Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar
Birja savdolarida bosh maklerning huquq va majburiyatlari
Download 93.5 Kb.
|
1502610126 68842
5. Birja savdolarida bosh maklerning huquq va majburiyatlari
Savdoni o‘tkazish vakolatlan va belgilangan qoidalarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish bosh makler zimmasiga yuklatiladi. Bosh makler savdolarning o‘tkazilish jarayonini boshqaradi, treyderlar bilan tezkor o‘zaro aloqani amalga oshiradi hamda savdolar o‘tkazilishiga jalb qilingan birja xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bosh makler quyidagi huquqlarga ega:
birjada amalda bo‘lgan qoidalar va nizomlarning treyderlar tomonidan so‘zsiz bajarilishini talab qilish; savdo zalidan begona shaxslarni chiqarib yuborish; savdolarni o‘tkazish tartibini buzgan yoki ularni o‘tkazishga xalaqit bergan treyderlarni zaldan chiqarib yuborish va Savdo tizimidan o‘chirish; savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotlarni rasmiy e’lon qilish. Bosh maklerning majburiyatlari: birja boshqaruvi farmoyishlarini o‘z vakolati doirasida bajarish; birja boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq Savdo tizimini tayyorlash, ochish va yopish; reglament va mazkur Qoidalarga qat’iy amal qilgan holda savdolarni o‘tkazish jarayonini boshqarish; bitimlar tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, sav do yakunlari bo‘yicha boshqa hujjatlarni imzolash; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda mazkur Qoidalarga muvofiq chora ko‘rish; savdolar jarayonida yuz beradigan buzilishlarni qayd etish va bu haqda birja boshqaruvini o‘z vaqtida xabardor qilish; bitim tuzayotgan tomonlar o‘rtasida nizolar yuzaga kelganida savdo zaliga zudlik bilan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakilini va birja boshqaruvi raisini chaqirtirish; savdo yakunlari bo‘yicha hujjatlarning hisobini va ularning saqlanishini ta’minlash; savdo kuni bayonnomasini tuzish; savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan birja boshqaruvining farmoyishlarini birja a’zolariga o‘z vaqtida yetkazish; qonunchilik va mazkur Qoidalarning buzilislii holatlari aniqlangan taqdirda hujjatlarni imzolamaslik. Bosh makler (maklerlar) tomonidan savdolar jarayonida olingan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Bosh makler savdoda ishtirok etmagan hollarda birja boshqaruvi farmoyishiga muvofiq uning vazifalarini makler bajaradi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling