Qilishning muammoli jihatlari


www.scientificprogress.uz


Download 483.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi483.14 Kb.
#1488145
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro-yurisdiksiya-to-g-risidagi-kelishuvlarni-talqin-qilishning-muammoli-jihatlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 294
firibgarlik bilan bog‘liq zararlarni qoplash, fidusiarlik burchining buzilishi munosabati 
bilan zararni qoplash to‘g‘risida va boshqalar to‘g‘risida nizo kelib chiqishi mumkin. 
SHuningdek, Germaniyalik U. Magnusning doktrinasi va yurispru-densiyasiga 
oid tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, Germaniyada nizolarning toifalarini, doirasini 
aniqlash to‘g‘risida tortishuv bo‘lsa, asosiy xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi 
kelishuvlarning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi nizolarga nisbatan qo‘llaniladi
3
. Amerika 
Qo‘shma SHtatlarida, shtatiga qarab, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvni talqin 
qilish masalasi turli yo‘llar bilan hal qilinadi va bu masala bo‘yicha qonunchilik 
reglamenti mavjud emas. Geri Born Amerika sudlarining bir qator qarorlariga murojaat 
qilgan holda, kelishuvdagi «ushbu kelishuv asosida kelib chiqadigan nizolar» so‘zlari 
«ushbu kelishuvdan kelib chiqadigan nizolar» (ushbu kelishuvga oid nizolar) 
so‘zlaridan torroq ekanligini ta’kidlagan. SHu bilan birgalikda, tadqiqotchi mazkur 
amaliyot yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini ta’kidlab o‘tgan. Ko‘pgina hollarda, quyi 
sudlar kelishuvlarni talqin qilishda, «ushbu kelishuvdagi nizolar» so‘zi shartnoma va 
shartnomadan tashqari talablarni qamrab olishidan kelib chiqadi, chunki sudlarning 
fikriga ko‘ra barcha nizolarni ko‘rib chiqish (shartnomaviy va shartnomaviy bo‘lmagan, 
ammo shartnoma bilan bog‘liq) bir forumda ishni yanada puxta va samarali ko‘rib 
chiqishga imkon beradi. G.Born Amerika sudlarining bunday yondashuvi hakamlik 
kelishuvlari doirasini talqin qilish uchun shakllangan o‘xshash pozitsiyaga 
asoslanganligini ta’kidlagan.
4
YUqoridagilardan kelib chiqib, qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, sudlar xalqaro 
yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda tomonlarning erk muhtoriyatini 
o‘rnatish uchun fuqarolik-huquqiy shartnomalarini talqin qilishning umumiy 
tamoyillarini qo‘llab keladilar. 
Vakolatli forumni tayinlash. 
Aytib o‘tishimiz kerakki, bir qator holatlarda, yurisdiksiya to‘g‘risidagi nizoni 
ko‘rib chiqayotgan sud, nafaqat kelishuvda ko‘rib chiqilgan nizolarning doirasini 
belgilashi, balki tomonlarning vakolatli forum va vakolatli sud to‘g‘risida prinsipial 
ravishda kelishib olganligini ham belgilashi kerak. SHartnomada nizoni ko‘rib chiqish 
joyi aniq va ravshan tarzda ko‘rsatilishi kerak, aks holda kelishuv yurisdiksiya ta’siriga 
ega bo‘lganligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida nizo kelib chiqishi mumkin. Evropa 
doktrinasida nizo kelib chiqqanda shartnomada ko‘rsatilgan sudning vakolatli 
ekanligining aniq belgilab qo‘yilganligi xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvning 
qabul qilinadigan shartlaridan biri hisoblanadi hamda shu bilan birgalikda 
shartnomaning amal qilish muddati ham muhim hisoblanadi.
5
3
Magnus U. Prorogation of jurisdiction // European Commentaries on Private International Law; U. Magnus, P. 
Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation – Commentary. P Köln: Verlag Dr. Otto Schmidt, 2016. P. 620.
4
Born G. International Civil Litigation in United States Courts. Commentary and Materials. P. 455–457.
5
European Commentaries on Private International Law / U. Magnus, P. Mankowski (Eds). Vol. I. Brussels Ibis Regulation 
– Commentary. P. 590, 621.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 483.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling