻor kayfiyatdagi rus kishilari, tatar ziyolilari uyushgan edi. Oktabr toʻntarishidan soʻng, bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. 1918-yil Turkiston MIK huzurida Milliy ishlar xalq komissariyatida va Matbuot byurosida nashriyot boʻlimlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr etila boshladi. Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining nashriyot boʻlimi darsliklar chiqarishga harakat qildi. Shu davrda boshqa turli idoralar ham oz miqdorda bosma mahsulotlar chiqarardi. [[Kitoblar Turkiston matbuot mar-kaziy boshqarmasi ("Turksentropechat") tomonidan bepul tarqatilardi. 1920-yil martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) taʼsis etish haqida qaror qabul qildi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga oʻlkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qogʻoz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. Fuqarolar urushi tamom boʻlib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qay-ta qurildi. XKS ning 1921-yil 28 noyabrdagi qarori bilan nashrlar pulli boʻlib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari xoʻjalik hisobiga oʻtdi. 1923-yilda Turkdavnashr Oʻrta Osiyo nashriyoti deb atala boshladi. Bu nashriyot 1921-yildan 1924-yilgacha 1184 nomda 3 mln.dan ortiq nusxada kitob nashr etdi. Turkistonda nashriyot ishini yoʻlga qoʻyishda I. I. Geyer, Gʻulom Hasan Orifjonov, Isʼhoqjon Ibrat, Abdurahmon Sayyoh So-diqov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va b. salmoqli hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishidan soʻng (1925) Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti — Oʻzdavnashr (hozirgi "Oʻzbekistan" nashriyoti) tashkil topdi. 1925-yil Oʻzbekistonda 334 nomda 1,5 mln.dan ortiq tirajda kitob nashr etildi. 30-yillar nashriyot ishida keskin burilish davri boʻldi. Nashriyotlar mahsulotlarining gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishda partiyaviylik hukmronligi mustahkamlandi. Marksizm-leninizm asarlarini oʻzbek tilida chiqarish maqsadida Oʻzbekiston K.P MK huzurida Partiya nashriyoti (Oʻzpartnashr) tashkil etildi. 30-yillarning 2-yarmida tegishli xalq komissarlari va tashkilotlarining ixtisoslashgan tarmoq nashriyotlari barpo etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nashriyotlar front va mamlakat ichkarisidagi ehtiyojga muvofiq qayta qurildi. Oʻzbekistondagi 8 mustaqil nashriyot Oʻzdavnashrga birlashtirilib, matbaa korxonalari ham uning ixtiyoriga berildi. Ayrim muassasalarga qarashli nashriyotlar yopildi. [[Kitoblar nashri keskin qisqardi. Urushdan keyingi yillar ixtisoslashgan nashriyotlarni tiklashga harakat qilindi. 1950-yil "Oʻquvpeddavnashr" (xrz. "Oʻqituvchi" nashriyoti) tiklandi; 1957-yil Adabiyot va sanʼat nashriyoti; 1959-yil Meditsina nashriyoti; 1960-yil "Yosh gvardiya", 1964-yil Nukusda "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti, 1968-yilda Toshkentda Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh tahririyati ochildi. Nashriyot ishlariga rahbarlikni yaxshilash maqsadida 1963-yil Oʻzbekiston Ministrlar Soveta huzuridagi matbuot komiteti tashkil etildi (1978-yildan Oʻzbekiston Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti, keyinchalik, Davlat matbuot qoʻmi-tasi). Nashriyotlar mahsulotlari kommunistik mafkuraga xizmat qilishga qaratildi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashr etildi. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Hamza, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Komil Yashin, Mirtemir kabi yozuvchilarning saylanma asarlari, jahon mumtoz adabiyoti namunalari chiqarildi. Lekin, sovetlar tuzumida Oʻzbekistondagi nashriyotlarning moddiy-texnika bazasi rivojlangan mamlakatlar darajasidan ancha orqada edi. Aksariyat bosmaxonalarda hamon qoʻlyozmalar qoʻrgʻoshin bilan quyuladigan harflarda terilardi. Bosish usullari ham eskicha. Shu sababli bosilgan kitoblarning matbaa ijrosi sifatsiz edi. Nashriyotlarda muharrirlar "siyosiy xatolar" oʻtkazib yubormaslik uchun muk tushib qoʻlyozma, korrekturalarni qayta-qayta oʻqishardi, ayniqsa, diniy, tarixiy adabiyotlarga "ehtiyot" boʻlishardi. Mana shu ehtiyotkorlik tufayli Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyotida nashr etilgan Alisher Navoiyning akademik nashridan (15 jildli) "ilohiy" va b. mazmundagi sheʼrlar olib tashlandi va h.k. Nashriyotlarning yillik rejalari markazdan qatʼiy nazorat qilinardi. Ijtimoiy fanlardan mahalliy mualliflar darsliklar yozishlariga imkon qadar yoʻl berilmasdi. Markazda nashr etilgan darsliklar, asosan, tarjima qilinardi. 20-asrning 50-yillaridan keyingi davrlarida Oʻzbekistonda nashriyot ishini, matbaachilikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda Jalolxon Azizxonov, Fayzulla Yunusov, Vohid Valiyev, Toʻlqin Rustamov, Abdulla Urazayev, Aziz Klebleyev, Vali Rahim, Fayzulla Ergʻoziyev, Meli Joʻra, Yunus Yusupov, Nasrullo Oxundiy, Adham Akbarov, Ziyod Yesenboyev, Abduvosiq Abduvaliyev, Islom Shogʻulomov va b.ning xizmati kattadir. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng noshirlik ishida keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30-avgust) huquqiy asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin N. faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishdi. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, haridorgir kitoblar nashr etishga harakat qila boshladilar. [[Kitob mahsulotlari mazmun-mundarijasini belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Axborot turlari va tasnifi Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy qadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga, istiqlol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi. "Oʻzbekiston" nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni tiklash, anʼanalarni boyitish va shahrik.ga ba-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi (yana qarang [[Kitob). [[Kitob va b. bosma mahsulotlar nashr etishda nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma — nashriyot shartnomasini tuzadi. Unda muallif kitob qoʻlyozmasini maʼlum muddatda topshirish majburiyatini, nashriyot esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim hollarda bu majburiyatni olmaydi) va muallifga tegishli haq (gonorar) toʻlash majbu-riyatini oladi. Shartnomada kitobning adadi, chop etish muddati va b. majburiyatlar ham koʻrsatiladi. Nashriyot faoliyati markazida muharrirlik turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan kitob qoʻlyozmasini dastlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini beradi: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman tahrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani tahrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va b. grammatik xatolarni tuzatadi. Muharrir tahrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muharrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan matn sahifalanadi va h.k. Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurtmani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun mat-baaga topshiriladi. Oʻzbekiston noshirlik ishiga rahbarlik qilib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002-yil 3-iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda sertifikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasida quyidagi nashriyotlar kirgan: Xulosa · Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks e ttirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, “Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Medi a savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanda y a xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir. Foydalanilgan adabiyotlar Wikipedia,Google ,Chrome , https://e-library.namdu.uz http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/ Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling