Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
-modda. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
Download 103.04 Kb.
|
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-modda. Emissiya to‘g‘risidagi axborot
10-modda. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi ularni dastlabki egalar (investorlar) — yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishdir. Emissiya: aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilib, aksiyalar uning muassislari o‘rtasida tarqatilgan taqdirda; aksiyadorlik jamiyatining dastlabki ustav sarmoyasi (fondi) miqdori aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilgan taqdirda; yuridik shaxslar, davlat tomonidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan zayom sarmoyasi obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan taqdirda; korxonalarning qarz majburiyatlari o‘zaro umum respublika ko‘lamida to‘langan taqdirda amalga oshiriladi. (10-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda) 11-modda. Emissiya to‘g‘risidagi axborot Qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga sotuvchi investitsiya muassasalari har bir xaridorga mazkur qog‘ozlarni xarid etish paytiga qadar sotish shartlari va emissiya risolasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashlari shart. Emissiya risolasi emitent to‘g‘risidagi, sotishga havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish taomili va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xaridorning mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki bunday xariddan voz kechishga qaror qilishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa xil axborotlarni aks ettiradi. Oldingi tahrirga qarang. Emissiya risolasini chiqarish, uni ro‘yxatga olish tartibini, shuningdek emissiya risolasida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi. Banklar uchun ularning emissiya risolalarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. Davlat korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda emissiya risolasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. LexUZ sharhi “Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1159, 10.07.2002-y.), “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, ro‘yxatga olish va qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1158, 10.07.2002-y.) hamda “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qiymatini to‘lab berish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1216, 12.02.2003-y.)ga qarang. (11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda) Ochiq yozilish uchun havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasini emitent O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga taqdim etadi va u ro‘yxatga olinganidan so‘ng, mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlanishidan kamida o‘n kun oldin matbuotda, shuningdek fond birjasining maxsus nashrida albatta e’lon qilinishi kerak. Ochiq sotuvga havola etilayotgan aksiyalarni, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid axborotlarda biron bir o‘zgarishlar yuzaga kelgan hollarda qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarni mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlangunga qadar e’lon qilmog‘i kerak. (11-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda) Aksiyalar, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid e’lon qilingan axborotdagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bu qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent mazkur axborotga tegishli o‘zgartishlar kiritmaguniga qadar ularning tarqatilishini to‘xtatib turish huquqiga ega. Emissiyani ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan emissiya risolasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlik emitentning zimmasida bo‘ladi. (11-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda) Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi emissiya risolalari ro‘yxatga olinmagunga qadar qimmatli qog‘ozlarni ommaviy axborot vositalarida reklama qilish taqiqlanadi. Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling