Qilishning muammoli jihatlari
www.scientificprogress.uz
Download 483.14 Kb. Pdf ko'rish
|
xalqaro-yurisdiksiya-to-g-risidagi-kelishuvlarni-talqin-qilishning-muammoli-jihatlari
www.scientificprogress.uz
Page 292 yurisdiksiyani belgilash huquqidan foydalanish bu tomonlarning o‘zaro erk ifodasi hisoblanadi, bu nizo yuzaga kelganda tomonlarning ma’lum sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish hamda ariza berishdan bosh tortish majburiyatini yaratadi. Bundan tashqari, mustaqil (avtonom) xarakterga ega bo‘lgan xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuv, u qanday majburiyatlarni yuklashi va tomonlarga qanday huquqlar berishini aniqlash uchun talqin qilinishi lozim. Xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilish hayotiy amaliy ahamiyatga ega. Masalan, «halqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvdan kelib chiqadigan nizolar «X» davlati sudlarining vakolatiga kiradi» shaklida tuzilgan xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuv tomonzlar o‘rtasida quyidagi kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin: – kelishuv turi bo‘yicha (bunday kelishuv boshqa davlatlar sudlarining vakolatlarini istisno qiladimi yoki istisno qilmaydimi?); – sud yurisdiksiyasi kelishuvi bilan o‘zgartirilgan nizolar doirasi to‘g‘risida (masalan, bunday kelishuv, ko‘rsatilgan shartnomani bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqadigan asossiz kelishuv to‘g‘risidagi nizoni o‘z ichiga oladimi yoki yo‘qmi?); – vakolat berilgan sudni tayinlash to‘g‘risida (kelib chiqqan nizoni tegishli davlatning har qanday birinchi instansiya sudida ko‘rmasdan, boshqa “X” davlat sudlariga murojaat qilish kifoya qiladimi?). Mazkur yuqorida keltirilgan savollarga beriladigan javoblar xalqaro yurisdiksiya kelishuvi ta’sirining mavjudligi yoki mavjud emasligiga ta’sir qiladi, ya’ni ular nizoni ko‘rib chiqish uchun sud vakolatiga oid masalani hal qilishga imkon beradi. Turli mamlakatlarda xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishning turli xil standartlari mavjudligini hisobga olib, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo‘llaniladigan qonunchilikni yaratish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo‘llaniladigan qonunchilikni aniqlashning ahamiyati ko‘p tadqiqotchilar tomonidan tan olinmagan. Nemis doktrinasidan, mazkur masala ya’ni xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo‘llaniladigan qonunchilikni aniqlashning ahamiyati xususida, faqat dogmatik mubolag‘a (übertriebene dogmatische Zuspitzung) va uning amaliy ahamiyati yo‘q degan nuqtai nazarni topishimiz mumkin 1 . Bundan tashqari, yuqoridagi dalilni rad etish uchun biz turli xil huquqiy tartibda mavjud bo‘lgan xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishning bir nechta moddiy-huquqiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz, bu xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda kollizion huquqlar masalasini hal qilishning muhimligini aniq ko‘rsatib beradi. 1 Lindenmayr B. Lorenz асарларига мурожаат қилган ҳолда. Тафсилотлар учун қаранг: Lindenmayr B. С. 146. Шунга ўхшаш нуқтаи назарни Х. Shack ҳам билдирган, қаранг: Shack Х. П. 222. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 483.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling