Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar
Bitimlarni amalga oshirish shartnomalari shartlari
Download 93.5 Kb.
|
1502610126 68842
Bitimlarni amalga oshirish shartnomalari shartlari
Birja a’zosi – broker, qonunchilikda, mijoz bilan tuzilgan shartnomada va ishonchnomada topshiriqni boshqa kishilarga ishonib topshirish ko‘zda tutilgan holatlarni istisno qilgan holda, unga berilgan topshiriqni shaxsan o‘zi bajaradi. Birja a’zolari – brokerlar tomonidan bitimlarni amalga oshirish uchun beriladigan ishonchnoma faqat boshqa birja a’zolariga topshiriladi. Birja a’zosi brokerlik xizmatlarini bajarish jarayonida o‘z pul mablag‘lari dan foydalanishga haqli. Bunda ushbu mablag‘lar shartnoma muddati tugaganidan keyingi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida mijoz tomonidan qoplanadi. Birja a’zosi mijoz tomonidan unga berilgan pul mablag‘laridan, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, o‘z manfaatlari uchun foydalanishga haqli. Bunda u mijozga ushbu pul mablag‘lari hisobiga uning topshiriqlarini bajarishni yoki ularni mijozning talabi bo‘yicha qaytarishni kafolatlaydi. Birja a’zosiga o‘z manfaatlari uchun foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablag‘lari birja a’zosiga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag‘lari saqlanadigan hisobraqam (hisobraqamlar)dan alohida bo‘lgan hisobraqam (hisobraqamlar)da saqlanishi lozim. Birja a’zosi o‘zining pul mablag‘larini ushbu hisobraqam (hisobraqamlar)ga o‘tkazishga haqli emas; ularni mijozlarga qaytarish va (yoki) qonunchilikda belgilangan tartibda mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno. Birja a’zosi mijoz bilan tuziladigan shartnomada quyidagi barcha muhim shartlarni ko‘zda tutishi kerak: shartnoma turi – topshiriq yoki komissiya; xizmatlar turi – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish hamda mijoz xoxishiga ko‘ra birja a’zosining vakolatlariga kiruvchi boshqa qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish; emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, ular- ning soni, nominal qiymati, sotib olish (sotish) narxi; mijozning qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha huquq va vazifalarni o‘z zimmasiga olganligi to‘g‘risidagi majburiyatlari; qimmatli qog‘ozlarni topshirish hamda ularning to‘lov muddati va usuli; 99 Birja a’zosiga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash mud- dati; qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotayotgan yuridik shaxsning ustav jamg‘armasidagi davlat ulushining miqdorini ko‘rsatish; aksiyalarni sotib olishda bank aksiyalarining 20 foizidan va xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortiq aksiyalar paketi ulushining shakllanishiga olib kelish-kelmasligi; bank aksiyalarini sotib oluvchi yuridik shaxs offshor hududda ro‘yxatga olingan norezidentmi yoki yo‘qmi; birja savdolarida bitimlar amalga oshirilgunga qadar mijoz birja a’zosiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur: investor – xaridor tomonidan ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav jamg‘armasining jami 15 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi aksiyalar paketini sotib olish niyati to‘g‘risidagi oldindan nashr qilingan e’lon nusxasi; O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, aksiyalarining ellik foizidan ko‘pi O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslar hamda bank aksiyalarini xarid qiluvchilarning mablag‘larini boshqaruvchilar (ishonchli vakillari) hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan bank aksiyalarini sotib olishga Markaziy bankning oldindan berilgan roziligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi. mazkur Qoidalarda belgilangan birjadagi bitim va komissiya yig‘imlarining to‘lov muddatlari buzilgan hollarda birja akseptsiz tartibda bitimning ikkala tomoni uchun sotib oluvchi tomonidan depozitga qo‘yilgan pul mablag‘laridan komissiya yig‘imlarini undirishini ko‘rsatish; tomonlarning javobgarligi, shu jumladan, mijoz tomonidan ma’lumot taqdim etish talabining buzilishi oqibatida birjaning bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi. Mijoz tomonidan birja a’zosiga taqdim etilgan ma’lumotning haqqoniyligi uchun uning mijozi javobgar bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarni sotayotgan yuridik shaxsning ustav jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarni sotish uchun baholashni o‘tkazish va baholovchi tashkilotning baholash haqidagi hisobotini taqdim etish zarur. Agar aksiyalarni sotib olishda bank aksiyalarining 20 foizidan yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortiq aksiyalar paketi ulushining shakllanishiga olib kelsa, unda aksiyalarni sotib olish uchun vakolatli organlarning ruxsatnomasini taqdim etish kerak. Agar birja a’zosining mijozi tomonidan barcha talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, shuningdek, bank aksiyalari ning xaridori offshor hududda ro‘yxatga olingan norezident yuridik shaxs bo‘lsa, birja a’zosi topshiriq va komissiya shartnomalarini tuzishga haqli emas. Shartnomaning muhim deb hisoblangan boshqa shartlari taraflar tomonidan qonunchilikka muvofiq ravishda belgilanadi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling