QIRQBOG’IM –EGUISETOPHYTA - Bu oilaga birgina qirqbo‘g‘im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko‘p uchraydigan dala qirqbo‘g‘imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqish uchun misol bo‘la oladi.
- Poyaning pastki qismi yerda o‘sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ildizpoyaning bo‘g‘imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o‘sish nuqtasi bo‘ladi, o‘sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan.
PONABARGLILAR-SPHENOPCYIOPSIDA - Ponabarglilar, asosan, poleozoy erasida o‘sgan va hozir qurib bitgan o‘simliklar sinfidir. Asosiy oilasi - Sphenophyllaseae bo‘lib, bu oilaning eng muhim avlodi - Sphenophyllumdir. Ponabarglilarda uzun, ammo nozik poya bo‘lib, poyasi to‘g‘ri tartib bilan navbatlashadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan edi. Bo‘g‘imlarida ponasimon barglar halqa bo‘lib o‘sgan.
- Ponabarglilar, chamasi, quruqlikda chirmashib o‘suvchi o‘simlik bo‘lgan va nozik poyalari atrofdagi o‘rmon daraxtlaridan tayanch topgan. Poyasining markazini birlamchi yog‘och egallagan, shu yog‘och qatlami kesmada uchburchak shaklida bo‘lgan ikkilamchi yog‘och qatlamiga taqalib turgan. Kambiy halqasi bo‘lganligidan ponabarglilar poyasi ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan.
KALAMOFITON-CALAMOPHYTON - Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o`simlik ham Gieniyaga o`xshash, undan farqi, tanasi aniq bo`g`imlarga bo`linmaganligi va bargining bir qirrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo`lib joylashgan.
O’RMON QIRQBO’G’IMI-E.SUTVATICUM - O`rmon qirqbo’g’imi salqin o`rmonlarda, butalar orasida nam yerda O`rta Osiyoning tog`lik rayonlarida uchraydi. O`rmon qirqbo’g’imi ko`p yillik o`t o`simlik. Ildizpoyasi yo`g`on qoramtir bo`lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning uchida bo`yi 1m gacha yetadigan ko`p patsimon yashil rangli barg o`sib chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib, tushib ketadi. Bargning ostki qismi qoladi. Bu qolgan barglar xisobiga ildiz poya tobora yo`g`onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g`uddalar - soruslar paydo bo`la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo`ladi. Soruslar barg o`rtasida tomirlar bo`ylab, ikki qator joylashgan.
Paparotniksimonlar-polypodiophyta - Bu bo`lim vakillari oldingi bo`limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. Barglarining shakli har-xil bo`lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo`laklarga bo`lingan, ba`zan butun holida bo`ladi.
- Paporotniklar o`zining tarqalishi bilan er shari o`simliklar qoplamida mustaqil TSenozlar (jamoalar) hosil qiladi. Ayrim turlari dori sifatida (O`rmon qirqqulog`i), yana boshqalari esa o`g`it (Azolla) va manzarali o`simlik sifatida ishlatiladi.
Plaunlar - Poyasi dixatomik ravishda o`sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo`ladi. Tik o`suvchi poyasi qo`shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo`ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi.
- Plaun
- 1-boshoqcha,
- 2-buyraksimon sporogon,
- 3-spora,
- 4-bir uyli ikki sporali maysa.
- Bu o`simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib qo`yiladi. Ya`ni pil-lyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og`ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi.
Sal`viniyakabilar sinfchasi - Salvinidae. - Bu sinfcha ham 1 ta Salviniyanomalar (Salviniales) qabilasidan iborat. Qabila 2 ta oilaga bo`linadi: Salviniyadoshlar (Salvinaceae) va Azolliyadoshlar (Azollaceae). Salviniyadoshlar oilasidan keng tarqalganlaridan biri Suzuvchi salviniya (Salvinia natans). Bu o`simlik daryo va ko`llarda, sekin oqadigan suvlarda, suv betida qalqib suzib yuradi.
- Suvga botgan barglar uzun-uzun ipsimon tishchalarga bo`lingan va mayda tukchalar bilan qoplangan. Bu barglar ildiz vazifasini bajaradi. Poya va barglar to`qimasida bir nechta havo bo`shliqlari bor. Bu bo`shliqlar tufayli suv betida yurishga moslashgan. Suvga botib turgan barglarning asos qismlarida to`p-to`p bo`lib joy olgan sharsimon soruslar yoki sporakarpiylar hosil bo`ladi.
Suv qirqqulog’i - Har xil sporali qirqquloqlarga"suv qirqqulog`ini olamiz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o`t o`simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.
- Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo`ladi. Bu bargda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo`ng`ir rangli bo`lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo`ng`ir rangli barglarda soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar: - Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1977.
- Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O‘rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963.
- Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002.
- Sahobiddinov S. S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.
- Xudoyqulov S. M., Nazarenko L. N. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulot. “O‘qituvchi”, Toshkent, 1984.
Do'stlaringiz bilan baham: |