Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar


Birja savdolari ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar


Download 93.5 Kb.
bet5/9
Sana22.12.2021
Hajmi93.5 Kb.
#182368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1502610126 68842

4. Birja savdolari ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar

Birja a’zolarining treyderlari Savdo tizimining ish tartibiga muvofiq mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda savdolarda ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.

Birja a’zosining treyderi quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:


  1. qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan mutaxassisga berilgan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I yoki II toifali malaka guvohnomasi;

  2. treyderning attestatsiya sinovidan o‘tganligi to‘g‘risidagi bir-

ja malaka komissiyasining guvohnomasi;

  1. Savdo tizimida ishlash huquqini beruvchi birja malaka komis-

siyasining guvohnomasi;

  1. birja a’zosi tomonidan berilgan tegishli ishonchnoma;

  2. birja a’zosi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tayyorlangan va treyderga berilgan treyderning ro‘yxatga olish shtampi (treyder shtampi).

Birja a’zosi treyderining birja savdolarida qatnashishi uchun Sav do tizimiga ulanishida uning Savdo tizimiga kirishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va huquqiy holati tekshiriladi. Birja a’zosi qonunchilik va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda o‘z treyderlarining harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgardir.

Bosh maklerga (maklerlarga) qo‘yiladigan talablar birja makleriati to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi vakilining vakolatlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Savdolarga qo‘yish, savdo ishtirokchilarini identifikatsiyalash ustidin nazorat qilish hamda ularga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish huquqini berish birjaning bosh makleri va birja a’zolarini ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan birja bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.



Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling