Qirqquloqsimonlilar


Download 55.19 Kb.
bet2/14
Sana19.06.2023
Hajmi55.19 Kb.
#1620852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI
Bu tartibga o‘rmon qirqqulog‘i kiradi.
O‘rmon qirqqulog‘i salqin o‘rmonlarda,butalar orasida nam yerda O‘rta Osiyoning tog‘lik rayonlarida uchraydi. O‘rmon qirqqulog‘i ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on qoramtir bo‘lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning uchida bo‘yi 1m gacha yetadigan ko‘p patsimon yashil rangli barg o‘sib chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi. Bargning ostki qismi qoladi. Bu qolgan barglar xisobiga ildiz poya tobora yo‘g‘onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g‘uddalar - soruslar paydo bo‘la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo‘ladi. Soruslar barg o‘rtasida tomirlar bo‘ylab, ikki qator joylashgan.
Soruslar-sporangiyaning yig‘indisidir. Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo‘ladi. Sporangiyalarning o‘sib chiqqan joyini planset deb ataladi. Sporangiyalari ko‘p xujayrali bo‘lib, ularning tashqi tomonidagi bir qator xujayrasini tapetum deyiladi. Ichki tomonidagi xujayralarini
arxespora deyiladi. Bu xujayralar reduksion tipda bo‘linishi natijasida har bir xujayradan 4 tadan spora-tetraspora xosil bo‘ladi. Sporalarning
rangi qo‘ng‘ir bo‘ladi. Sporalarning xujayra po‘sti 2 qavat bo‘lib spora yetilgandan so‘ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o‘simlikda millionllab spora xosil bo‘lishi mumkin. Nam yerga tushgan spora una boshlaydi. Natijada diametri 0,5-1 sm bo‘lgan yashil rangli yuraksimon o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simta rizoidlar yordamida yerga
yopishgan bo‘ladi. O‘simtada xlorofil donachalari bo‘lgani sa-babli fotosintez protsessi ham bo‘lib turadi. O‘simta 1 uyli 2 jinsli. Shu o‘simtada Antersiya ham, Arxegoniya ham taraqqiy etadi. Demak bu o‘simta 1 uyli 2 jinsli ekan. O‘simta o‘rmon qirqqulog‘ining jinsli nasli gametofit xisoblanadi. Spora xosil qilgan o‘simlikning o‘zi jinssiz nasl-sporafit xisoblanadi.
O‘simta qisqa umrli efemerdir. U faqat 1-2 xafta yashay oladi. Jinsiy ko‘payish yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib yuradi. Bu spermatozoidlarni o‘ziga jalb qilgani uchun Arxegoniya
"olma kislotasini" ishlab chiqadi. Spermatozoidlar Arxegoniyaning bo‘yniga kelib yopishadi,natijada Arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan, so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi.


SUV QIRQQULOQLAR TARTIBI

Download 55.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling