Qilishning muammoli jihatlari
www.scientificprogress.uz
Download 483.14 Kb. Pdf ko'rish
|
xalqaro-yurisdiksiya-to-g-risidagi-kelishuvlarni-talqin-qilishning-muammoli-jihatlari
www.scientificprogress.uz
Page 293 SHu bilan birgalikda, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilish jarayoni kelishuv turini, kelishuvda ko‘rib chiqiladigan nizolarning doirasini va vakolatli sud qarorini belgilash uchun alohida ahamiyatga ega. Eng avvalo, kelishuv turiga e’tibor qaratamiz. 1215/2012 yildagi Reglamentning 25-moddasi 1-bandida; shuningdek, 2007 yilda qabul qilingan Lugansk konvensiyasining, 3-moddasida, shu bilan birgalikda, 2005 yildagi Gaaga konvensiyalarida xalqaro fuqarolik protsessining milliy-haqiqiy manbalari, qarama-qarshi tomonlarning aniq ifodalangan erki bo‘lmagan taqdirda, tuzilgan xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarning haqiqiylik prezumpsiyasidan kelib chiqadi, degan norma mustahkamlab qo‘yilgan. Tuzilgan kelishuvlarning haqiqiylik prezumpsiyasi Shveysariyaning ichki milliy qonunchiligida ham mavjud hisoblanadi (Masalan, Shveysariyaning xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi qonunining 5-moddasi 1-bandi). Qo‘shma Shtatlarda 1937 yil 20-dekabrdagi AQSH okrug sudlari uchun fuqarolik protsessual federal qoidalarida, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlar turi belgilanmagan. Agar nizo kelib chiqsa, sudlar, qoida tariqasida, boshqacha norma belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvni haqiqiy deb hisoblashadi. Angliyada 1998 yilgi Angliya va Uels uchun fuqarolik protsessual qoidalarida ushbu masalani qonuniy tartibga solish mavjud emas. Angliya sudlari bitimlarning haqiqiyligi prezumpsiyasiga rioya qilmasdan, har bir o‘ziga xos nizoni ko‘rib chiqayotganda tomonlarning erk muhtoriyatini belgilash zarur deb hisoblaydi. Bulardan tashqari, Germaniya qonunchiligida xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarning haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligi haqida hech qanday norma mavjud emas. Kelishuv turi talqin qilish jarayonida har bir aniq holat uchun alohida belgilanishi kerak. SHunday qilib, amaldagi qonunchilikka qarab, kelishuv turi to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lganda, sud shartnomani haqiqiy yoki haqiqiy emas hisoblashi mumkin, shuning uchun sud kelib chiqqan nizoni ko‘rib chiqish vakolatining mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida xulosaga kelishi mumkin. Kelishuv doirasi. Amerikalik mashxur yurist Geri Born haqli ravishda ta’kid-laganidek 2 , xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda keng tarqalgan ikkinchi masala – nizolarning toifalarini, doirasini aniqlash. Tomonlar o‘rtasida kelishuvda aniq belgilab qo‘yilgan ko‘rsatma bo‘lmasa, kelishuvdagi asossiz boyitishni tiklash, tuhmat qilish, zararni undirish to‘g‘risidagi da’volarga bo‘lgan bandni uzaytirish, shartnomani bajarish bilan bog‘liq monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzilishi, shartnoma tuzishda 2 Born G. B. International arbitration and forum selection agreements: drafting and enforcing. 4th ed. New York: Wolters Kluwer, 2013. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 483.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling