Qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish
Download 0.55 Mb.
|
10-sinf 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Darsning borishi: Tashkiliy qism
- Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
- Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
- Mashq
- Amaliy ish: Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar
- Uyga vazifa berish : 1. “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida MO
Mavzu: MS ACCESS 2010 DA MA’LUMOTLAR OMBORINI HOSIL QILISH VA TAHRIRLASHDA FORMALARDAN FOYDALANISH Fan: Informatika 20.12.2022 Sinf: 10-B Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash va tasvirga matn joylash usullarini o’rgatish.Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish. Tayanch va fanga oid kompetensiyalar: TK: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish; FK: tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to‘plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi; Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. Dars turi: Yangi bilim berish. O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi: O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish Yo’qlamani aniqlash Navbatchi axboroti. Siyosiy daqiqa. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish. Tayanch bilimlarning faollashtirish. Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Ma’lumotlar omborida berilgan shablon bo‘yicha izlash qanday amalga oshiriladi? 2. Saralangan ma’lumotlar qanday bekor qilinadi? 3. Jadvaldagi uchta familiyani bir vaqtda qidirib saralang. 4. O‘quvchilarning ma’lumotlar omborini yarating va bunda quyidagi ketma-ketlikdan foydalanig: a) Familiyasi bo‘yicha qidiruvchi MO yarating; b) Telefon raqami bo‘yicha qidiruvchi MO yarating; c) Sinfi bo‘yicha qidiruvchi MO yarating; Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi). Nazariy qism: Formalar MO yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi. Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlari bo‘lgan elektron blank ko‘rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar bevosita MOning jadvaliga qo‘shiladi.Umuman olganda, forma hosil qilinmasdan ham ma’lumotlarni asosiy jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik tug‘diradi. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun turlicha forma tuziladi. MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli mavjud: bevosita MO jadvaliga kiritish; maxsus tuzilgan formalar orqali kiritish. Mashq. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun forma yarating va forma yordamida ma’lumotlarni kiriting. Bajarish: “Ma’lumotnoma” nomli jadval yaratiladi va u belgilab, Создание menyusidan Мастер форм bandi tanlanadi; hosil bo‘lgan oynadan “>>” belgini tanlab, Далее tugmasi orqali navbatdagi oynaga o‘tamiz; oynada forma oynasini to‘rt xil ko‘rinishga o‘tkazish imkoni mavjud: в один столбец ( bir ustun); летночный (lenta simon); табличный (jadvalli); выровненный (to‘g‘irlangan). Ushbu oynadan в один столбец bandi belgilanib, Далее tugmasini tanlaymiz; navbatdagi oynadan Открыть форму для просмотра и ввода данных bandi tanlanadi; Готов tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: navbatdagi oynadan Открыть форму для просмотра и ввода данных bandi tanlanadi; Готов tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: Hosil bo‘lgan forma oynasi yordamida “Ma’lumotnoma” nomli jadvalga m’alumotlarni kiritish imkoni mavjud. Amaliy ish: Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 1. MS Access 2010 da forma yaratish ketma-ketligini tushuntirib bering? 2. MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning necha xil usuli mavjud? 3. Forma oynasiga tugmalar qanday joylashtirish mumkin? 4. Мастер формdan foydalanib forma yarating. 5. Yaratilgan forma oynasi orqali jadvalga ma’lumotlarni kiriting. Darsga yakun yasash: O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash. Uyga vazifa berish: 1. “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida MO ni yarating va so‘rov orqali MO dan tegishli ma’lumotlarni qidiring. 2. Jadvaldagi ma’lumotlarni forma orqali qog‘ozga chop etuvchi tugma yarating. O’IBDO’: ___________________________ Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling