Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi


Download 103.04 Kb.
bet1/9
Sana20.06.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1632514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi


Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi (listing)(delisting)
Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini boshqarib borish shartlari hamda tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida fond birjalari tashkil etish va ularning faoliyat yuritish prinsiplarini belgilab beradi.
Qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Qimmatli qog‘ozlar — blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi yozuv shaklida bo‘lishi va hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi pul birligida ifodalanadi hamda to‘lanadi, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa, chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) to‘lanadi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish bilan, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlariga amal qiladi:
aksiyalar;
obligatsiyalar;
xazina majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari;
depozit sertifikatlari;
veksellar.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari va qimmatli qog‘ozlar hosilalarining rekvizitlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan, depozit sertifikatlari va veksellarning rekvizitlari esa, — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Aksiyalarning rekvizitlari “Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1159, 10.07.2002-y.)ning 2-paragrafi (7—16-bandlar)da belgilangan. (“Aksiyalarning rekvizitlari va ularni chiqarish tartibi”).
LexUZ sharhi
Obligatsiyalarning rekvizitlari “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, ro‘yxatga olish va qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1158, 10.07.2002-y.)ning 2-paragrafi (6—16-bandlar)da belgilangan. (“Obligatsiyalarning rekvizitlari va ularni chiqarish tartibi”).
LexUZ sharhi
Depozit sertifikatlarining rekvizitlari Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalaga kiritish qoidalari (ro‘yxat raqami 522, 09.11.1998-y.)ning 5-bandida ko‘rsatilgan.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Qimmatli qog‘ozlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qog‘ozni chiqaruvchi) tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina, egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozni taqdim etishning o‘zi yetarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomalada bo‘ladi.

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling